Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

Nasafiylar yurtiga tashrif

22.04.2021   1902   2 min.
Nasafiylar yurtiga tashrif
2021 yil 21 aprel' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosarlari Ibroxim Inomov domla Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog'ida Qarshi shahridagi “Aralovul”, “Qum qishloq” va “Mahallot” jome masjidlarida bo'lib, masjidlarning holati, karantin qoidalariga rioya etilayotganligi, ibodat qiluvchi fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va o'zining ko'rsatma va tavsiyalarini berdi. 
Shu kunning o'zida Qarshi shahridagi “Ko'k gumbaz” markaziy jome masjidida peshin namozi vaqtida masjid qavm a'zolari bilan uchrashib, ularga karantin talablariga rioya qilish kerakligi, pandemiya balosidan qutilish uchun xar – birimiz mas'ul ekanligimiz, masjidlarda o'qilayotgan taroveh hamda Hatmi Qur'onlarda namozxonlar tibbiy niqobda bo'lishi, oraliq masofani saqlashning ahamiyati hamda “Mazhabsizlikning zararlari” mavzusida oyat, hadis va hayotiy misollar orqali ma'ruza qilib, muborak Ramazon oyi bilan qutlab, xayrli duolar qilib berdi. 
 
 




O'MI Qashqadaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda

23.07.2025   3113   1 min.
Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda

Shu kunlarda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Diniy idoralari huzuridagi Fatvo kengashining navbatdagi seminari Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
 

Tadbir Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati tashabbusi va Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilish olti kunlik maxsus seminar shaklida o‘tkazilmoqda. 


Mazkur yig‘ilishda yangi oyni kuzatish, namoz vaqtlari, taqvim tuzish, ozuqa mahsulotlariga qo‘shiladigan jelatin moddasining hukmi, safar masofasi, zakot nisobini aniqlashga oid masalalar bo‘yicha har bir yurt vakili o‘z tajribalarini bayon qilib, fikr-mulohaza almashmoqda. Shuningdek, tadbir qatnashchilari Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishmoqda. 


Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad Turkiy davlatlar o‘rtasida diniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, fatvolar chiqarishda o‘zaro yakdillik va birxillikni ta’minlashdir.   


Ushbu xalqaro seminarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari G‘ulomiddin domla Xolboyev, Hikmatulloh domla Toshtemirov, Abdulatif domla Tursunov qatnashmoqda.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda