Hiva shahrining «Ichan qal'a» muzeyidan qadimiy quduq topildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 19 aprel' kuni Hiva shahrining «Ichan qal'a» davlat muzey qo'riqxonasi hududidagi ta'mirlash ishlari chog'ida yopib tashlangan quduq og'zi ochilgan. Biroq uning noan'anaviy ko'rinishi turli farazlarga sabab bo'lmoqda.
U boshqa suv quduqlari kabi pastdan tepaga torayib ketmasdan, uning barcha qismida diametri bir xil, ya'ni 2,6 metrni tashkil qilgan. Chuqurligi 5,6 metrga teng. Qadimgi an'anaga ko'ra quduqning asosi, ya'ni poydevor qismiga Horazm sharoitida ko'p uchrovchi daraxt, tut yoki gujumdan yog'och poydevor o'rnatilgan. Yog'ochning qalinligi 16 santirmetr atrofida bo'lgan.
Shuningdek, quduq devorlariga 25x25x6 santirmetr o'lchamdagi pishgan g'isht bilan terilgan. G'ishtlar yuzasida rombsimon belgilar mavjud. Quduq taxminan bundan 100-150 yil oldin qurilgan. Mazkur quduqdan aynan nima maqsadda foydalanilgani masalasi ilmiy jihatdan o'rganilmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
#xabar #muftiy #juma
Bugun, 18 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahridagi "Yakkasaroy" jome masjidida ado qildilar.
Muftiy hazratlari jamoat namozidan oldin yig‘ilganlarga “O‘zganing haqqidan hazar qilaylik!” mavzusida manfaatli suhbat qilib berdilar.
Mav’izada bugungi kunda birovning molini noto‘g‘ri yo‘l bilan yeyish va o‘zganing xaqqiga xiyonat qilishdek og‘ir gunohlar, jumladan, qarzini qaytarmaslik, tarozidan urish, mualliflik huquqini poymol qilish, poraxo‘rlik, qimorbozlik, firibgarlik kabi illatlardan hazar qilish lozimligini qat’iy ta’kidladilar.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qur’oni karimdagi: “Ey, imon keltirganlar! Mol-mulklaringizni o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemangiz!...” (Niso surasi, 29) oyatini sharhlash asnosida Alloh taolo insoniyatni Yer yuzida halol rizq talab qilishga amr etgani, uning aksi bo‘lmish haromdan hazar qilishga buyurgani hamda halol va harom narsalarni ochiq bayon qilganini aytib o‘tdilar.
Suhbat yakunida Haq taolodan elu yurtimiz tinchlik-farovonligi va halol-pok molu davlat topish, nohaq-botil yo‘llar orqali keladigan mollardan asrashini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati