Mo'min-musulmon xalqimizga Ramazon tuhfasi sifatida ulug' oy davomida har kuni saharlik va iftorlik vaqtida davlat va nodavlat telekanallarda turfa xil Ramazon oyi teledasturlari berib borilmoqda. Jumladan:
Ramazon tuhfasi ko'rsatuvi "O‘zbekiston" (4:20 — 19:00), "Mahalla" (20:00), "Madaniyat va ma’rifat" (21:00), "ZO`R TV" (4:00) kabi respublika va barcha hududiy (08:00 – 10:00) telerakanallarda;
Fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining Ramazon suhbatlari “O‘zbekiston” (3:20 — 12:00), “Mahalla” (4:20), “Madaniyat va ma’rifat” (5:20), “Sevimli TV” (4:25), “ZO`R TV” (18:45), “Milliy TV” (3:24 — 18:04) va hududiy telekanallarda (16:00 – 18:00);
Taniqli ulamolarning “Muborak oy suhbatlari” nomli onlayn diniy savol-javob dasturi “Uzreport.TV” telekanalida (3:30 — 18.00);
“Ibrat” nomli diniy-ma'rifiy ko'rsatuv "Mening yurtim" – “MY 5” telekanalida (4:05 — 19:15);
“Inson qalbiga yo'l” (18:55), “Odamiylik mulki” (4:15) ko'rsatuvlari “Sevimli TV” telekanalida.
Alloh taolo ushbu ma'rifiy ko'rsatuvlarni xalqimizga manfaatli qilsin, xayrli ishga hissa qo'shgan barchaga ajru mukofotini ko'paytirib bersin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV