Ramazon oyi munosabati bilan Eronning “Al-Kavsar” telekanalida 14-xalqaro Qur'oni karim musobaqasi bo'lib o'tmoqda. Unga “Albatta, taqvodorlar uchun (jannatda katta) najot (va ne'matlar) bordir” oyati karimasini shior qilishgan.
Mazkur musobaqa Ramazon oyi yakuniga qadar davom etadi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli va mahoratli qorilar o'zaro raqobatlashadi. Musobaqaning ilk kunlarida Misr, Afg'oniston, Jazoir, Eron, Iroq, Germaniyaning qorilari ishtirok etdi.
Musobaqani Misr, Eron, Suriya, Iroq, Iordaniya, Livan va Sudanlik 7 davlat hakamlar hay'ati Ramazon oyi davomida baholab borishadi. Birinchi beshta g'olibga qimmatbaho pul mukofotlari taqdim etiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Halqaro aloqalar bo'limi
Cavol: Kiyimimni almashtirganimda ichki qismida qon asoratini ko‘rib qoldim. Qarasam badanimda yara paydo bo‘lgan ekan. Ushbu yara qachon chiqqan, qon qachon kiyimimga tekkanini bilmayman. Shunda men necha kunlik namozlarimni qayta o‘qishim kerak?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Kiyimga qon qachon tekkanini bilmagan kishi avvalgi namozlarini qayta o‘qimaydi. Chunki najosat tekkani kiyim egasi yoki boshqa kishiga aniq ko‘rinmagunicha bu kiyim pok hukmida bo‘ladi. Shuning uchun najosat tekkani bilingan vaqtdan nopok bo‘ldi, deb hisoblanadi ("Majrol-anhur a’la Multaqol-abhur" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.