Oryollik musulmonlar Oryol shahrining masjidida bu yilgi birinchi jamoaviy iftorni o'tkazishdi. Iftorni masjid qavmi bo'lgan viloyatdagi o'zbek diasporasi vakillari tayyorlashdi. Unda iftorda turli millat vakillari ishtirok etishdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oryol viloyati imom-muhtasibi Holid hazrat Rasulov va Oryol shahri imomi Komil hazrat Magomedov muborak Ramazon oyining fazilati va iftorlarni o'tkazishning fazli haqida so'z yuritdi.
"Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Islomning nimasi yaxshi?» deb so'radi. "Taom bermog'ing hamda tanigan va tanimaganga salom bermog'ing", dedilar». Dinimiz insonlarni bir-biriga g'amxo'rlik qilishga o'rgatadi. Quvonarlisi, qavmimizda birlik va birlashishga intilish katta", – deydi Holid Rasulov.
U Oryol viloyati masjidlaridagi namozxonlar soni yildan-yilga ortib borayotgani, bu yil Ramazon oyida jamoa iftorlarini tashkil etishda qatnashish niyatini ko'rsatganlar soni yuqori ekanini ta'kidladi.
Iftor qatnashchilari o'zbek oshxonasi dunyodagi eng mazali taomlar oshxonasidan biri ekaniga yana bir bor amin bo'lishdi. Taomga o'zgacha ta'm berish uchun O'zbekistondan maxsus ravishda mahsulotlar olib kelingan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
00:00 Anons
00:48 Fuqarolar murojaati e’tibor markazida
01:11 Qur’on va tajvid markaziga tashrif
01:44 Qo‘shko‘pirdagi "Islom bobo" masjidi foydalanishga topshirildi
02:28 Xayru saxovat – qalblarga quvonch ulashadi
02:42 Ziyoratchilarimiz Payg‘ambar alayhissalom shaharlarida
02:58 Imkoniyati cheklanganlar uchun navbatdagi ma’rifiy suhbat
03:24 To‘raqo‘rg‘on tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
04:01 Otinoyilar ishtirokida tanlov o‘tkazildi
04:22 Qishki ta’til davrida o‘tkazilgan malaka oshirish o‘quv seminari nihoyasiga yetdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati