O'zbekiston xalqi azaldan bag'rikeng va mehmondo'st bo'lib kelgan. Qadimdan zaminimizda yashagan millat va elatlar bir-biriga elkadosh bo'lib, og'irini engil qilishgan. Shuning uchun xursandchilikda ham, to'yu ma'rakada ko'p millatli xalqimiz bir-birlari bilan hamkoru hamjihat bo'lib yashashgan.
Yurtimizda yashovchi turli din vakillariga diniy marosimlarini o'tkazishlari va mamlakat hayotida faol ishtiroklari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Bu borada mamlakatimiz o'ziga xos boy tajriba orttirganini ta'kidlash kerak. Buni butunjahon e'tirof etmoqda. O'zbekistonga tashrif buyurgan BMT Inson huquqlari bo'yicha Bosh komissari Zayd al'-Husaynning quyidagi so'zlari buning yorqin dalilidir: “Bugungi dinlararo va millatlararo notinchlik bo'lib turgan tahlikali kunlarda O'zbekistondagi mavjud dinlararo va millatlaro totuvlik turli davlatlar uchun o'rnak bo'lishga loyiqdir”.
Bunday ahillikning asosiy sababi mamlakatimizda turli din vakillari yagona maqsad yo'lida birlashib harakat qilishlaridir. Bu borada turli tadbirlar, anjumanlar o'tkazilib, mushtarak vazifalar ado etib boriladi. Bir-birlarimizni bayramlar bilan qutlaymiz. Bu, shubhasiz, mamlakatimizda qaror topgan tinchlik-osoyishtalik muhitida o'z ifodasini topmoqda.
Yaratgan Parvardigor bandalarini bir-birlari bilan tanishib, tinch-totuv va ahillikda hayot kechirishga buyurgan. Qur'oni aziymush-shonda: “Ey, insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir” (Hujurot, 13), deb marhamat qilingan.
Demak, insoniyatning asli bir: hamma Odam Ato va Momo Havodan tarqalgan. Ayni chog'da, Alloh taolo ularni turli xalqlar va qabilalarga ajratib qo'ygan. Insonlar turli xalq va qabilalarga bo'linishining sababi o'zaro tanishish, hamkorlik qilish va ma'rifat hosil qilishdir.
Islom dini avval boshdan boshqa din vakillariga ham hurmat bilan munosabatda bo'lishni o'rgatgan. Ma'lumki, Islom o'zidan oldingi samoviy dinlarni ehtirom qilish bilan cheklanmay, o'sha din ahllariga cheksiz muruvvat ko'rsatgan. Ularning haq-huquqlarini qonun bilan mustahkamlab qo'ygan. Asrlar davomida bu qoidalarga amal qilib yashagan musulmonlar oralarida yashaydigan ahli zimmaga muruvvat ko'rsatib, butun insoniyatga o'rnak bo'lishdi.
Bu borada Alloh taolo bunday deydi: “Din to'g'risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o'z yurtingizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz va ularga adolatli bo'lishingizdan Alloh sizlarni qaytarmas. Albatta, Alloh adolatli kishilarni sevar” (Mumtahana, 8).
Alloh taolo bu oyati karimada mo'min-musulmonlarni boshqa millat va din vakillariga yaxshi munosabatda bo'lishga buyuradi va ularga nisbatan adolatli bo'lish lozimligini ta'kidlaydi. Jumladan, samarqandlik faqih Abu Lays Samarqandiy “Bahrul ulum” nomli tafsir kitobida ushbu oyat tafsirida: “O'zga din vakillari bilan bordi-keldi qiling, ular bilan adolatli muomala qiling”, deb qayd qilgan. Movarounnahrlik mashhur mufassir Abul Barakot Nasafiy “Madorikut tanzil” asarida mazkur oyat sharhida: “O'zga din vakillariga ehtirom ko'rsating, ularga so'z bilan ham, ish bilan ham yaxshi muomalada bo'ling”, deb bayon etganlar.
Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Habashistondan kelgan nasroniy mehmonlarni o'z masjidlariga tushirganlar va “ular bizning sahobalarimizni hurmat qilgan edilar. Men o'zim ularni izzat-ikrom qilishni xush ko'raman”, deb shaxsan o'zlari ularga xizmat qilganlar. Shuningdek, U zot elchi bo'lib kelgan Najron nasorolarini ham o'z masjidlarida ibodat qilishlariga ruxsat berganlar.
Nabiy alayhissalom har bir kishining qaysi dinga mansubligidan qat'iy nazar, avvalo, uning insonligi uchun odamiylik nuqtai nazaridan hurmat qilish lozimligini ta'kidlaganlar. Jumladan, Abdurahmon Abu Laylo rivoyat qiladilar: “Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yonlaridan odamlar tobut ko'tarib o'tishdi. Shunda u zot o'rinlaridan turdilar. Keyin sahobalar uning yahudiy ekanini aytishdi. Shunda Rasululloh: “U ruh egasi – inson emasmi?!” – dedilar”.
Tarixchilar Horun ar-Rashid davridagi bag'rikenglikni shunday izohlashgan: “Masihiylar, yahudiylar va musulmonlar hukumat ishlarida birga-birga ishlar edilar”. Halifa Ma'mun o'z akademiyasiga turli din va mazhab sohiblaridan bo'lgan olimlarni to'plab, ularga: “Ilmdan nimani xohlasangiz, bahs qilaveringlar, faqat toifachilik kelib chiqmasligi uchun har kim o'z diniy kitobidan dalil keltirmasa, bo'ldi”, – degan ekan.
Bu kabi misollarni Islom tarixidan juda ko'plab keltirish mumkin. Islomning bosh manbalarida ta'kidlangan hamda Muhammad sollallohu alayhi va sallam tomonidan qanday amal qilinishi ifoda etilgan ko'rsatmalar bugungi kunda ham davom etib kelmoqda.
Demak, ko'nglida hech bir insonga adovati bo'lmagan hamda jamiyatga qo'li va tili bilan zarari tegmaydigan kishilar bilan chiroyli muomalada bo'lish, ular bilan dunyoviy ishlarda hamkorlik qilish, yovuzlik va zulm-ziyon etkazish yo'lida aslo hamkorlik qilmaslik muborak dinimiz talabidir.
Alloh taolo marhamat qiladi: “...Ezgulik va taqvo (yo'li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo'li)da hamkorlik qilmangiz! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh azobi qattiq zotdir”. (Moida surasi, 2-oyat). “Ankabut” surasi 46-oyatida esa: “(Ey, mo'minlar!) Sizlar ahli kitoblar bilan faqat eng chiroyli uslubda munozara qilingiz, illo ularning orasidagi zulm (tajovuz) qilganlar bundan mustasnodirlar...”, deyilgan.
Demak, Qur'oni karim musulmon mamlakatlarida boshqa dinlarga nisbatan munosabat va diniy e'tiqod erkinliklari masalalarida asosiy manba bo'lib xizmat qilgan. Shunday ekan, bundan islomning boshqa diniy e'tiqoddagi kishilarga nisbatan insonparvar, adolatparvar ekanini ko'rishimiz mumkin.
Qaysi jamiyatda diniy bag'rikenglik tamoyillari hayotda o'z talqinini topsa, o'sha jamiyatda o'zaro hurmat va samimiyat qaror topib, barcha insonlar tinch va osoyishta hayot kechiradilar. Tinchliksiz taraqqiyot va farovonlik bo'lmagani kabi diniy bag'rikengliksiz tinchlik barqaror bo'lmaydi.
Islom dini o'zga din vakillari bilan bo'ladigan kundalik aloqalarga alohida urg'u bergan. Hususan, qo'shnichilik aloqalari, ahli kitoblarning taomidan iste'mol qilish, ularga uylanish mumkin ekani, ularni g'iybat qilish ham gunoh ekani, moliyaviy aloqalar o'rnatish, ulardan qarz olish, qarz berish, ularga omonat qo'yish, musulmon bo'lmagan kishini maqtash kabi masalalarda oyat va hadislar kelgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqa din vakillari tomonidan hadya qilingan kiyimlarni kiyib yurganlari ma'lum va mashhur. Sa'd ibn Ibrohimdan rivoyat qilinadi: «Muqavqis Nabiy sollallohu alayhi vasallamga hadya yubordi. Bas, u zot uni qabul qildilar». Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. Imom Saraxsiy «Mabsut»da quyidagi rivoyatni keltirgan: “Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Muqavqis hadya qilgan choponlari bor edi. Ul zot uni hayit va juma kunlari hamda huzurlariga elchilar kelganida kiyar edilar”.
Imom Buxoriy hazratlari o'zlarining “al-Adab al-Mufrad” kitoblarida shunday hadisni rivoyat qiladi: Mujohid aytadi: Men Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhuning huzurida edim. Uning xizmatchisi bir qo'yni so'yib, uning terisini shilayotgan edi. Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu xizmatchiga qarab: Qo'yni so'yib bo'lgach go'shtni birinchi bo'lib yahudiy qo'shnimizdan boshlab tarqat, dedi. O'sha erda turganlardan biri: “Alloh sizni to'g'ri yo'ldan adashtirmasin! Yahudiydan boshla!”, dedingizmi, dedi. Shunda u zot: Men Rasululloh sallollohu alayhi va sallamdan qo'shniga yaxshilik qilish haqida juda ko'p eshitganman, hatto qo'shniga meros berishni tayinlasalar ham kerak, degan xayolga ham borganmiz, dedilar.
Imom Buxoriy o'z kitoblarida rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam vafot etgan vaqtlarida sovutlari bir yahudiyning qo'lida garov evaziga berilgan edi. Nabiy sallollohu alayhi va sallamning sahobalari U zot uchun jonu mollarini fido qilgan insonlar edi. Ular ichida Usmon ibn Affon va Abdurahmon ibn Avf raziyallohu anhumo kabi boy sahobalar ham bor edi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning birgina ishoralari bilan bor budlarini U zotning oyoqlari ostiga olib kelib tashlar edilar. Lekin shunday bo'lsa-da Rasululloh sallollohu alayhi va sallam o'zga din vakilidan qarz olganlar. Buning sababi o'zlari namuna bo'lib jamiyat birdamligi uchun ular bilan qanday muomalada bo'lish kerakligini ummatlariga ko'rsatib berganlar.
Demak, Islom shariatida o'zga din vakillari bilan inoq munosabatda bo'lishga oid munosabatlar aniq belgilab berilgan. Buyuk ajdodlarimiz o'zga din vakillari bilan qanday munosabatda bo'lish lozim ekanini o'rgatib, o'zlari bunda barchaga namuna bo'lganlar.
Bugungi kunda dunyodagi tinchlik-osoyishtalik va barqarorlikka millatlar va dinlararo ziddiyatlar, ekstremizm hamda terrorizm kabi tahdidlarning jiddiy xavf-xatari mavjudligi globallashuv sharoitida O'zbekistonda millatlar va dinlararo munosabatlar masalasida xotirjamlikka berilish aslo mumkin emas.
Ayni kunlarda dunyoda geosiyosiy raqobat tobora kuchayib, ayrim kuchlar tomonidan xalqlar ongiga egalik qilish orqali turli din vakillari o'rtasida o'zaro nizo va ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarish, mamlakatni kuch-qudratini kamaytirib, hududni ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy tomondan o'z ta'sir doirasiga olishga urinishlar kuchaymoqda.
Hozirda jahonda yuz berayotgan diniy toqatsizlik holatlari boshqa din vakillariga o'ta murosasizlik, bir din ichidagi mojaroli munosabatlar hamda dunyoviy tuzumga qarshi kurash yoki xalqaro darajadagi qarama-qarshiliklar bilan bog'liq bo'lib turibdi.
Zero, barcha dinlar qatori Islom o'zidan avvalgi dinlarni (yahudiylik, nasroniylik) e'tirof etibgina qolmasdan, ularning madaniyat va an'analariga ehtirom bilan qarashga hamda ular bilan adolatli munosabatda bo'lishga buyurgan.
Islom doimo barcha din va e'tiqod vakillarini adolat o'rnatishda, xavfsizlikni ta'minlashda va begunoh odamlarni qoni to'kilishini oldini olishda hamkorlik qilishga chaqiradi.
Bu borada Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hayotlarida go'zal o'rnaklar bor. Hazrati Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning Madinaga hijrat qilgan paytlaridan u erlik aholi bilan bahamjihat yashash to'g'risida tuzilgan shartnoma, Najron nasorolaridan bo'lgan oltmish kishilik delegatsiyani masjidga joylab ularga ko'rsatilgan iltifot, Makka mushriklari bilan Hudaybiyada tuzilgan sulh shartnomasi va Makka fath etilgach, mushriklarning umumiy afv etilishi kabi voqealar bag'rikenglikning yorqin amaliy namunalaridan hisoblanadi. Hattoki Najron nasarolari masjidi nabaviyda o'z ibodatlarini Baytil Maqdisga qarab bajarishlariga ruxsat berilgani diqqatga sazovor.
Hulosa qilib aytadigan bo'lsak, Islom dinida insonlarni turli dinlarga e'tiqod qilishi Allohning xohishiga ko'ra bo'ladigan ish ekani musulmon kishi o'ziga yuklatilgan vazifani bajarishga mas'ul ekani ta'kidlangan. Turli din vakillari, xususan, ahli kitoblar hisoblangan yahudiy va nasroniylar bilan agar ular musulmonlar bilan tuzilgan bitimni buzishmasa, iliq munosabat o'rnatishga chaqiriladi. Albatta, bag'rikenglik turli din vakillarini bir zaminda bahamjihat, hamkorlikda yashashga chaqiradi.
Demak, Islom dini musulmonlarni o'z dindosh birodarlariga va barcha insonlarga yaxshilik, mehr-muruvvat qilishga chorlash bilan bir qatorda, o'zaro tinchlik va totuvlikda bo'lgan boshqa din vakillariga ham yaxshilikda va mehr-shavqatda bo'lishlariga buyurgan.

Ibrohimjon INOMOV,
O'zbekiston musulmonlari idorasi
raisi o'rinbosari
KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:
JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:
a s o s v a n ye g i z l a r i d a
ulug‘ ustozlarimiz – tabarruk ulamolarimiz
keng, chuqur va unumli iste’foda etib,
batafsil taqdim etgan
«ISROF MASALASI»
ga doir
nihoyatda foydali maslahat, kerakli tavsiya
hamda
eng muhim jihatlaridan namunalar:
ULUG‘LARDAN HIKMATLAR:
Ziyofat tugaganidan so‘ng dasturxon yig‘ib olindi.
Ayni shu paytda mening ko‘zim yerda yotgan non ushoqlariga tushdi va uni tera boshladim.
Shunda Ma’mun menga qarata: “To‘ymadingizmi?” – deb savol qildi.
Men: “To‘ydim, lekin dasturxondan to‘kilgan non burdasini ko‘rib, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisi sharif ko‘nglimdan o‘tdi. Hammod ibn Salama Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kim dasturxon ostidagi tushgan nonlarni yesa, faqirlikdan omonda bo‘ladi” degan ekanlar”, – dedim.
Shunda mening hadisi sharifga bo‘lgan e’tiborim yoki odob axloqqa amal qilganimdan xursand bo‘lib, Ma’mun menga 1000 dinor sovg‘a qildi.
Bir kuni peshin namoziga odamlar kechika boshlabdi. Dovud payg‘ambar orqalariga qarasalar, o‘ng tomonlarida o‘n beshta o‘g‘illari, chap tomonlarida o‘n beshta o‘g‘illari o‘tiribdi ekan.
Shunda sal maqtanchoqlikka bo‘y oldirib:
– O‘zimiz ham bir jamoa ekanmiz-ku, elni kutmasdan namozimizni boshlayveramiz... Xudo xohlasa, o‘ttiz o‘g‘lim bor, haq dinni butun elga o‘zim yetkazaman, degan o‘y kelib, namozni boshlab ketibdilar.
...Xudoga Dovud payg‘ambarning bu ishlari yoqmadi. Dovud payg‘ambar namoz vaqtida “Assalomu alaykum varahmatulloh!” deb, o‘ng tomonga salom berganlarida o‘n beshta o‘g‘illari jon topshirdi. Chap tomonga salom berganlarida, qolgan o‘n beshta o‘g‘illari bandalikni bajo keltirdi.
Xatosini uqqan Dovud payg‘ambar alayhissalom ko‘z yoshlarini daryo qilib, Yaratgandan kechirim so‘radilar...
Rahmi cheksiz Alloh taolo:
– O‘ttizta o‘g‘lingizni qaytarib beraymi yo o‘ttizini o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il beraymi? – deb so‘radi.
– Sening amring ikki bo‘lmaydi... O‘ttiz o‘g‘limning jonlari jannatda bo‘lsin... Menga ularning o‘rnini bosadigan bitta o‘g‘il bersang bas...
– Aytganingiz bo‘lsin! Lekin bolaning umri qisqa bo‘ladi. Men unga faqat to‘qqiz yil umr beraman.
– Mayli, shunisiga ham shukr! – deb, Dovud payg‘ambar kelasi yil o‘g‘il ko‘radilar.
U bolaning ismi Sulaymon edi. Sulaymon ish buyurishga yarab qolgan paytida Dovud payg‘ambar uning qo‘liga qumg‘on (obdasta), yelkasiga sochiq osib:
– O‘g‘lim, sen endi bizning uyga kelgan mehmonlarning yosh-mi, qari-mi hammasining qo‘liga suv quyib turgin! Suvni uch marta uzib-uzib quyasan. To‘rtinchi marta, agar mehmon so‘rasa, quyasan.
– Ota, nega uzib quyishim kerak?
– Sababi: o‘likni yuvishganda suvni uzmay quyadi. Sen axir suvni tirik odamlarga quyasan-da, o‘g‘lim... Ikkisini farqi bor – dedilar.
Dovud payg‘ambarga kelgan yosh-qarining hammasi, suv quyib turgan Sulaymonga “Yuzga kir, bolam!”, “Qo‘ling dard ko‘rmasin!”, “Katta olim bo‘lgin!”, “Podsho bo‘lgin!”, “Ulug‘ inson bo‘lgin!”, “Umring uzoq, rizqing butun bo‘lsin!”, deb rahmatlar aytardi.
Bir kuni Sulaymon to‘qqiz yoshga to‘ldi.
U paytlarda bolasi to‘qqizga to‘lgach, uni bir qizga unashtirib qo‘yish lozim edi. ...Lekin Allohning “bolaga faqat to‘qqiz yil umr beraman” degani Dovud alayhissalomning eslarida edi.
Bir kuni Dovud payg‘ambar saharda Allohni zikr qilib o‘tirar edilar... Sulaymonning yoshi to‘qqizdan oshdi. U endi jon taslim qilishi kerak edi. Buning tirik qolganining sababini so‘radi va agar jonini olmaydigan bo‘lsa, bolani unashtirish lozimligini aytdi...
Shunda Xaq Taolo:
– Mening ismlarimdan biri – Rahimdur! Minglab odamlar sizning bolangizga uzoq umr tiladi. Men shuncha xalqning duosini qaytara olmayman... Sulaymon uzoq umr ko‘radi, U barcha yerdagi maxluqlarni, osmondagi qushlarning va barcha dengizdagi baliqlarning tilini biladigan bo‘ladi. Barcha odamlar va jinlarga hukmronlik qiladi, – deb javob berdi.
Ana shundan boshlab yosh bolalar qariyalarning duosini olsin, deb, to‘y-marosimlarda ularga suv quydirib qo‘yadigan betakror va beqiyos go‘zal urf-odat paydo bo‘libdi...
XALQ MAQOLLARI:
Yomon o‘g‘il sochar ota molini.
Isrof bilan ishlatsang – yomon kunni kut!
Bozoring yaqin bo‘lmasin.
O‘tga yoqsang – kul bo‘lar.
Xudo o‘nglar ishini.
Ham aytadi, ham qaytadi.
Yomonga qilsang yaxshilik –
Na aytadi, na qaytadi.
Erta yedim – o‘tdim.
Hamma hayitga chiqqanda,
Xumga kirib yotdim.
O‘yib yesang – o‘n kunga.
Tuxumini yesang – ming yeysan.
To‘nni ayagan to‘n kiyar.
Chaqirilmagan yerda senga nima bor?
Nafsini tiymagan kishi ulton bo‘lur.
Qo‘porib yoqsang – bir yilga.
Otang berganday bo‘lar.
Nonni ayasang – nonga.
Qora kuningga saqla.
Somon to‘plasang – pul bo‘lar.
Bir savat non.
Sotib yesang – bir kunlik.
Tommay qolsa, cho‘l bo‘lar.
Xotin taquvchan bo‘lar.
Non ayagan – nonga.
Yomon o‘g‘il ota molini sochar.
Kiyishing – ipak.
Boyiganda – muhtojlikni!
Sovursang – ketasan.
Ko‘p-ko‘p yesang – neni yersan?
Solaversang – og‘ir.
Badnafslik – halokat.
Har kuni yoqqin olovni.
Hisobini bilmagan – o‘lguncha yetim.
Hisobini puxta qilar.
Tejamagan – armonda.
Oldingga shu kelar.
Erta turgan ayolning bir ishi ortiq.
Ochko‘zlik – go‘rga.
TIBBIYOT OLIMLARINING TADQIQOT NATIJALARI:
ZAMONAVIY FAN TADQIQOTLARI va AJOYIB MA’LUMOTLAR:
Bashariyat mavjudligi tarixi davomida odamlar har doim 3 narsani qilishgan – turmush qurishgan, vafot etishgan va ovqatlanishgan...
Bu vaqt ichida oziq-ovqat haqida juda ham ko‘p qiziqarli faktlar mavjud.
Mana ulardan ba’zilari:
BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) MA’LUMOTI:
Non… oddiygina so‘z. Ammo uning zamirida qanday ulkan ma’no, qanday qadr, qanday mehnat mujassam ekanini har doim ham his qilib yetmaymiz.
Har bir burda non – yerning bag‘ridan boshlangan, dehqonning peshona teri bilan sug‘orilgan, quyosh haroratida pishgan va minglab qo‘llar mehnati bilan dasturxonimizga yetib kelgan buyuk, bebaho, beqiyos, mislsiz ne’matdir.
Tasavvur qiling: bahorda yer haydaladi, urug‘ sochiladi. Dehqon tunlarini bedor o‘tkazib, har bir niholni asraydi. Yozning jazirama issig‘ida u daladan chiqmaydi. Kuzda esa hosil yig‘iladi – ammo bu hali yo‘lning yarmi, xolos. Don tegirmonga boradi, unga aylanadi, so‘ngra nonvoyning qo‘lida mehr bilan qorilib, tandirda pishadi. Ana shundan keyingina u bizning dasturxonimizga keladi.
Shu qadar mashaqqat, shu qadar sabr va og‘ir mehnat bilan tayyorlangan ne’matni biz ba’zan bir lahzada qadrsiz qilamiz. Bir burdasini yeymiz-u, qolganini tashlab yuborishdan uyalmaymiz. Ammo har bir isrof qilingan non – bu faqat oziq-ovqat emas, bu mehnatning, barakaning, hatto insoniylikning qadrini yo‘qotishdir.
Kattalarimiz bejizga: “Nonning uvoli bor”, – demagan. Bu so‘zlarda chuqur ma’no bor. Uvol – bu faqat jazo emas, balki insonning o‘z qilmishiga nisbatan ruhiy qarzi, ma’naviy og‘irligidir.
Nonni isrof qilgan inson barakadan mahrum bo‘lishi, qilgan ishida omadsizlikka uchrashi mumkinligi haqidagi ogohlantirishdir bu!
Eng achinarlisi – bugungi kunda ayrim xonadonlarda non oddiy narsadek qabul qilinadi. Dasturxonda qolgan nonlar tashlanib yuboriladi, yerga tushgan burdalarga e’tibor berilmaydi. Bu esa nafaqat qadrsizlik, balki o‘z ildizlarimizdan uzoqlashishdir. Chunki xalqimiz azaldan nonni muqaddas deb bilgan, uni hurmat qilgan, hatto yerga tushsa, olib ko‘zga surtib, baland joyga qo‘ygan.
Non – bu faqat qorin to‘ydiruvchi ozuqa emas. U – tinchlik ramzi, mehr ramzi, hayot ramzi. Non bor joyda baraka bor, non qadrlangan xonadonda fayz bor. Shuning uchun har birimiz o‘zimizdan boshlashimiz kerak: nonni ehtiyot qilish, uni isrof qilmaslik, bolalarga ham shu odatni o‘rgatish.
Bolalarimiz nonni qanday qadrlashni bizdan o‘rganadi. Agar biz unga befarq bo‘lsak, ular ham shunday bo‘lib ulg‘ayadi. Agar biz har bir burdani e’zozlasak, ular ham nonni muqaddas deb biladi. Bu esa kelajak avlodning ma’naviyatini belgilaydi.
Shunday ekan, bir lahza to‘xtab o‘ylab ko‘raylik: dasturxonimizdagi har bir burda nonga munosib munosabatdamizmi? Uni qadrlayapmizmi yoki bee’tiborlik bilan isrof qilyapmizmi?..
Ming-ming-ming shukrlarki, yurtimizda davlatimizning g‘amxo‘rligi, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar tufayli qornimiz to‘q, ustimiz but. Tinch-xotirjam, o‘zimiz ham, farzandlarimiz ham istagan yegulikni tanovul qilyapmiz. Ammo bunday sharoitlarning qadriga yetib, shukrona aytish o‘rniga isrofgarchilikka ham yo‘l qo‘yayotganimiz achinarlidir.
Aslida, qornimiz bir burda nonga to‘yadi. Lekin dasturxonda non bo‘laklari bo‘lsa-da, biror kishi kelib o‘tirsa, yana yangisini sindirish odat tusiga kirgan. Xullas, yesak-yemasak, sindiraveramiz. Ovqatlangach esa, ba’zan ortgan nonlar tashlab yuboriladi. Restoran, oshxona, to‘yxonalardan ortgan qop-qop non bo‘laklarini ko‘rib, yuragingiz uvishadi. Chiqindi shoxobchalarida ham axlat va po‘choqqa aralash tashlanayotgan non qoldiqlarini ko‘rib taajjublanasiz, “Buning uvoli tegmasmikin?” deya o‘yga tolasiz.
Atrofimizga nazar tashlasak, nafaqat yoshlar, balki kattalar orasida ham non qadrini unutayotganlar, uni isrof qilayotganlarni uchratamiz. Afsus, bunday kishilar bugun kimlardir bir burda nonga, hatto ushoqqa zor ekanini anglamaydi. Ular nonni qadrlamayotganining sababi dasturxoni to‘kinligi, “Doim shunday hayot kechiraman” degan ishonch haddan ziyodaligidir. Bu esa to‘qlikka sho‘xlikdan boshqa narsa emas.
Bugungi to‘ylar va turli marosimlarda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilayotgani, non qadrini his qilmay qo‘yganimiz, achinarlisi, farzandlarimiz ham aynan shu yo‘ldan ketayotgani og‘riqlidir. Bu qanchalik farovon, dasturxonimiz to‘kin bo‘lgani sari ma’naviy qashshoqlashib borayotganimizdan dalolat emasmi?
Uzoqqa bormaylik, mustaqillikning ilk yillarida non qadri qanchalar baland bo‘lgani, odamlar soatlab, kunlab nonga, unga navbatda turgani, qishloqlarda aholi boshoq tergani chiqqanlari hali ko‘z o‘ngimizda turibdi... Ikkinchi jahon urushi davrida ham ota-bobolarimiz bir burda nonga qanchalar zor bo‘lishgan...
Otalarimiz, onalarimiz bizni hozirgi farahli kunlarga yetkazish uchun och-nahor ter to‘kib, mehnat qilganlar. Bugungi omon-omon to‘kinlik zamoni ajdodlarimizning orzusi emasmidi?!? Ularning duolari, niyatlari amalga oshib, farovon hayot kechiryapmiz. Bunga shukr qilish o‘rniga isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishimiz qanchalar to‘g‘ri bo‘ladi?!!
Muqaddas dinimizda isrof juda qattiq qoralanadi. Alloh taolo O‘z kalomida: “Yeb-ichingiz, lekin isrof qilmangiz. Zero, Alloh isrof qiluvchilarni sevmagay”, degan (A’rof surasi 7/31-oyat). Bundan kelib chiqadiki, Alloh bergan ne’matlarni isrof qilish, ularning qadriga yetmaslik – katta gunohdir. Shu bois jonimiz sog‘, yeyishga bir burda nonimiz bormi, shukrona aytaylik. Chunki bugungi tahlikali zamonda dunyoda millionlab kishilar tinchlikning, nonning naqadar qadrli ne’mat ekanini o‘z ko‘zlari bilan, jonlari bilan his etishmoqda.
Hadisi qudsiyda bunday deyiladi: “Ey, Odam farzandi! Hamisha ovqatlanishga o‘tirganingda qorni och bechoralar ham esingda bo‘lsin! Shunda Allohning ne’matlariga shukr qilishing osonroq bo‘ladi”.
“Birni ko‘rib shukr qil, birni ko‘rib – fikr qil” deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, hozir dunyoda million-million odamlar bir burda nonga zor bo‘lib yashayapti. Internet tarmoqlari, televideniye orqali hammamiz o‘z ko‘zimiz bilan guvohmiz. Xudo dasturxonimizni to‘kin qildi, ne’matlarni iste’mol qilishimiz uchun salomatlik berdi. Bunga shukr qilish o‘rniga nima uchun bu ne’matlarni isrof qilishimiz kerak?!!
Yoshligimizda, “Non ushog‘ini bossang, ko‘r bo‘lasan”, deya ta’kidlashardi. Bu gaplarni ota-onamizdan tashqari mahalladagilar ham aytishardi. Ko‘chada ushoqni ko‘rsak, olib, changini puflab, ko‘zga surtib, chetga qo‘yardik. Hozir ko‘plab xonadonlarda dasturxondan bir bo‘lak non pastga tushib ketsa, olib yeyilmaydi, aksincha, po‘choqqa yoki axlat chelakka tashlanmoqda. Nonga shu zaylda munosabatda bo‘lsak, Xudo ko‘rsatmasin, ertaga afsuslanib qolmaylik. Axir, “Nimani xor qilsang, shunga zor bo‘lasan”, degan hikmat bejiz aytilmagan-ku!
Shunday ekan, qattiq mehnat evaziga yetishtirilayotgan nonning va boshqa nozu ne’matlarning qadriga yetish, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik sizu bizning asosiy vazifamiz bo‘lishi zarur.
Nonni asraylik! Uni ehtiyot qilaylik! Chunki non – bu hayotning o‘zi. Va uning ham, albatta, uvoli bor…
“Hamma narsa ham oiladan boshlanadi” – deydi dono xalqimiz...
Demak, oilaning rahbarlari – OTA-ONALAR “farzandlar tarbiyasi” nomli “Hayot universiteti”da mashaqqatli va sharafli, og‘ir va savobli, sermahsul va olijanob vazifada mas’ul sanaladi.
Oila a’zolariga ovqatlanish odoblarini aytib turish, dasturxon atrofida o‘zaro yaxshi muloqotda bo‘lish, o‘rni bilan yoshlarning kamchiliklarini bildirib qo‘yish – kattalarning burchidir.
XUDONING OLDIDA HAM, BANDASINING OLDIDA HAM!!!
Xususan, non va oziq-ovqatlarni iste’mol qilish tartiblarini, non va non mahsulotlarini isrof qilmaslikni o‘rgatish va talab etishdan hech bir ota-ona charchamasligi darkor.
HAYOT nomli "Universitet"ning "tillo diplomi"ga ega bo‘lgan,
TAJRIBA nomli "Oliy o‘quv yurt"ning "brilliant sertifikati"ni qo‘lga kiritgan va
AQL nomli "Institut"ning "gavhar hujjati"ni egallagan
oqil va dono OTA-ONALARIMIZ hamisha yoshlarimiz uchun PROFЕSSOR bo‘lib qoladilar...
Mehribon Parvardigorimiz
o‘zlarimizni ham,
farzand-zurriyotlarimizni ham
O‘zi buyurgan,
Janobi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan,
o‘tmishda o‘tganlarimizning ruhlari shod bo‘ladigan,
xalqimiz xursand bo‘ladigan,
ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!
Ibrohimjon domla Inomov