O'zbekistonning Tehrondagi elchixonasida Eron Fors tili va adabiyoti akademiyasi raisining o'rinbosari Muhammad Nassiri, Islom hamkorlik tashkiloti Ilmiy-texnik hamkorlik qo'mitasi (COMSTECH) huzuridagi Islom universitetlari aro virtual tarmoq (CINVU) Bosh kotibi Karim Barzegar Najafiy bilan uchrashuv o'tkazildi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Tadbirda Muhammad Nassiri Tehron shahridagi “Guliston saroyi” muzeyida saqlanayotgan «Boburnoma» qo'lyozmasining kseronusxasini O'zbekistonning Erondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari Bahodir Abdullayevga topshirdi.
Suhbatdosh ushbu qo'lyozma noyob va dunyoda o'xshashi yo'qligini ta'kidladi. U nastaliq uslubida yozilgan va ko'plab taniqli boburshunoslar uning o'ziga xosligi va ahamiyatini tasdiqlaydi.
Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, qo'lyozma Bobur tirikligi davrida ko'chirilgan bo'lishi mumkin. Kitob qo'ldan qo'lga o'tib, Eronga kajarlar sulolasi vakillaridan Nasriddin Shox Kajar (1848-1896) davrida kelib qolgan. Asar so'nggi 150 yil davomida “Guliston saroyi” muzeyida saqlanib kelinmoqda.
Uchrashuvda Muhammad Nassiri may oyining o'rtalarida o'zbek boburshunoslari bilan tajriba almashish, «Boburnoma» haqida tayyorlanayotgan kitobini yangi materiallar bilan to'ldirish uchun O'zbekiston fondlarida saqlanayotgan qo'lyozmalar bilan tanishish maqsadida mamlakatimizga kelishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Mol-dunyo masalasida o‘zingizdan pastroqdagilarga qarang, dedik. Lekin dinu diyonat masalasida doim o‘zingizdan oldindagilarga qarang, ulardan ibrat oling, ularga yetib olishga intiling. Dunyo, boylik, sog‘lik va go‘zallik borasida o‘zingizdan quyidagilarga qarab, cheksiz marhamati uchun Allohga shukr qilsangiz, hayotingiz baxt-saodatga to‘ladi, Alloh taolo sizni shukr va sabr qiluvchilar safiga yozib, fazlu marhamati bilan ularga beriladigan mukofotlaridan sizga ham beradi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:
«Kimda ikki xislat bor bo‘lsa, Alloh uni shukr qiluvchi, sabr qiluvchi deb yozib qo‘yadi. Kimda bu ikki xislat bo‘lmasa, Alloh uni shukr qiluvchi ham, sabr qiluvchi ham deb yozmaydi. Dinu diyonatda o‘zidan yuqoridagilarga qarab, ularga ergashsa; mol-dunyoda esa o‘zidan pastdagilarga qarab, o‘zini ulardan afzal qilgan Allohga hamd aytsa, Alloh uni shukr qiluvchi, sabr qiluvchi deb yozib qo‘yadi. Kim din borasida o‘zidan pastdagilarga, dunyo borasida esa o‘zidan yuqoridagilarga qarab, o‘zi yetisha olmagan narsaga afsuslansa, Alloh uni shukr qiluvchi ham, sabr qiluvchi ham deb yozmaydi» (Imom Termiziy rivoyati).
Uch xil qarash qalbingizdagi mahzunlikni ketkazadi:
- birovlardagi narsalarga rozilik ko‘zi bilan qarash;
- musibatga uchraganlarga ibrat ko‘zi bilan qarash;
- ahvoli sizdan yomonroq, holi xarobroq odamlarga qarash.
Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh,
Abdulhamid Umaraliyev tarjimasi.