Saudiya Arabistonida 20 yillik tanaffusdan so'ng qariyb ming yil avval qurilgan masjid qayta ochildi.
Baxa shahridan 30 km uzoqlikdagi qishloqda joylashgan at-Taula masjidi mintaqadagi eng qadimgilaridan biri – qurilganiga 900 yildan oshgan, deya xabar bermoqda IslamNews Esquireme nashriga tayangan holda.
Masjid turli shakldagi toshlardan qurilgan, tomi esa archa shoxlaridan qilingan. Bino tomiga muazzin zina orqali ko'tarilib, azon aytadi.
Masjid taxminan 300 kvadrat metr maydonni egallagan, o'z ichiga 130 nafar namozxonni sig'diradi. Uzoq yillik qarovsizlikdan keyin masjid noyob tarixiy xususiyatlarini saqlab qolgan holda. ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi rolikda "Mahalla yettiligi" tarkibining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.
"Yettilik" quyidagilardan tarkib topgan: mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodim.