2021 yil birinchi choragida O'zbekistonda yangi tug'ilgan o'g'il bolalarga Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi eng ko'p qo'yilgan.
Shu yil yanvar'-mart oylarida 5 236 nafar o'g'il bolaga Muhammadali, 5 114 nafar qizga Soliha ismi berilgan.
Ma'lum bo'lishicha, joriy yilning uch oyida 91 067 nafar o'g'il bola va 84 837 nafar qiz bolaga tug'ilganlik haqida guvohnoma berilgan.
DHA matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, joriy yilda qizlarga Soliha ismidan tashqari Muslima (2 969), Shukrona (2 252), Imona (1 913), Farzona (1 423), Mubina (1350) ismlari ham ko'p qo'yilgan.
O'g'il bolalar ismining top 5 taligida esa Muhammadalidan tashqari Muhammad (2 997), Abdulloh (2 711), Mustafo (2 333), Imronbek (2 062) ismlari ham bor.
Muhammadali va Soliha ismlari 2019 va 2020 yillarda ham O'zbekistonda eng ko'p qo'yilgan ismlar bo'lgan. Jumladan, 2020 yilda 19 383 nafar o'g'il bolaga Muhammadali, 18 616 nafar qizga Soliha ismi berilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV