Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Toshkent shahri masjidlarida tarovih namozlari kechki soat 21:00 dan boshlanadi

12.04.2021   2083   3 min.
Toshkent shahri masjidlarida tarovih namozlari kechki soat 21:00 dan boshlanadi

Ramazon oyiga o'zgacha shukuh, surur bag'ishlaydigan, faqatgina bu oyga xos bo'lgan ibodat taroveh namozidir. Ammo ming afsuski o'tgan yili boshimizga kelgan og'ir sinov sababli bir yillik jismu ruhimizga shifo va kuch-quvvat bo'luvchi taroveh namozlarida Qur'oni karimga some' bo'lish baxtidan mosuvo bo'lgandik.

Alhamdulillah, bugundan yurtimizning barcha masjidlarida taroveh namozi, Qur'on xatmlari boshlanadi. Ma'lum bo'lishicha, Toshkent shahri masjidlarida tarovih namozlari kechki soat 21:00 dan boshlanishi belgilangan.  

Bu yil o'tgan yillardan beri sog'inganimiz – taroveh namozlarida Qur'oni karimga some' bo'lamiz. Ramazon kechalarida qoim bo'lish – ulug' ibodat bo'lib, Alloh taolo taqvodor bandalarini sifatlar ekan, ularning kechalarini ibodat bilan o'tkazishlarini alohida zikr qiladi:(Ular) tunning ozgina (qismidagina) uxlar edilar” (Zoriyot surasi, 15—19 oyatlar).

Boshqa oyatda Alloh taolo suyukli bandalarini bunday tavsif qiladi: “Ular yana tunlarni Parvardigorga sajda qilgan va tik turgan (bedor) holda o'tkazadigan kishilardir” (Furqon surasi, 64-oyat).

Imom Buxoriy va Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon (kechalari)da imon bilan (Alloh taoloning unga savob berish va'dasini tasdiqlagan holda) va savob umidida (riyo va unga o'xshash narsa uchun emas, faqat ajrni talab qilib namoz o'qigan holda) tursa oldingi o'tgan gunohlari kechiriladi”, deganlar.

Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Albatta Alloh taolo sizlarga Ramazonning ro'zasini farz qildi, men esa sizlarga uning qiyomini sunnat qildim. Bas, kimki imon va ixlos bilan unda ro'za tutsa va qoim bo'lsa, gunohlaridan onasi uni tug'gan kundagidek pok holda chiqadi”(Imom Nasoiy rivoyati).

Ramazon oyining g'animat lahzalarining har bir soniyasidan unumli foydalanishga intilaylik, bir zum ham g'aflatda qolmaylik! Alloh taolo taroveh namozlarimizni, tungi qiyomlarimizni O'z dargohida qabul qilsin, Ramazonni ajru savoblar ila manfaatli yakunlashimizni nasib etsin!

 

Davron NURMUHAMMAD

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan amaliy tadbir (videolavha)

10.01.2025   1475   1 min.

 

Videolavhalar