frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ramazonning boshqa oylardan farqi nimada?

11.04.2021   6739   6 min.
Ramazonning boshqa oylardan farqi nimada?
  • Bu oyda Qur'oni karim nozil bo'lgan;
  • Bu oyda (shu bois) xatmi Qur'on qilinadi;
  • Bu oyda Allohning rahmati yog'iladi;
  • Bu oyda musulmonlar ro'zador bo'ladilar;
  • Bu oyda ming oydan afzal bo'lgan qadr kechasi bor;
  • Ramazon oyi sabr oyi;
  • Duolar mustajob bo'ladigan oy;
  • Ro'za tutish sabab taqvo hosil qilinadi;
  • Ro'za insonga nafsni tiyishni o'rgatadi;
  • Ro'za tufayli inson ruhiyati poklanadi;
  • Ro'za tufayli inson tani poklanadi;
  • Ro'zadorning tili g'iybat, buhton,chaqimchilik kabi gunohlardan tiyiladi;
  • Ro'zadorda riyo bo'lmaydi;
  • Uning qulog'i bu oyda gunohlarni “eshitmaydi”;
  • Uning ko'zlari gunoh narsalarni “ko'rmaydi”;
  • Ro'zadorning qo'llari gunoh ishlarni qilmaydi;
  • Uning oyoqlari gunoh joylarga bormaydi;
  • Ro'zador saharlik qilib barakaga erishadi;
  • Ro'zadorning og'zidan keladigan hid Alloh taoloning nazdida mushki anbardan ham xushbuyroq bo'ladi;
  • Ro'za qalbni kamtarin, tavozeli qiladi;
  • Bu oy tavbalar qabul bo'luvchi oy hisoblanadi;
  • Bu oy mag'firat oyidir;
  • Jannat eshiklari ochib qo'yilgan oydir;
  • Do'zax eshiklari yopib qo'yilgan oydir;
  • Shaytonlarga kishan solib qo'yilgan oydir;
  • Ramazon – bandani Allohga eng yaqin qiladigan oy;
  • Bu oy – saxovat oyi;
  • Bu oyda qilingan yaxshiliklar savobi o'n baravardan ettiyuz baravargacha ko'paytirib yoziladi;
  • Ramazon – sadaqa va ehsonlar qilinadigan oy;
  • Muhtojlarga yordam qo'li cho'ziladigan oy;
  • Bu oyda zakot berib, haqdorlar xursand qilinadi;
  • Fitr sadaqasi berilib, miskinlar duosi olinadi;
  • Zakot beruvchi kishining moli poklanadi;
  • Zakot beruvchining moliga baraka kiradi;
  • Boy bilan kambag'al o'rtasidagi gina, adovat yo'qoladi;
  • Qarindosh-urug'chilik aloqalari mustahkamlanadi;
  • Ro'zaning mukofotini Allohning O'zi beradi, ya'ni ro'zadorga beriladigan savob va yaxshiliklar miqdorini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi;
  • Ro'zador Rayyon nomli eshikdan jannatga kiradi.

 

Ibodulloh Ahrorov

Toshkent islom instituti o'qituvchisi.

RAMAZON-2021
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

26.08.2026   32512   1 min.
Yurtimiz bo‘ylab 6000 nafarga yaqin obodonlashtirish xodimlariga bayram hadyalari ulashildi

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda yurtimiz ozodaligiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan 2500 nafardan ortiq obodonlashtirish xizmati xodimlariga oziq-ovqat jamlanmalari tarqatdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mashaqqatli va sharafli mehnati har doim ham ko‘zga ko‘rinavermaydigan soha xodimlarining mehnatini e’tirof etish, ularning qalbiga bayram shukuhi, xonadonlariga quvonch kiritishdir.

Inson qadrini ulug‘lash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi xayrli ishlar shu kunlarda yanada keng quloch yozib, mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazildi.

Shuningdek, homiylar tomonidan Respublikamiz bo‘ylab 3500 nafarga yaqin ana shunday fidoyi xodimlarning ko‘ngli xushnud etildi.

Bu kabi xayr-saxovatga yo‘g‘rilgan bayram tadbirlari o‘lkamizning barcha go‘shalarida davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari