Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

“Eshon Temirxon to'ra” jome masjidi qaytadan bunyod etilib, Ramazon oyiga mo'min-musulmonlarga tuhfa etildi

11.04.2021   4616   3 min.
“Eshon Temirxon to'ra” jome masjidi qaytadan bunyod etilib, Ramazon oyiga mo'min-musulmonlarga tuhfa etildi

Bugun, 11 aprel' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligidagi ulamolar Ishtixon tumanining olis hududida joylashgan “Eshon Temirxon to'ra” masjidi va majmuasini ziyorat qilgandan so'ng yangi ta'mirlangan masjidning tantanali ochilish marosimida qatnashdilar. Muftiy hazratlariga Diniy idora ishboshqaruvchisi Rustam hoji Jamilov va viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamroxlik qilishmoqda. Marosimda taniqli ulamolar, nuroniy otaxonlar, tajribali imom-xatiblar, masjid jamoasi, uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar ishtirok etdi.

Marosimda muftiy Usmonxon Alimov hazratlari yig'ilganlarni masjid ochilishi va muborak Ramazon oyi bilan qutladilar. Yurtimiz va dunyoda bo'layotgan voqea-hodisalar, ulug' oydagi ibodatlarning fazli, uni g'animat qilish to'g'risida ma'ruza qildilar.

“Eshoni Temirxon to'ra” jome masjidi 1993 yillarda xalq hashari yo'li bilan qurilgan bo'lib, masjidning yangi binosi 2019-2021 yillar davomida zamonaviy loyiha asosida ta'mirlandi, – deydi masjid imom xatibi Toshmuhammad Abilov. – Masjid hovlisining umumiy maydoni 5 gektar, yangi binoga 1000 nafar namozxon sig'adi. Masjidning moviy gumbazi uzoq-uzoqdan kishilarni o'ziga jalb etib turibdi.

Shuningdek, ma'muriyat (imom-xatib, noiblar) xonalari, oshxona, qorovulxona va mehmonxona kabi qo'shimcha binolar mavjud.

30 kishiga mo'ljallangan erkaklar tahoratxonasi va ayollarning alohida tahoratxonasida barcha zarur sharoitlar qilingan. Masjid “Sohibkor”, “Orlot”, “Qayirma”, “O'zbek qo'rg'on”, “Bog'ixon” mahallalaridan yashovchi mo'min-musulmonlarga xizmat qiladi. Kundalik besh vaqt namozda 100 dan ziyod, juma va hayit namozlarida 1000 dan ortiq kishi qatnashadi.

Tadbirdan so'ng masjidning yangi binosida yig'ilgan mo'min-musulmonlar jamoat bo'lib peshin namozini ado etdilar, muftiy ma'ruza qildilar.

Alloh taolo ushbu masjidni barchaga muborakbod aylab, qiyomatga qadar mo'min-musulmonlarga xizmat qilishini nasib etsin!

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Banu Unayf masjidi — Madinadagi tomsiz tarixiy bino

08.08.2025   26429   1 min.
Banu Unayf masjidi — Madinadagi tomsiz tarixiy bino

   Madina shahrida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam bilan bog‘liq bo‘lgan bir necha o‘nta muqaddas joylar mavjud. Ulardan biri — Banu Unayf masjidi bo‘lib, u Kubo masjididan janubiy-g‘arbiy tomonga, al-U’sba mahallasiga 500 metrdan yaqinroq bo‘lgan masofada joylashgan. 
 

  IQNA axborot agentligi Saudiya Arabistonining “VAS” agentligiga tayanib xabar berishicha, ushbu tarixiy masjid o‘z nomini Kubo ahli bilan ittifoqchi bo‘lgan Bali qabilasining tarmog‘i — Banu Unayf qabilasi nomi bilan atagan.


   Ba’zi tarixchilar ushbu masjidni ”As-Subh” yoki “Al-Musabbah” nomlari bilan ham bilishadi. Masjid o‘zining asl va sodda me’morchiligi bilan tanilgan: u qora tusli vulqon toshlaridan qurilgan va uning tom qismi yo‘q. Masjid maydoni taxminan 37,5 kvadrat metrni tashkil qiladi.


Madina mintaqasini rivojlantirish boshqarmasi tomonidan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan bog‘liq joylarni saqlash va Saudiya Arabistonidagi “Nigoh – 2030 dasturi” maqsadlariga muvofiq ravishda ushbu masjid kapital ta’mirdan chiqarildi.


Banu Unayf masjidi madaniy va diniy turizm loyihalariga kiritilgan bo‘lib, Madina mintaqasini rivojlantirish boshqarmasi uni amalga oshirishni nazorat qilmoqda. Bu esa ziyoratchilarni Madinadagi tarixiy va diniy joylar bilan tanishtirishga qaratilgan kompleks yondashuvning bir qismi sanaladi. 
 

Manbalar asosida
Ilyos Ahmedov
tayyorladi