Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

«Go'daklar o'ldirilishini qabul qilib bo'lmaydigan nohaqlik deb bilamiz» — Abdulla Aripov

13.11.2023   1037   3 min.
«Go'daklar o'ldirilishini qabul qilib bo'lmaydigan nohaqlik deb bilamiz» — Abdulla Aripov

Bosh vazir Ar-Riyod sammitidagi chiqishida O'zbekiston Falastin bilan birga ekanini yana bir bor ta'kidlab, musulmon davlatlarni Al-Aqso daxlsizligini saqlab qolishga chaqirdi.

11 noyabr kuni Saudiya Arabistonida o'tgan Arab-islom davlatlari sammitida G'azo sektoridagi vaziyat muhokama qilindi. Unda qatnashgan O'zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tomonlarni murosaga kelishga chaqirdi.

 

«57 ta davlat va qariyb 1,5 milliard aholini o'z ichiga olgan tashkilotimizning bugungi sammiti alohida ahamiyatga ega. U bizni bog'lab turgan qadriyatlar naqadar kuchli ekani tasdig'idir.

Vayronagarchilik va halokat ko'lami bo'yicha bu nizo Yaqin Sharq mojarosining oxirgi 50 yillik tarixida ilk bor kuzatilmoqda. Eng achinarlisi, bu inqirozning oxiri ko'rinmayapti. Biz Falastin diyoridagi mojaroga jim qarab turolmaymiz, O'zbekiston bu borada tegishli diplomatik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda», degan u.

Abdulla Aripov bu borada G'azo sektoriga insonparvarlik yordami ko'rsatish uchun O'zbekiston 1,5 mln dollar ajratgani, BMT Bosh assambleyasining G'azo sektorida o't ochishni zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga 120 ta davlat qatorida O'zbekiston ham yoqlab ovoz bergani, ikkita xalqaro sammitda O'zbekiston prezidenti ushbu mojaroga to'xtalib o'tgani haqida eslatdi.

«G'azo sektorida yuz berayotgan qonli to'qnashuvlar natijasida yo'qotishlar o'rnini hech narsa bilan to'ldirib bo'lmaydi. Biz go'daklar o'ldirilishini qabul qilib bo'lmaydigan nohaqlik deb bilamiz. Qurbon bo'lganlarning yaqinlariga samimiy ta'ziya izhor qilamiz. Biz Falastin xalqi bilan ekanimizni yana bir bor bildiramiz», degan Aripov.

U, shuningdek barcha a'zolarni Al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa tabarruk maskanlar daxlsizligini ta'minlash uchun imkoniyatlarini safarbar qilishga chaqirdi.

«O'zbekiston – Falastinning xalqaro me'yorlarga muvofiq o'z mustaqil davlatini barpo etish huquqini qo'llab-quvvatlaydi. Mojaroni faqatgina ikki davlat – ikki xalq uchun tamoyili asosida hal etish mumkinligini hayotning o'zi isbotlamoqda.

Zo'ravonlik yanada avj olaversa, bu xalqaro vaziyat keng miqyosda izdan chiqishiga, qurolli to'qnashuvlarga yangi kuchlar tortilishiga sabab bo'lishi muqarrar. Bularning barchasi Yaqin Sharq mintaqalari bilan cheklanmaydigan, oqibatini bashorat qilib bo'lmaydigan fojialarga olib kelishi mumkin.

Eng xavflisi, ushbu mojaro ortidan aslo yo'l qo'yib bo'lmaydigan – dinlar, tsivilizatsiyalar o'rtasidagi mojaro kelib chiqishi mumkin. Aynan shuning uchun ham biz tomonlarni gumanitar masalalarda murosaga kelishga, jangovar harakatlarni to'xtatishga va nizoni diplomatik yo'l bilan hal etishga chaqiramiz. O'zbekiston bu boradagi harakatlarni qo'llab-quvvatlaydi», degan O'zbekiston hukumati rahbari Saudiya Arabistonidagi sammitda.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qariyani ovora qilibsan-ku

14.07.2025   192   3 min.
Qariyani ovora qilibsan-ku

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Nihoyat, Makka fath bo‘ldi. Bir paytlar g‘ordan vahiy dahshatidan titrab-qaltirab yolg‘iz tushib kelgan bir nafargina Inson butun bir ummatga aylandi.

Tun zulmatida Quraysh o‘ldirishga qasd qilgan Inson Makkadan sodiq do‘sti bilan Madina tomon chiqib, bir necha yildan so‘ng Makkaning to‘rt darvozasidan kuppa-kunduz kuni g‘olib bo‘lib kirib keldi! Kuraysh esa, o‘sha kuni o‘zlaridan qasos olinishini kutib, u zotning oldida bosh egib o‘tirardi. Ularni nima qildi deb o‘ylaysiz?

U kishini yolg‘onchiga chiqarganlarni, aziyat berganlarni, Ka’ba atrofida sajda qilayotganida ustiga tuyaning eshini (ya’ni, ko‘p kitoblarda " سَلَى جَزُور"ni tuyaning ichak-chavog‘i deb yozishadi. Ustoz Abdul Azim Ziyouddin domla «Nurul yaqiyn» kitoblarida yozgan izohda bunday tushuntirganlar: «Imom Buxoriy rivoyatida سَلَى جَزُور va Muslim rivoyatida سَلَى جَزُور, ya’ni «tuyaning qog‘onog‘ini» deyilgan. Qog‘onoq — homilani o‘rab turuvchi shilliq parda, yo‘ldosh.) ag‘darganlarni, Abu Tolib darasida qamal qilganlarni, u kishini yolg‘onchi, sehrgar, majnun deb ayblaganlarni, so‘ngra u kishini o‘ldirish uchun har bir qabiladan bittadan kishi tanlab, u kishining qoni barchaga tarqalishi uchun birgalikda o‘ldirmoqchi bo‘lganlarni nima qildi deb o‘ylaysiz?

U zot sollallohu alayhi vasallam ulardan qasos olmadilar. Balki ularga: «Boraveringlar, sizlar ozodsizlar!» dedilar!

Abu Bakr roziyallohu anhu uyiga borib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilishlari va islomga kirishi uchun qartayib qolgan, oyoqlarini ko‘tarishga ham majoli yo‘q otasi Abu Quhofani olib keldi. U hali-hamon iymon keltirmagan edi. Uni ko‘rgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qariyani ovora qilibsan-ku, uni uyida qoldirsang bo‘lmasmidi, biz o‘zimiz uning oldiga borar edik», dedilar.

Abu Bakr roziyallohu anhu aytdi: «Yo Allohning Rasuli! Sizning borishingizdan ko‘ra otam kelishi to‘g‘riroqdir».

Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni o‘tirishga taklif qildilar. Uning ko‘ksini siladilar va: «Musulmon bo‘l», dedilar. Abu Quhofa iymon keltirdi. Abu Bakr roziyallohu anhu yig‘ladi. Qo‘lida ko‘p sahobalar islomga kirgan, ko‘p buyuklar iymonga kirgan buyuk sahobaning otasi endi Islomga kirdi...

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odoblariga qarang! U kishi yoshi bir joyga borib qolgan qariyaning huzurlariga kelishini noo‘rin bildilar. O‘zlari uning oldiga borishga tayyor ekanliklarini aytdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimo yoshi kattalarga shafqatli edilar. Doimo: «Sochlari oqargan musulmonni ikrom qilish Allohni ulug‘lashdandir!» der edilar.

Bir qariya Nabiy sollallohu alayhi vasallamni qidirib keldi. Sahobalar unga yo‘l berishmadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga: «Kichigimizga rahm qilmagan, kattamizni hurmat qilmaganlar bizdan emas!» dedilar.

Qariyalarga xuddi otamiz yoki bobomiz kabi muomalada bo‘lishimiz lozim. Onaxonlarga esa onamiz yoki buvimiz kabi muomalada bo‘lishimiz kerak. Inson qariganda o‘zining zaifligi, bemorligi va ojizligiga qarab qachonlardir yosh bo‘lganini, kuchli bo‘lgan paytlarini eslaydi, eziladi. Garchi boshqalarga ko‘rsatmasa-da, qalbida siniqlikni his qiladi. Bu siniqlikka faqatgina atrofdagilar beradigan e’tibor va hurmatgina davo bo‘la oladi! Ko‘ngil olish ibodatdir!


«Nabaviy tarbiya» kitobi asosida tayyorlandi

Maqolalar