Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2025   |   1 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
26 Iyun, 2025, 1 Muharram, 1447

Muftiy hazratlari “Domla Kamoliddin Oxun” masjidining yangi binosini namozxonlarga ochib berdilar

11.04.2021   4300   3 min.
Muftiy hazratlari “Domla Kamoliddin Oxun” masjidining yangi binosini namozxonlarga ochib berdilar

Bugun, 11 aprel' kuni Samarqand viloyati Qo'shrabot tumani “Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidining ochilish marosimi o'tkazildi. Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiliklarida diniy idora ish boshqaruvchisi Rustam hoji Jamilov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, taniqli ulamolar, mo'ysafid otaxonlar, viloyat mutasaddilari, masjid jamoasi va uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar ishtirok etdi. 

Muftiy hazratlari boshchiligidagi mehmonlar dastlab “Domla Kamoliddin Oxun” maqbarasini ziyorat qilishdi. Qur'oni karim oyatlari tilovati o'qilib, xayrli duolar qilindi.

Shundan so'ng “Domla Kamoliddin Oxun” masjid va majmuasining   ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Muftiy hazratlari mo'min-musulmonlarni masjidning yangi binosi va Ramazoni sharif bilan muborakbod etdilar. Yurtimizda diniy-ma'rifiy sohadagi islohotlar,  Ramazon oyining fazilatlaridan bahramand bo'lish lozimligi, bunda taroveh namozlarda tartib-qoidalarga amal qilish haqida ma'ruza qildilar.

“Domla Kamoliddin Oxun” jome masjidi 1990 yillar hashar yo'li bilan qurilgan bo'lib, 2020-2021 yillar davomida zamonaviy loyiha asosida hashar yo'li bilan qayta qurildi, deydi masjid imom-xatibi Nabijon domla Jangirov. – Masjidning umumiy er maydoni bir gektardan oshiq. Masjid yangi binosining qurilishi 2020 yil 14 iyunda boshlanib, 2021 yil 20 mart oyida yakunlandi. Honaqoh va ayvoni hududi 21×18 ni tashkil etadi. Balandligi 17 metr, aylanasi 7,5 metr bo'lgan gumbaz jomega o'zgacha husn berib turibdi. 15 kishilik erkaklar tahoratxona (ayollar uchun ham alohida) da barcha sharoitlar yaratilgan. avtoturargoh ham bor. Masjid “Shova”, “Navkar”, “Qovunchi” mahallalariga xizmat qiladi. Honaqohning o'ziga 450 kishi, hovlisiga 1000 mingga yaqin sig'adi. Masjid Qo'shrabot tumanidagi eng katta masjid hisoblanadi.

Muftiy hazratlari ushbu fayzli majmua va masjid Qiyomatga qadar mo'min-musulmonlarga xizmat qilishini Haq taboraka va taolodan duo qilib so'radilar.

O'zbekiston musulmonlari matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Namozda qo‘lni bog‘lash

26.06.2025   646   1 min.
Namozda qo‘lni bog‘lash

Hanafiy mazhabimizga ko‘ra, takbiri tahrima bilan namozga kirishda o‘ng qo‘lni chap qo‘l ustiga qo‘yib, qo‘llarini bog‘laydi va kindik ostiga qo‘yadi. Bu amalni ulamolarimiz sunnat deganlar. 

Alqama ibn Voil otalari Voil ibn Hujrdan rivoyat qiladi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam namozda o‘ng qo‘llarini chap qo‘llari ustiga qo‘yib, kindik ostiga qo‘yganlarini ko‘rdim”. 

Abu Juhayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Ali roziyallohu anhu aytadilar: “Namozda qo‘lni qo‘lning ustiga qo‘yib, kindik ostiga qo‘yish – sunnatdir” (Imom Abu Dovud rivoyati).

@AhliSunnaValJamoaUz

INFOGRAFIKA