Habar berganimizdek, bugun, 10 aprel' kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “Ho'ja Ziyovuddin” jome masjidining ochilish marosimi o'tkazilmoqda.
Tadbirda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ishtirok etmoqdalar. Muftiy hazratlariga Diniy idora ishboshqaruvchisi Rustam hoji Jamilov va viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov hamroxlik qilishmoqda.
Tadbir tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, mag‘firat qilinadi», dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim juma kechasi "Ho mim" – "Duxon" surasini o‘qisa, yetmish ming farishta tonggacha uning haqqiga istig‘for aytib chiqadi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kechasi yoki juma kuni "Ho mim" – "Duxon"ni qiroat qilsa, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», dedilar.