Bugun, 10 aprel' kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “Ho'ja Ziyovuddin” jome masjidi mo'min-musulmonlarga foydalanish uchun topshiriladi.
Marosimda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari boshchiligidagi ulamolar, Respublika va viloyat mutasaddi vakillari va namozxonlar ishtirok etadi.
Tadbir tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati