Joriy yilning 8 aprel' kuni “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabalari ishtirokida O'zbekiston musulmonlari idorasi ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi mudiri S.Sherxonov, mudir o'rinbosari A.Do'smatov va Toshkent islom instituti o'quv va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori U.Hodjayevlar bilan ochiq suhbat o'tkazildi.
Suhbat davomida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohatlar, ta'lim jarayonidagi o'zgarish va yangiliklar muhokama qilinib, talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga O'zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi mudiri S.Sherxonov tamonidan batafsil javob berildi. Shuningdek, mudir o'rinbosari A.Do'smatov tomonidan talabalarga ta'lim olish jarayonida zarur bo'ladigan ko'rsatma va tavsiyalar berib, ilm olish fazilatlari haqida o'zining maslahatlari bilan o'rtoqlashdi.
Shundan so'ng Toshkent islom instituti prorektori U.Hodjayev so'zga chiqib o'quv jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish to'g'risida o'zining fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.
Bilim yurti ma'naviyat va ma'rifat ishlari
bӯyicha direktor ӯrinbosari
A.Yerejepov
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Insonlarning Allohga eng sevimlisi - ularga eng ko‘p foyda keltiruvchisidir”.
Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh aytdilar: “Haqiqiy inson o‘zgalarga shodlikda ham, qiyinchilikda ham vafo ila mudom yordam berganidir.
Insonlar orasida eng karamlisi – boshqalarning ehtiyojlarini qondirgan kishidir.
Ehson qo‘lini hojatmand kimsadan uzma. Zero, ma’lumdirki, kim insonlarning ehtiyojini qondirishda davom etsa, kunlar uning sharafini qayta-qayta tasdiqlaydi. Allohning senga bergan ushbu fazliga shukr qil. Zero, seni o‘zgalar uchun hojatbaror qildi, seni o‘zgalarga muhtoj etmadi.
Ko‘pchilik odamlar o‘tdilar, ammo ularning fazilatlari halizamon barhayot, yana kimlardir hayot, ammo ular odamlar orasida go‘yoki o‘lik kabi”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV