Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Yanvar, 2025   |   12 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:34
Shom
17:18
Xufton
18:37
Bismillah
12 Yanvar, 2025, 12 Rajab, 1446

“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o'rta maxsus islom bilim yurtida soha vakillari bilan ochiq muloqot o'tkazildi  

9.04.2021   1402   1 min.
“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o'rta maxsus islom bilim yurtida soha vakillari bilan ochiq  muloqot o'tkazildi   

Joriy yilning 8 aprel' kuni “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabalari ishtirokida O'zbekiston musulmonlari idorasi ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi mudiri S.Sherxonov, mudir o'rinbosari A.Do'smatov va Toshkent islom instituti o'quv va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori U.Hodjayevlar bilan ochiq suhbat o'tkazildi.

Suhbat davomida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohatlar, ta'lim jarayonidagi o'zgarish va yangiliklar muhokama qilinib, talabalar tomonidan berilgan barcha  savollarga O'zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi mudiri S.Sherxonov tamonidan batafsil javob berildi. Shuningdek, mudir o'rinbosari A.Do'smatov tomonidan talabalarga ta'lim olish jarayonida zarur bo'ladigan ko'rsatma va tavsiyalar berib, ilm olish fazilatlari haqida o'zining maslahatlari bilan o'rtoqlashdi.

Shundan so'ng Toshkent islom instituti prorektori U.Hodjayev so'zga chiqib o'quv jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarni  yanada takomillashtirish to'g'risida o'zining fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

 

 

Bilim yurti ma'naviyat va ma'rifat ishlari

bӯyicha direktor ӯrinbosari

A.Yerejepov

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Farzand tarbiyasiga oid 6 oyat

9.01.2025   4917   2 min.
Farzand tarbiyasiga oid 6 oyat

Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘illariga qilgan nasihatlari Qur’oni karimda keltiriladi.


Nasihatning eng birinchisi – shikrdan qaytarish.

“Ey, o‘g‘ilcham! Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk ulkan zulmdir” (Luqmon surasi, 13-oyat).

Shirk eng og‘ir zulm, eng qabih jaholat va eng katta gunoh sanaladi.


Nasihatning ikkinchisi – ota-onaning haqqini ado etish.

“Agar ular (ya’ni ota-onang) seni o‘zing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga zo‘rlasalar, u holda ularga itoat etma! Ularga (garchi kofir bo‘lsalarda) dunyoda yaxshi muomalada bo‘lgin” (Luqmon surasi, 15-oyat).

Ota-ona hatto mushrik bo‘lsalar-da, ularga qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik talab etiladi.


Nasihatning uchinchisi – Alloh oshkor maxfiy har bir narsa bilib turuvchi Zot.

“Ey, o‘g‘ilcham! Shubha yo‘qki, agar xantal (o‘simligining) urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal qilinadigan) bo‘lsa, bas, u (amal) biror xarsang tosh ichida yo osmonlarda yoki yer ostida bo‘lsa, o‘shani ham Alloh keltirur. Zero, Alloh lutfli va ogoh zotdir” (Luqmon surasi, 16-oyat).


Nasihatning to‘rtinchisi – namoz, amri ma’ruf, nahyi munkar va sabr.

“Ey, o‘g‘ilcham! Namozni barkamol ado et, yaxshilikka buyur va yomonlikdan qaytar hamda o‘zingga yetgan (balolar)ga sabr qil!...” (Luqmon surasi, 17-oyat).


Nasihatning beshinchisi – ochiq yuzli, shirin so‘zli, tavoze’li bo‘lish, kibrlanmaslik.

“Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib yurmagin! Chunki Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas” (Luqmon surasi, 18-oyat).


Nasihatning oltinchisi – baqir-chaqir qilmaslik.

(Yurganingda) o‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin! Chunki ovozlarning eng yoqimsizi eshaklar ovozidir(Luqmon surasi, 19-oyat).

 

Davron NURMUHAMMAD