“Katara” madaniyat muassasasi “Quroni karimni o'z ovozing bilan ziynatla” shiori ostida o'tkazilayotgan IV Halqaro Qur'oni karim musobaqasining yakuniy saralash bosqichida qatnashish huquqini 2004 nafar qori ichidan 100 nafari qo'lga kiritganini ma'lum qildi.
IV Halqaro Qur'oni karim musobaqasining yakuniy saralash tanlovi Ramazon oyida Doxa shahrining Islom olamidagi madaniyat poytaxti maqomiga sazovor bo'lgani munosabati bilan tashkil etiladigan tantanalar bilan bir vaqtda o'tkaziladi.
“Katara” madaniyat muassasasi Bosh direktori Holid bin Ibrohim al-Sulaiti bunday dedi: “Qur'oni karimni yoddan o'qib berish bo'yicha “Katara” mukofoti tashkil etilgan 2017 yildan boshlab 4 yil ichida Islom dunyosida katta qiziqish uyg'otmoqda. Mukofot hay'ati to'rtinchi davrada qatnashish uchun 62 davlatga taklifnomalar jo'natgan.
Ma'lumot uchun: nomzodlar 2019 yil 1 oktyabrdan 2020 yil 31 yanvargacha o'zaro raqobatlashdi, unda 14 ta arab davlatidan 70 nafar va 20 ta xorij davlatidan 30 nafar, jami 100 nafar ishtirokchi yakuniy saralash musobaqasida qatnashadi.
“Katara” mukofoti hay'ati musobaqadagi bo'lajak g'oliblar uchun bir yarim million riyal (412 ming dollor) ajratdi. Unga ko'ra birinchi o'rin 500 ming riyal (137 ming dollor), ikkinchi o'rin 400 ming riyal (110 ming dollor), uchinchi o'rin 300 ming riyal (82 ming dollor), to'rtinchi o'rin 200 ming riyol (55 ming dollor) va beshinchi o'rin sohibi esa 100 ming rial (27 ming dollor) miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo'ladi.
O'zbekiston musulmonlari idora
Halqaro aloqalar bo'limi
Bugun, 16 may kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Tayloq tumanidagi “O‘rta” masjidga bordi. Domla juma namozidan oldin “Kamtarga kamol, manmanga zavol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ma’ruza qildi.
Ma’ruzada insonning ichki kamolotga erishishida kamtarlikning naqadar muhim ekani, manmanlik va kibr kabi xulqlarning inson va jamiyat uchun keltirishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Islom axloq-odobining oliy qoidalari, nafsni tarbiyalash, jamiyatda o‘zaro hurmat va insofni qaror toptirish kabi mavzular keng yoritildi.
Juma namozini o‘qish asnosida yurt tinchligi, el-yurt farovonligini so‘rab duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati