Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

KIMLAR RO'ZA TUTMASLIGI MUMKIN?

07.04.2021   3952   1 min.
KIMLAR RO'ZA TUTMASLIGI MUMKIN?

Bismillahir Rohmanir Rohim.
Kasal yoki musofir kishilar, homilador yoki emizikli ayollar, ro'za tuta olmaydigan qariyalarga ro'za tutmaslikka ruxsat berilgan. Qur'oni karimda: “Bas, sizlardan kimki bemor yoki safarda bo'lsa, sanog'i boshqa kunlardandir. Madori etmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir...”, deyilgan (Baqara surasi 184-oyat).

Ro'za tutsa, kasalligi ziyoda bo'lishidan qo'rqqan bemor, ro'za tutmaydi. Safardagi kishiga ro'zasi zarar qilmasa, ro'za tutgani afzal. Lekin ro'za tutmasa ham uzrli hisoblanadi, gunohkor bo'lmaydi.

O'zi yoki bola (homila)siga zarar etishidan qo'rqqan emizikli yoki homilador ayol ham, ro'za tutmaydi. Ro'za o'ziga yoki bolasiga zarar qilmaydigan emizikli va homilador ayollar, albatta, ro'zani qoldirmay tutadilar. Yuqorida sanalgan uzrli kishilarning barchasi Ramazondan keyin imkon bo'lishi bilan qolib ketgan kunlarning ro'zasini tutib beradilar.

Ro'za tuta olmaydigan qariyalar fidya, ya'ni, Ramazonning har kuniga bir miskinga bir kunlik taom yoki uning qiymatini beradilar. Ro'za tuta oladigan qariyalar odatdagidek ro'za tutaveradilar.

Hayz va nifos ko'rgan ayollar ham uzrli kunlarida ro'za tutmaydilar. Pok bo'lishlari bilan ro'zani tutib boshlaydilar. Qolib ketgan kunlarni Ramazondan keyin tutishadi. (“Hidoya”, “Ixtiyor”, “Fathu bobil inoya” kitoblari).
Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay'ati

RAMAZON-2021
Boshqa maqolalar

Imom Abu Hanifa ko‘rishgan sahobalar

14.07.2025   2458   1 min.
Imom Abu Hanifa ko‘rishgan sahobalar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Haqiqatda, imom Abu Hanifa Rasuli Mustafoga ergashgan sahobalaridan ba’zilarini ko‘rgan, uning ko‘rgani sahihdir va bu guruhning soni yetti nafardir va shu sabab sharafdir. 
Anas, Jobir, Ma’qal ibn Yasor shuningdek, Vosila ibn Asqo’ – vafo egasi. Shuningdek, Abdulloh ibn Unays, u ibn Jaz’i deb  ham tanilgan. Oisha bilan yakunlayman, udir binti Ajrad. Ular asrlarning eng yaxshisidan, poklik egalaridan edilar

Sharq muftiysi, Burhonuddin Ibrohim ibn Hasan Mulla Ahsoiy yozgan.

Izoh: Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh tobeinlardan hisoblanadilar. U zot: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning as’hoblaridan yettitalari bilan ko‘rishdim. Ular: Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Jaz’i Zubaydiy. Jobir ibn Abdulloh, Ma’qal ibn Yasor, Vosila ibn Asqo’, Oisha binti Umar va Abdulloh ibn Unaysdir”, deganlar.