O'zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Madina islom universitetida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Muloqot chog'ida mamlakatimizda bo'layotgan islohotlar haqida batafsil so'zlab berildi. Hususan, diniy sohadagi erkinlik va shaffoflik, bag'rikenglik tamoyillariga asoslangan davlatimiz siyosatiga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga Bosh konsulxona taqdim etayotgan xizmatlar ko'lami kengaygani, xususan, xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirib berish imkoniyati mavjudligi haqida qamrovli ma'lumot etkazildi.
Suhbat nihoyasida talabalarni qiziqtirgan masalalar bo'yicha savol-javob o'tkazilib, konsullik-huquqiy xizmatlar ko'rsatildi.
O'zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV