So'nggi kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali "Saudiya Arabistoni Ramazon oyida COVID-19 ga qarshi emlangan ziyoratchilarga haj safari uchun ruxsat beradi" kabi mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.
Avval xabar berilganidek, hozirda Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi sababli qat'iy karantin cheklovlari joriy etilgan.
Shu o'rinda, Haj va Umra tadbirlari borasidagi yangiliklar hamda tashkiliy ishlar masalasida Din ishlari bo'yicha qo'mita Saudiya Arabistoni rasmiylari hamda Haj va Umra ishlari bo'yicha Attashe bilan muntazam aloqa o'rnatgan.
Shundan kelib chiqib, quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Aslida, 2021 yil RAMAZON oyida Umra qilish, namoz o'qish va ziyoratga kelish uchun ruxsatnoma olish tartibi va sog'liqqa qo'yiladigan talablar e'lon qilingan, unga ko'ra, vaktsinatsiya qilingan va to'liq immunitetga ega bo'lgan fuqarolar mazkur amallarni bajarish uchun Baytullohga kirishlari mumkin;
Mazkur cheklovlar Ramazon mavsumiga taalluqlidir.
Eslatib o'tamiz, Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish bo'yicha Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan hozirga qadar hech qanday rasmiy qaror e'lon qilinmagan.
Hurmatli yurtdoshlar!
Haj va umra ziyoratlari bilan bog'liq asosli ma'lumotlar Din ishlari bo'yicha qo'mitaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali e'lon qilinadi.
Din ishlari bo'yicha qo'mita
Axborot xizmati
Sloveniya poytaxtidagi Islom madaniyati markazida o‘tkaziladigan ushbu tadbir mamlakatdagi eng muhim islomiy yig‘inlardan biri bo‘lib, turli yoshdagi talabalar, ota-onalar va arabshunoslik bo‘yicha o‘qituvchilarni jalb qildi.
Bu yilgi tanlov «Qur’on va sunnatda musulmonning axloqi» mavzusidagi sakkizta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazildi. Ishtirokchilar Qur’oni Karimning ma’lum suralarini yod olish, siyrat va sahobalar hayoti, Islom arkonlari va odob-axloqi bo‘yicha bellashdilar.
Tadbir har yili Sloveniyadagi Islom hamjamiyati tomonidan o‘tkaziladi, unda mamlakat bo‘ylab 18 ta Qur’on o‘rganish markazlari ishtirok etadi. Bu markazlarda har hafta Qur’on yod olish, Nabiy alayhissalom siyratlari va axloqiy ta’limotlar bo‘yicha darslar o‘tkaziladi.
#yangilik
@quranuz_kanali