بسم الله الرحمن الرحيم
اَلْحَمْدُ للهِ وَكَفَى، وَالصَّلاَةُ وَالسَّلاَمُ عَلَى رَسُولِهِ الْمُصْطَفَى، وَعَلَى آلِهِ وَصَحْبِهِ أجْمَعِينَ، أَمَّا بَعْدُ.
RAMAZON OYI FAZILATLARI
Hurmatli jamoat! Diyorimizga oylarning sultoni, mehr-shafqat saxovat ramzi bo'lgan, Qur'oni karim nozil bo'lgan, fazilati jihatidan boshqa oylardan afzal mohi Ramazon tashrif buyurib kelmoqda. Alloh taolo barchamizga ushbu oyni muborak qilib, O'zi rozi bo'ladigan ko'plab ibodatlarni bajarishimizga muvaffaq aylasin!
Ro'za arab tilida “savm” deb atalib, lug'atda “bir narsadan o'zini tiymoqlik”ni bildiradi. Istilohda esa “tongdan shomgacha ro'zani niyat qilib, uni ochuvchi barcha narsalardan o'zini tiyish”dir.
Ramazon ro'zasi hijratning ikkinchi sanasida farz qilingan. Alloh taolo Ramazon ro'zasining hukm va hikmatlarini Qur'oni karimda batafsil bayon qilib bergan:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
(سورة البقرة/183).
ya'ni: “Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro'za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo'lsangiz” (Baqara surasi, 183-oyat).
Dinimizda oylarning o'ziga yarasha fazilatlari zikr qilingan bo'lib, Ramazon oyi ular ichida alohida ajralib turadi. Quyidagi hadisi sharifda shu fazilatlarga ishora qilinadi:
عَنْ سَلْمَانَ الْفَارِسِيِّ قَالَ خَطَبَنَا رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم آخِرَ يَوْمٍ مِنْ شَعْبَانَ فَقَالَ : "يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ أَظَلَّكُمْ شَهْرٌ عَظِيمٌ شَهْرٌ مُبَارَكٌ شَهْرٌ فِيهِ لَيْلَةٌ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ جعل اللَّهُ صِيَامَهُ فريضة وَ قِيَامَ لَيْلِهِ تَطَوُّعًا مَنْ تَقرب فِيهِ بِخِصْلَةٍ من خصال الْخَيْرِ كَانَ كَمَنْ أَدَّى فَرِيضَةً فِيمَا سِوَاهُ وَمَنْ أَدَّى فَرِيضَةً فِيهِ كَانَ كَمَنْ أَدَّى سَبْعِينَ فَرِيضَةً فِيمَا سِوَاهُ وَهُوَ شَهْرُ الصَّبْرِ وَالصَّبْرُ ثَوَابُهُ الْجَنَّةُ وَشَهْرُ الْمُوَاسَاةِ وَشَهْرٌ يُزَادُ فِيهِ رِزْقُ الْمُؤْمِنِ مَنْ فَطَّرَ فِيهِ صَائِمًا كَانَ لَهُ مَغْفِرَة لِذُنُوبِهِ وعِتْقُ رَقَبَته من النار وَكَانَ لَهُ مِثْلَ أجْرِهِ مِنْ غَيْرِ أَنْ يَنْتَقِصَ مِنْ أجْرِهِ شَيْءٌ" قلنا: يَا رَسُولَ اللهِ لَيْسَ كُلُّنَا نجِدُ مَا نُفطرُ به الصَّائِمَ قَالَ: "يُعْطِي اللَّهُ هَذَا الثَّوَابَ مَنْ فَطَّرَ صَائِمًا عَلَى مَذْقَةِ لَبَنٍ أَوْ تَمْرَةٍ أَوْ شَرْبَةِ من مَاءٍ وَمَنْ أَشْبَعَ صَائِمًا سَقَاهُ اللَّهُ مِنْ حَوْضِي شَرْبَةً لاَ يَظْمَأُ حَتَّى يَدْخُلَ الْجَنَّةَ وَهُوَ شَهْرٌ أَوَّلُهُ رَحْمَةٌ وَأَوْسَطُهُ مَغْفِرَةٌ وَآخِرُهُ عِتْقٌ مِنَ النَّارِ وَمَنْ خَفَّفَ عَنْ مَمْلُوكِهِ فِيهِ غفر الله له وأَعْتَقَهُ مِنَ النَّارِ"
(أخرجه الإمام البيهقي والإمام ابن خزيمة)
ya'ni: Salmon Forsiy raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Sha'bon oyi oxirida bizlarga xutba o'qidilar: “Ey insonlar! Ulug', muborak oy sizlarga soya solib turibdi. Bu oyda ming oydan ko'ra yaxshiroq bir kecha bor. Alloh taolo bu oyning ro'zasini farz qildi, kechasi bedor bo'lishni nafl qildi. Kim unda biror bir yaxshilik ila Allohga yaqinlik hosil qilsa, xuddi boshqa oylarda farzni ado qilganga o'xshaydi. Kim unda bir farz amalni ado etsa (boshqa oylarda) etmishta farzni ado qilgandek bo'ladi. Bu oy sabr oyidir. Sabrning savobi jannatdir. Bu oy o'zgalarga mehr-muruvvat ko'rsatish oyidir. Bu oyda mo'min kishining rizqi ziyodalashadi. Kim biror ro'zadorga iftorlik qilib bersa, bu uning gunohlariga mag'firat va jahannamdan ozod bo'lishiga sabab bo'ladi. Hamda iftorlik qilib berganga ham ro'zadorning ajridan biror narsa kamaytirilmagan holda, o'shancha ajr bo'ladi”, dedilar. Shunda biz: “Ey, Rasululloh, har birimiz ro'zadorni taomlantiradigan narsa topa olmaymiz-ku”, – dedik. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo bu savobni ro'zadorga bir yutum sut yo bir dona xurmo yo bir qultum suv bilan iftorlik qilib bergan kishiga ham beradi, kim ro'zadorni to'ydirsa, bu uning gunohlariga kafforat bo'ladi va Alloh taolo uni mening havzimdan sug'oradiki, undan keyin to jannatga kirguniga qadar chanqamaydi. Bu oyning avvali rahmat, o'rtasi mag'firat, oxiri jahannamdan ozod bo'lishdir. Kim ramazon oyida qo'l ostidagi (xizmatchisi)gaengillik qilsa, Alloh taolo uni mag'firat qiladi va uni do'zaxdan ozod qiladi”, dedilar (Imom Bayhaqiy va ibn Huzayma rivoyat qilgan).
Bu oyning bir qancha fazilatlari borki, uni o'zga oylardan ustun qiladi:
Bu haqda Alloh taolo shunday deydi:
شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآَنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ
ya'ni: “Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to'g'ri yo'l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir....” (Baqara surasi 185-oyat).
Qur'oni karimning boshqa o'rinlarida Qur'on nozil bo'lgan kecha haqida aytiladi:
إِنَّا أَنـزلْنَاهُ فِي لَيْلَةٍ مُبَارَكَةٍ
ya'ni: “Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Darhaqiqat, Biz ogohlantiruvchidirmiz” (Duxon surasi 3-oyat).
إِنَّا أَنْزَلْنَاهُ فِي لَيْلَةِ الْقَدْرِ
ya'ni: “Albatta, Biz uni (Qur'onni «Lavhul-mahfuz»dan birinchi osmonga) Qadr kechasida nozil qildik” (Qadr surasi 1-oyat).
Qur'oni karim 23 yil davomida tarqoq holda nozil bo'lgan bo'lsada, mazkur oyatlarda bir kechada nozil qilingani xabari berilmoqda. Buni mufassirlar Lavhul mahfuzdan dunyo osmoniga bir jumla qilib tushirilishi bilan izohlaydilar.
مَنْ قَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ)
رواه الامام البخاري عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه)
ya'ni:“Kim imon bilan, savob umidida Ramazon kechalari qoim bo'lsa, uning o'tgan gunohlari kechiriladi” (Imom Buxoriy rivoyatlari).
مَنْ صَامَ رَمَضَانَ إيمَاناً وَاحْتِسَاباً ، غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ
(متفقٌ عَلَيْهِ عن أَبي هريرة رضي الله عنه).
ya'ni:“Kim Ramazon oyida imon bilan, savob umidida ro'za tutsa, uning o'tgan gunohlari kechiriladi” (Muttafaqun alayh).
Boshqa hadisi sharifda aytiladi:
إِذَا جَاءَ رَمَضَانُ فُتِّحَتْ أبوابُ الرَّحْمَةِ ، وَ غُلِّقَتْ أَبْوَابُ جَهَنَّمَ ، وَسُلْسِلَتِ الشَّيَاطِينُ
(متفقٌ عَلَيْهِ)
ya'ni: “Ramazon kelganda, Rahmat eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi” (Muttafaqun alayh).
"كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَجْوَدَ النَّاسِ وَكَانَ أَجْوَدُ مَا يَكُونُ فِي رَمَضَانَ حِينَ يَلْقَاهُ جِبْرِيلُ وَكَانَ يَلْقَاهُ فِي كُلِّ لَيْلَةٍ مِنْ رَمَضَانَ فَيُدَارِسُهُ الْقُرْآنَ"
(متفقٌ عَلَيْهِ عن ابن عباس رضي الله عنهما)
ya'ni: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam odamlarning saxiysi edilar. Ayniqsa, Ramazon oyida Jabroil alayhissalom bilan uchrashganlarida yanayam saxiy bo'lib ketardilar. Ramazonning har kechasida Jabroil alayhissalom bilan uchrashardilar va Qur'on o'qib berardilar” (Muttafaqun alayh).
إِذَا سَأَلَكَ عِبَادِي عَنِّي فَإِنِّي قَرِيبٌ ۖ أُجِيبُ دَعْوَةَ الدَّاعِ إِذَا دَعَانِ ۖ فَلْيَسْتَجِيبُوا لِي وَلْيُؤْمِنُوا بِي لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ
ya'ni: “Sizdan (ey, Muhammad!) bandalarim Mening haqimda so'rasalar, (ayting) Men ularga yaqinman. Menga iltijo qiluvchining duosini ijobat eturman. Bas, ular ham Meni (da'vatlarimni) ijobat (qabul) etib, Menga imon keltirsinlar, shoyad (shunda) to'g'ri yo'lga tushib ketsalar” (Baqara surasi 186-oyat).
Oyatda mo'minlar uchun ulkan bashorat bordir. U ham bo'lsa – duo va iltijo qiluvchilarning so'rovlarini ato etishga berilgan ilohiy va'dadir.
Ramazon oyida qilinishi kerak bo'lgan yana bir muhim ishlardan biri – kishi nafsini chiroyli xulqlar bilan bezashga, ularga odatlanishga harakat qilishi lozim. Natijada Ramazon oyida hosil qilingan yaxshi ko'nikmalar: taqvo, ixlos, sabr, shukr, qanoat, saxiylik, mehribonlik yil davomida bizga hamroh bo'ladi.
Hurmatli jamoat! Muborak ramazon oyi kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu munosabat bilan ko'pchilikda ro'zaga doir savollar paydo bo'ladi. Hususan shu kunlarda ko'pchilik mo'min-musulmonlarimiz tomonidan tez-tez takrorlanayotgan savollarga O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'atining qisqacha javoblari bilan tanishib chiqishsak, har birimiz uchun foydali ilm bo'lib, dunyo va oxiratimiz uchun manfaatli bo'ladi, inshaAlloh.
Javob: Shak kuni – Sha'bonni 30 kunimi yoki Ramazonni birinchi kunimi, deb shak qilingan kundir. Shak kuni nafl ro'za tutish odatda tutiladigan ro'zasiga to'g'ri kelib qolganlar uchun afzaldir. Masalan, bir kishi har dushanba kuni ro'za tutar edi, shak kuni ham dushanba kuniga to'g'ri kelmoqda. Mana shu kishini shak kunida ro'za tutishi afzaldir. Shak kunida boshqa ro'zani niyat qilmasdan, faqat nafl ro'za tutishni niyat qilib ro'za tutish joizdir (“Fathu bobil inoya”)
Javob: Ramazonda saharlikdan uxlab qolgan odam, o'yg'ongach oz bo'lsa ham biror narsa eb-ichib, ro'zani niyat qilaman desa, niyati ham o'sha kuni tutadigan ro'zasi ham to'g'ri bo'lmaydi. Ramazon oyida saharlikka uxlab qolgan odam, uyqudan turgach, ro'zani buzadigan (ya'ni, eb-ichish, er-xotinlik aloqasi kabi) ishlarni qilmasdan, shu kungi ro'zani tutishni niyat qiladi. Bunday niyatni toki quyosh tikkaga kelishidan biroz oldinroqqacha qilish mumkin.
Javob: Ro'zador so'lagi (tufugi)ni yutishi bilan ro'za ochilmaydi. Lekin tufukni qasddan og'izda yig'ib, yutishdan iloji boricha saqlanish kerak bo'ladi. Odatdagi holatda esa so'lakni ichga o'tishi makruh emas.
Javob: Spreyning gazli (havoli)sidan foydalanilsa yoki burunni chetiga hidi dimog'ni ochadigan maz surtilsa, ro'zani buzmaydi. Spreyning suv puflaydigani ro'zani ochishi mumkin. Ro'zador kishi tomog'iga spirt surtish joiz. Uni ro'zaga zarari yo'q.
Alloh taolo kerib kelayotgan Ramazon oyini hammamizga muborak qilsin! Ushbu muborak oy sababidan yurtimizni tinch, xalqimizni farovon aylasin! Turli kasalliklar va ofatlardan o'z panohida asrasin! Omin!
Muhtaram imom-domla!Kelasi juma ma'ruzasi “Ro'za - dinning arkoni” haqida bo'ladi, inshaalloh.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rukudan avval va rukudan keyin qo‘llar otning dumiga o‘xshab ko‘tarilmaydi. Hanafiy va Molikiy mazhabi ulamolari namozda rukudan avval va rukudan keyin yoki uchinchi rakatning qiyomiga turganda qo‘l ko‘tarilmasligini aytadilar. Bu so‘zlariga quyidagi hadisni dalil qiladilar. Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizning oldimizga chiqib: «Nimaga sizlarni ikki qo‘llaringizni qaysar otning dumiga o‘xshab ko‘tarayotganingizni ko‘ryapman?! Namozda sokin turinglar» dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Asvaddan rivoyat qilinadi: «Umar ibn Xattobning avvalgi takbirda ikki qo‘lini ko‘targanini ko‘rdim. Keyin buni qaytarmadi» Imom Tahoviy rivoyati.
Osim ibn Kulayb otasidan, u Alqamadan rivoyat qiladi: «Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadi: «Sizlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning namozlarini o‘qib beraymi?» deb namoz o‘qidi. Ikki qo‘lini birinchi martada ko‘targandan boshqa ko‘tarmadi».
Sajdaga borganda avval tizza yerga qo‘yiladi. Sajdaga borilayotganda yerga yaqin a’zolar birin-ketin yerga qo‘yiladi, ya’ni avval tizza, keyin qo‘llar va yuz. Sajdadan turayotganda yerdan uzoq a’zolar birinchi ko‘tariladi, ya’ni yuz, qo‘l, tizza. Zaruratsiz yerga tayanib turish makruh. «Fatavoi Hindiya» kitobida bunday deyiladi: «Agar namozxon sajda qilishni xohlasa, avvalo yerga yaqin bo‘lgan a’zoni (yerga) qo‘yadi. Bas (shunday ekan), avval tizzasini, so‘ng ikki qo‘lini, so‘ng burnini, so‘ngra peshonasini yerga qo‘yadi. Sajdadan turganida avval peshonasini, so‘ng burnini, so‘ngra ikki qo‘lini ko‘taradi...».
«Muxtasarul-viqoya» kitobida esa: «(Namoz o‘quvchi) rukudan so‘ng takbir aytadi va sajda qiladi. Sajdaga borish asnosida avval tizzalarini so‘ngra qo‘llarini yerga qo‘yadi, (sajdadan turganida) takbir aytadi va avval boshini so‘ngra ikki qo‘li va tizzalarini yerdan ko‘taradi...», deyilgan.
Voil ibn Hujr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sajda qilganlarida qo‘llaridan avval tizzalarini yerga qo‘yganlarini va sajdadan qaytayotganlarida tizzalaridan avval qo‘llarini yerdan ko‘targanlarini ko‘rdim», deyiladi (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).
Boshqa rivoyatda esa: «Biz hazrat Umar roziyallohu anhuning namozlaridan shuni o‘rgandikki, u kishi ruku qilganlaridan keyin huddi tuya cho‘kkalagandek cho‘kkalar edilar va tizzalarini qo‘llaridan avval yerga qo‘yardilar», deyiladi (Imom Tahoviy Alqama va Asvad roziyallohu anhumodan rivoyat qilganlar).
Bu borada bir qancha hadislar mavjud. Molikiy mazhabidan tashqari barcha mazhab olimlari ushbu hadislarni daqiq o‘rganib, «sajda qilishda avvalo yerga yaqin a’zolar yerga qo‘yiladi va sajdadan turishda esa yerdan uzoq bo‘lgan a’zolar yerdan ko‘tariladi», degan fikrga ittifoq bo‘lganlar. Oyoqlarning barmoqlari qiblaga qaragan holda egilib, avval tizza yerga qo‘yiladi. So‘ngra, burun va peshona qo‘yilib, sajda qilinadi.
Demak, musulmonlarning birligi, ibodatlarning mukammalligi, jamiyatimizning tinchligi uchun yurtimiz musulmonlari bir mazhab – Imom A’zam rahmatullohi alayhning mazhabiga amal qilishlari o‘ta muhim va juda zarurdir. Bu haqda Valiyulloh Dehlaviy rahmatullohi alayh «Al-Insof fiy bayon sabab al-ixtilof»da shunday yozadi: «Agar bir omi odam Hind yoki Movarounnahr diyorida yashasa, u yerda Shofe’iy, Molikiy yoki Hanbaliy mazhablarining birorta olimi ham, shu mazhabga tegishli kitoblar ham bo‘lmasa unga Abu Hanifa mazhabiga ergashish vojib bo‘ladi va bu mazhabdan chiqishi harom bo‘ladi».
P. Yusupov,
Namangan tuman bosh imom-xatibi