AQSh energetika vazirligining Prinston Plazma fizikasi laboratoriyasi (PPPL) olimi Fotima Ibrohimiy bir kun kelib insonlarni Marsga olib chiqa oladigan yangi termoyadro raketasini ixtiro qildi.
Ushbu dvigatel' yordamida Yerdan Marsgacha 55 mln km masofani ikki kundan kam vaqt ichida bosib o'tish mumkin. Ibrohimiyning termoyadro dvigateli kosmik kemani sekundiga 500 kilometrga – soatiga 1,8 million kilometrga tezlashtira oladi.
Mynamaz.ru ma'lumotlarga ko'ra, Ibrohimiy kiritgan yangilik zarralarni ko'chirish uchun elektr maydonlaridan foydalanadigan zamonaviy raketa dvigatellariga qaraganda 10 barobar tezroq Qizil sayyoraga kosmik qahramonlarni etkazib beradi.
"Bu g'oya ilk bor men kemaning ustida o'tirganimda va avtomobilda gaz chiqishi va yuqori tezlikda chiqindi gaz zarralari o'rtasidagi o'xshashliklar haqida o'ylayotganimda 2017 yilda tug'ilgan edi", - olimning so'zlaridan iqtibos keltiradi Dailymail nashri.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Shu yil 11 yanvar kuni Jidda shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi rahbariyati o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda Haj va umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzon ar-Rabia, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy ishtirokida o‘zaro aloqalarning istiqbollari hamda “Haj – 2025” mavsumini yuqori darajada tashkil etish muhokama qilindi.
Uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylari hamda Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Valiahd va Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saud o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar jadal rivojlanayotgani, Alloh taoloning mehmoni bo‘lgan ziyoratchilarga namunali xizmat ko‘rsatilayotgani alohida qayd etildi.
Ayniqsa, haj kvotasi avvalgiga qaraganda 2 karra oshirilgani, keyingi yetti yilda 60 mingdan ziyod yurtdoshimiz haj amallarini bajargani yuqori baholandi. Umra safarlari uchun cheklovlar olib tashlangani, qonuniy tartibga solingani ta’kidlandi.
So‘nggi yillarda davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan yurtimizda haj va umra safarlari yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, tashkiliy tadbirlar, huquqiy asoslar, raqamlashtirish jarayonlari va o‘zbekistonlik ziyoratchilarning tartib-intizomi Saudiya tomonidan yuqori baholandi.
Shuningdek, Tavfiq bin Favzon ar-Rabia so‘zining davomida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni e’tirof etish barobarida zaminimizdan nafaqat islom ulamolari, balki dunyo sivilizatsiyasiga katta hissa qo‘shgan Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi buyuk mutafakkirlar, ilm-fan namoyondalari yetishib chiqqani va yurtdagi bugungi o‘zgarishlar yana mana shunday allomalar chiqishiga poydevor bo‘lishini ta’kidladi.
Muloqot yakunida tomonlar esdalik sovg‘alari topshirdilar.
O‘MI Matbuot xizmati