Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyul, 2025   |   22 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:05
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:58
Xufton
21:30
Bismillah
17 Iyul, 2025, 22 Muharram, 1447

Saudiya Arabistoni bilan yana bir hamkorlik yo'lga qo'yiladi

04.04.2021   1558   2 min.
Saudiya Arabistoni bilan yana bir hamkorlik yo'lga qo'yiladi

O'zbekiston Saudiya Arabistoniga za'faron savdosini yo'lga qo'yishi haqida xabar bergan edik. Bu savdo aloqalari kundan-kunga rivojlanib bormoqda jumladan, O'zbekiston elchisi Ulug'bek Maqsudov milliy mahsulotlarni Saudiya bozoriga eksportini kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun Saudiya Arabistonining “Edweiat” kompaniyasi raisi Sulaymon As-Samariy bilan uchrashdi.

Mamlakatimiz elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, “Edweiat” kompaniyasi podshohlikda tabiiy va organik mahsulotlar savdosi bilan shug'ullanadi. Kompaniya rahbari Sulaymon As-Samariy esa O'zbekistonda “Mehrigiyo” brendi ostida giyohlar va tabiiy o'simliklardan tayyorlangan turli mahsulotlarni Saudiya Arabistonidagi dileri etib tayinlangan.

“Mehrigiyo” kompaniyasi mahsulotlariga katta qiziqish bilan qarashi bejiz emasligini As-Samariy ta'kidlab: “Kompaniya kichik korxona shaklida tashkil etilgan bo'lib, so'ng fitoterapiya va muqobil tibbiyot sohasi mutaxassislari sa'y-harakatlarini birlashtirish, zamonaviy farmatsevtika va qadimiy Sharq tabobatining ilmiy yutuqlarini o'zida mujassam qilgan. Hozirda ushbu brend O'zbekistonning ichki bozorida hamda chet davlatlarda salomatlik va go'zallik uchun ilg'or mahsulotlarni taqdim etishga muvaffaq bo'lmoqda”, - dedi u.

Mazkur sohada O'zbekiston bilan hamkorlik qilayotganidan Saudiyalik ishbilarmon mamnun ekanini va u mamlakatimizga tashrifi  davomida mahsulot tayyorlash jarayonini yaqindan kuzatganini aytgan. Muloqotda dastlabki bosqichda Ar-Riyod shahrida “Mehrigiyo” mahsulotlari savdosi uchun maxsus do'kon tashkil etilishi va uning ochilish  marosimini o'zbek brendi asoschilari ishtirokida o'tkazilishini ma'lum qilgan.

 

azon.uz

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

16.07.2025   1657   2 min.
Namozdan keyingi zikrlar qanday aytiladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Namozdan keyin imom «Oyatal kursiy»ni boshidan o‘qiganda jamoat qolganini ichida davom ettiradimi yoki boshidan boshlaydimi? Zikrlarni aytishdachi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozdan keyin oyatal kursiy va tasbehlarni aytish mustahab amal sanalib, ularni imom ham, jamoat ham o‘qishlari mandub, ya’ni go‘zal va savobli ish hisoblanadi. Shuning uchun imom boshlab berganidan keyin jamoatdagilar ham oyatal kursiyni boshidan o‘qiydilar.

Shuningdek, tasbehlarni 33 tadan aytadilar. Imom ularni ovoz chiqarib boshlab berishining sababi jamoatga aytiladigan zikrni eslatish uchundir.

Payg‘ambarimiz alayhissalom farz namozlardan keyin «Oyatal kursiy»ni o‘qishning fazilati haqida bunday deydilar: “Kim har bir farz namozidan keyin Oyatal kursiyni o‘qisa, keyingi namozgacha Alloh taoloning zimmasida bo‘ladi” (Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Boshqa bir hadisi sharifda bunday deyiladi:

“Kim har bir farz namozning ortidan Oyatal kursiyni o‘qisa, uni jannatga kirishdan faqatgina o‘lim to‘sib turadi” (Imom Nasoiy rivoyati).

Namozdan keyin tasbehlarni aytish borasida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta Allohu akbar, desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘ladi. Yuzinchisida Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shayin qodiyrni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi”, deyilgan (Imom Muslim rivoyati).

Shunga ko‘ra imom domla Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu akbar deyishi o‘zi uchun hisobga o‘tadi. Jamoatdagi namozxonlar 33 tadan o‘zlari aytishlari kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.