Sayt test holatida ishlamoqda!
02 May, 2025   |   4 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:50
Quyosh
05:19
Peshin
12:25
Asr
17:17
Shom
19:24
Xufton
20:48
Bismillah
02 May, 2025, 4 Zulqa`da, 1446

Yoshlar – BMT va O'zbekiston nigohida...

01.04.2021   7266   4 min.
Yoshlar – BMT va O'zbekiston nigohida...

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning  joriy yilning 31 mart kunida bergan rasmiy ma'lumot va xabarlarida qayd etilganiday, O'zbekiston tashabbusi bilan «Yoshlarning huquqlari bo'yicha do'stlar guruhi» tashkil etildi.

BMT Bosh kotibining yoshlar bilan ishlash bo'yicha vakili Djayatma Vikramanayake O'zbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan «Yoshlar huquqlari bo'yicha do'stlar guruhi»ning taqdimotida ishtirok etdi.  Ushbu xalqaro loyiha doirasida sayyoramizdagi yoshlarning huquqlarini ilgari surish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda dunyoda deyarli 2 milliard yoshlar yashamoqda – bu insoniyat tarixidagi eng katta avlod.  Dunyoning ayrim mamlakatlarida yoshlar aholining 70 foizini tashkil qiladi.

Shu bilan birga hozirgi inqirozdan oldin nashr etilgan BMT ma'lumotlariga ko'ra, dunyodagi har beshta yoshlardan biri o'qimaydi, kasbiy tayyorgarlikdan o'tmaydi va ishsiz.  To'rt kishidan biri to'qnashuvda yashaydi.

Pandemiya vaziyatni yanada og'irlashtirdi: maktab o'quvchilarining kamida uchdan bir qismi ta'lim olish imkoniyatidan mahrum qilindi, yarim milliardga yaqin o'quvchi maktabga bormadi.  “Bir qatlam avlod ofatga duch kelmoqda, – deya ogohlantirdi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish yaqinda qilgan chiqishida.  Shu bilan birga ekstremistik guruhlar ijtimoiy tarmoqlarda faollashib, nafratni yoyib, yoshlarni o'z saflariga qo'shilishga undashmoqda.

«Yoshlar huquqlari bo'yicha do'stlar guruhi»ning asosiy maqsadi – yoshlar siyosati tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro huquqiy hujjatni ishlab chiqish bo'yicha sa'y-harakatlarni rag'batlantirishdir.  

Habarimiz bor, BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Yoshlar huquqlari to'g'risida»gi Konventsiyani qabul qilishni taklif qildi.  Ushbu tashabbus xalqaro hamjamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlandi.  Bugungi kunga qadar o'nlab mamlakatlar guruhga qo'shilishdi, jumladan Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya davlatlari.

«Yosh avlodning jamoat hayotidagi roli o'sib borayotganiga qaramay, ularning ishtiroki ko'pincha o'zlarining kelajagi uchun muhim bo'lgan qarorlar va jarayonlarga bevosita ta'sir o'tkazish bilan emas, balki faqat maslahatlashuvlar bilan cheklanadi», – deya ta'kidladi O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov.

Elchi janoblari «Do'stlar guruhi» yoshlar o'rtasidagi muloqotni kuchaytirishda, yoshlar huquqlari bo'yicha xalqaro huquqiy hujjatning ahamiyati to'g'risida munozaralarni targ'ib qilishda muhim rol' o'ynashligini ta'kidlab, boshqa mamlakatlarni ham guruhga qo'shilishga da'vat etdi.

 

Ibrohimjon INOMOV,

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Insoniylik bebahodir

29.04.2025   4980   1 min.
Insoniylik bebahodir

Bir odamning qorni ochdi. U garchi iqtisodiy ahvoli yaxshi bo‘lmasa-da, bir tamaddixonaga kirib, taom buyurtma qildi. Buyurtma tayyor bo‘lgunga qadar derazadan tashqariga qarab o‘tirarkan, ellik yoshlardagi odam tez-tez tamaddixonaga qarab qo‘yayotgani, kirishga jazm qilolmay turganiga ko‘zi tushdi. O‘tgan ketganlar unga e’tibor bermas, u esa aftidan juda och qolgan edi. 
 

Shu payt buyurtma berilgan taom olib kelindi. U esa hech o‘ylanmasdan ovqatni olib, o‘zi och bo‘lsa-da, ko‘chadagi odamga olib chiqib berdi. So‘ng ortiga qaytib, hisobni berishlarini so‘radi. Holatni zimdan kuzatib turgan tamaddixona rahbari xizmatchiga bir qog‘oz berdi. Unda bunday so‘zlar yozilgan edi:

“Insoniylik bebahodir, sizday oliyjanob inson bizning tamaddixonaga kelganidan baxtiyormiz. Ruxsat bersangiz, siz bir miskinni mehmon qilganingiz kabi biz ham sizni mehmon qilsak”.


Xulosa shuki, Alloh taolo hech bir amalni zoye qilmas, bandasini bandasidan qarzdor holda qoldirmas, ehsonga ehson bilan javob qaytarar ekan.

Shunday ekan, imkonimiz borida boshqalarga yaxshilik qilib qolaylik.

Akbarshoh Rasulov