Misrning etakchi ommaviy axborot vositalari, jumladan “Axbar al-Yaum”, “Al-Ahrom”, “Al-Habar al-Yaum”, “Sada al-Balad”, “Al-Vasila” nashrlari O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va o'zgarishlar bilan Misr jamoatchiligini tanishtirishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Hususan, “Al-Ahrom” gazetasi Misrning O'zbekistondagi elchisi bilan uyushtirgan interv'yusida mamlakatlarimiz o'rtasida turistlar sonini oshirish, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish imkoniyatlariga to'xtalib o'tgan.
Misrning nufuzli “Axbar al-Yaum” gazetasi esa Imom Moturidiy ta'limotiga oid maqola chop etdi. Unda Islom dunyosida mo''tadil qarashlarni yoyish, Moturidiy ta'limotini o'rganish, sohaga oid xorijiy tashkilotlar o'rtasida samarali hamkorlik o'rnatishda O'zbekistonda tashkil etilgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta'kidlangan.
Mazkur gazeta Imom Moturidiy stipendiyasining joriy etilishi, ushbu ta'limot bilan bog'liq qo'l yozmalarni yig'ish, bibliografiyasini tayyorlash va ularni elektron shaklda kutubxonalarda tarqatish bo'yicha ko'rilayotgan choralarga to'xtalib o'tgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Buxoro viloyati imom-xatiblari va imom noiblarining xayrli tashabbusi bilan viloyatning barcha hududida iftorlik dasturxonlari yozilib, ko‘plab ro‘zadoru ehtiyojmandlar, nuroniy otaxon-onaxonlar, duogo‘y mo‘ysafidlarning ko‘ngli olib kelinmoqda.
Ezgu duolar ila o‘tayotgan iftorliklardan ko‘ngillar shodlikka to‘lib, shukronalik hissi ortmoqda. Albatta, bunday xayrli amallarning ajru savoblari ham ulkan bo‘ladi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Salmon Forsiy roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda bunday deyilgan: “Bu oyda mo‘minning rizqi ziyoda bo‘ladi. Kimki u oyda birorta ro‘zadorga iftorlik qilib bersa, uning gunohlari kechiriladi va do‘zaxdan ozod bo‘ladi. Shuningdek, unga ham ro‘zadorning savobidan hech qancha kam bo‘lmagan savob beriladi”.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati