Bursa shahri (Turkiya) da muftiyat ochgan xayriya bozori kam ta'minlangan oilalar ta'minotini zimmasiga oldi
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, bozorda, Osmangazi tumanida ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va yuvish vositalari berilmoqda.
Mahalliy diniy Bursa rahbari Mehmet Uzunning aytishicha, loyiha yordamida non va asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga muhtoj kishilarning ehtiyojlari qondirilgan.
Mehmet Uzunning aytishicha,"mahsulotimizni eng past narxlarda etkazib beradigan ulgurji savdo qiluvchilarga va bizning yordam chaqirig'imizga javob berayotganlarga rahmat aytaman".
Uzunning aytishicha, Qorabalchiqqa yaqin qishloq hududiga borib, mahalliy aholi xayriya bozorini o'rgangach, ertasiga muhtojlarga katta miqdorda zaytun, zaytun yog'i, guruch va bulg'ori etkazib bergan.
Usmong'ozi muftiyatining bo'linma direktori Chaban Chaglar, xayriya bozoriga kelgan bolalar uchun kitob o'qish kampaniyasini uyushtirishayotganini aytdi: "Ota-onalari bu erda moliyaviy ehtiyojlarini qondirar ekan, bolalar bu erda qalblari uchun ozuqa olishini istaymiz".
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV