Turkiyada me'morlar Shefik Birkiy va Selim Dalaman loyihalashtirgan Taqsim maydonidagi masjid qurilishi yakunlandi, uning poydevori 2017 yilning 17 fevralida qo'yilgan edi.
Masjid maydoni 2,482 kvadrat metr, barcha binolar maydoni – 16 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Hozirda masjid ichkarisiga naqsh solish jarayoni yakunlandi. Masjidning mehrobini bezash ishlari davom etmoqda.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, 99 foiz qurilish ishlari to'liq bajarilgan masjid Ramazon oyida ibodat uchun ochilishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, bu erda masjid qurish g'oyasi o'tgan asrning 50-yillarida paydo bo'lgan. Ushbu g'oyani 2014 yildan beri mamlakatni boshqarib kelayotgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an buni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV