O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug'bek Maqsudov Jidda shahrida joylashgan Islom taraqqiyot banki (ITB) bosh qarorgohida ITB guruhi prezidenti Bandar Hajar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Uchrashuvda o'zaro munosabatlarni rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari va Toshkentda bo'lib o'tadigan ITB Boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig'ilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Bugun ITB tomonidan O'zbekiston uchun tasdiqlangan imtiyozli kreditlarning umumiy hajmi 2,4 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bankning O'zbekistondagi mablag'lar portfeli iqtisodiyotning turli sohalari, xususan, qishloq xo'jaligi va qishloq tumanlarini rivojlantirish, transport, energetika, sog'liqni saqlash va ta'lim kabi sohalarga diversifikatsiya qilingan.
ITB guruhi prezidenti bank tomonidan O'zbekiston, Afg'oniston va Pokistonni bir-biriga bog'laydigan temir yo'l, Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini bunyod qilish va boshqa loyihalar qo'llab-quvvatlanishini tasdiqladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV