IJTIMOIY TA_''MINOT
Usha davrda Umar roziyallohu anhu ijtimoiy ta'minot ishlarini eng go'zal tarzda yo'lga qo'yganlar va bu ishga asos solganlar desak, aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz.
Umar ibn Hattob roziyallohu anhu Islom jamiyatining xazinasiga etarli mol tushganda, fuqarolarga maosh tayin qilishni tashkil qildilar. Usha ipsharni ko'rgan, ularda ishtirok etgan kishilar bu haqda ishonchli ma'lumotlarni qoldirganlar.
KAMBAG'AL OILALARNING IJTIMOIY TA_''MINOTI
Abu Ubayd quyidagicha rivoyat qiladi:
«...Kunduz kuni Umar bir daraxt ostida uxlab yotar edi. Bir a'robiy ayol kelib, odamlarga alanglab qaradi-da, uning (Umarning) oldiga kelib: «Men bir miskina ayolman. Mening bolalarim bor. Mo'minlarning amiri Umar ibn Hattob bizga Muhammad ibn Maslamani zakotchi qilib yubordi. U bizga hech narsa bermadi. Alloh xayringni bersin, sen bizga bir shafoatchilik qilsang», dedi.
«Yarfo'! – dedi Umar xodimiga. – Menga Muhammad ibn Maslamani chaqirib kel!»
«Meni uning oldiga olib borsang, hojatim chiqarmidi», dedi ayol.
«Inshaalloh, u hojatingni chiqaradi», dedi Umar.
Yarfo' Muhammad ibn Maslamaning oldiga borib, chaqirib keldi. U kelib: «Assalomu alaykum, ey mo'minlar amiri», dedi.
Ayol uyalib ketdi. Umar: «Allohga qasamki, men sizlardan yaxshilaringizni tanlashda kamchilikka yo'l qo'ymagan edim. Agar Alloh azza va jalla bu ayol haqida so'rasa, nima deb javob berasan?» dedi.
Muhammad ibn Maslamaning ko'zlaridan yosh oqdi. So'ng Umar: «Alloh bizga O'z Payg'ambari sollallohu alayhi vasallamni yubordi. Biz u zotga iymon keltirdik va ergashdik. U zot Alloh nimaga amr qilsa, shunga amal qildilar. Sadaqani to Alloh u zotning ruhlarini qabz qilgunicha o'z ahliga, miskinlarga berib turdilar.
So'ng Alloh Abu Bakrni xalifa qildi. U ham Alloh uning ruhini qabz qilgunicha Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qildi.
So'ng meni xalifa qildi. Men sizlardan yaxshilaringizni ixtiyor qilishda nuqsonga yo'l qo'ymadim. Agar seni yana yuboradigan bo'lsam, bu ayolga shu va o'tgan yilning sadaqasini bergin. Bilmadim, ehtimol, seni yubormasman», dedi. Keyin ayolni chaqirib bir tuya, un va yog' berdi-da: «Buni olginda, bizga Haybarda yana uchragin, biz o'sha erga bormoqchimiz», dedi. Ayol Haybarda uning oldiga keldi. U unga ikki tuya berdi va: «Buni ol, Muhammad ibn Maslama kelgunicha senga etib turadi. Men uni sening shu va o'tgan yilgi haqqingni berishga amr qildim», dedi».
Musulmon rahbarlarning beva-bechoralar haqqiga qanday rioya qilishini, ularning ijtimoiy tenglik uchun xizmat qilganini, oddiy fuqarolar rahbar bilan qanday uchrashishini, unga qanday shikoyat qilishini ko'rib qo'ying.
Ibn Sa'd Ja'far ibn Muhammad roziyallohu anhudan, u esa o'z otasidan rivoyat qiladi:
«Umar roziyallohu anhuga Yamandan kiyimlar keltirishdi. U kishi ularni odamlarga tarqatdi. Hamma yangi kiyim kiyib yura boshladi.
Umar Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning qabrlari va minbarlari orasida o'tirar, odamlar esa uning oldiga kelib, salom berishar va haqqiga duo qilishar edi. Bir kuni u erga Hasan va Husayn roziyallohu anhumo kelishdi. Ularning egnida kecha tarqatilgan kiyimlar yo'q edi. Umarning qovoqlari osilib, ikki qoshi orasida tugun paydo bo'ldi. So'ng: «Alloxga qasamki, sizlarga bergan narsam menga tatimadi», dedi. Odamlar: «Ey mo'minlarning amiri, qavmingizga kiyim kiydirib yaxshi qilgansiz-ku», deyishdi. Shunda Umar: «Men mana bu ikki bolani aytyapman. Odamlarning orasidan o'tib kelishyapti, egnilarida esa hech narsa yo'q. Kiyimlar ularga katta kelibdi, ular kiyimlarga kichik kelishdi», dedi.
So'ng Yamanga: «Tezda Hasan bilan Husaynga kiyim-bosh yuboringlar», deb maktub yozdi. U erdan ikki sidirg'a kiyim yuborishdi. Umar ularni ikkovlariga berdi».
Zubayr ibn Bakr Muhammad ibn Salomdan rivoyat qiladi: «Umar ibn Hattob roziyallohu anhu Shifo bint Abdulloh Adaviyya roziyallohu anhoga «Ertalab huzurimga kel», deb odam yubordi. Shifo aytadi: «Ertalab uning huzuriga bordim va Otika bint Usayd ibn Abul Iys roziyallohu anhoni uning eshigi oldida ko'rdim. Kirib, bir muddat gaplashdik. (Umar) bir kiyim chiqarib unga berdi. Keyin boshqa bir kiyim chiqarib menga berdi. Men: «Ey Umar, men undan oldin Islomga kirganman. Men amakingning qiziman, u emas! Sen menga odam yuborgansan, u bo'lsa o'zi kelgan», dedim. U: «Men buni sendan boshqasi uchun keltirmagan edim. Ammo ikkovingiz jam bo'lib qolganingizdan keyin uning sendan ko'ra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yaqinligini eslab qoldim», dedi».
Yosh bolalarning ijtimoiy ta'minoti
Islom ahli poytaxti bo'lmish Madinai munavvara shahriga savdogarlar karvoni kelib tushdi. Karvonda ayollar, yosh bolalar ham bor edi. Halifa Umar ibn Hattob sahobalardan Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhuga: «Karvondagilarni qo'riqlashga vaqting bormi?» dedilar.
Ikkovlon kechasi bilan karvondagilarni qo'riqlab, namoz o'qib chiqishdi. Umar roziyallohu anhu yosh bolaning yig'isini eshitib, o'sha tomon bordilar va uning onasiga: «Allohdan qo'rq! Go'dagingga yaxshi qara!» deb ortlariga qaytdilar. Bola yana yig'lashda davom etdi. Umar roziyallohu anhu yana uning onasi oldiga qaytib kelib: «Allohdan qo'rq! Go'dagingga yaxshilik qil!» deb: ortlariga qaytdilar. Tun oxirlab qolganda yana bolaning yig'isini eshitgan xalifa haligi onaning oldiga borib «Sho'ring qurisin. Yaxshi ona emasga o'xshaysan. Kechasi bilan o'g'ling tinchimadi-ya!» dedilar.
Qarshisida turgan odam rahbar ekanini bilmagan ona xuddi qorovulga gapirayotganday: «Ey Allohning bandasi, kechasi bilan meni tinch qo'ymading. Axir men uni ko'krakdan ajratmoqchiman. U bo'lsa ko'nmay, injiqlik qilyapti», dedi.
«Nima uchun?» deb so'radilar Umar roziyallohu anhu.
«Chunki Umar faqat ko'krakdan ajratilgan bolalarga nafaqa tayin qilgan», dedi ayol.
«Bolaning yoshi qanchalik bo'ldi?» dedilar Umar.
«Falon oylik bo'ldi», dedi ayol.
Umar roziyallohu anhu: «Uni ko'krakdan ajratishga shoshilma», dedilar va orqalariga qaytib ketdilar.
So'ng xalifa borib, bomdod namoziga imomlikka o'tdi. Namozdagi odamlar uning yig'isidan qiroatini ajrata olishmadi. Bo'lib o'tgan hodisadan qattiq ta'sirlangan xalifa yig'lab turib namoz o'qir edi. Salom berganidan so'ng: «Umarning sho'ri qurisin! Musulmonlarning qanchadan-qancha bolalariga zulm qilibdi», dedi va jarchini chorlab: «Bolalaringizni ko'krakdan ajratishga shoshilmanglar! Biz Islomda har bir tug'ilgan bolaga nafaqa beramiz!» deb jar solishga amr etdilar. Bu haqtsa boshqa yurtlarga ham farmon yubordilar.
Qarilik nafaqasini joriy qilish
Islomda bugungi kunda «qarilik nafaqasi» deb nomlanayotgan nafaqaning joriy bo'lishiga ham aynan g'ayrimusulmon fuqarolar sabab bo'lishgan. Bu borada Islom shariatining g'ayrimusulmon fuqarolarga bo'lgan rioyasidan musulmon fuqarolar ham foydalanib qolganlar desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz.
Imom Abu Ubaydning «Al-Amvol» kitobida quyidagilar keltiriladi:
«Mo'minlar amiri Umar ibn Hattob ko'chada tilanib yurgan yahudiy cholni ko'rib qolib, uni chaqirdilar-da: «Agar sendan yoshligingda jizyani olib, qariganingda tashlab qo'ysak, senga nisbatan insof qilmagan bo'libmiz», dedilar va unga Baytulmoldan keragicha ta'minot joriy qildilar».
Usha paytda musulmonlar jamiyatidan boshqa biror jamiyatda qariyalarga, xususan g'ayridin qariyalarga nafaqa berilgani haqida ma'lumot bormi? Bu ishni birinchi bo'lib Umar ibn Hattob roziyallohu anhu joriy qildilar.
Ofatga uchraganlarga yordam uyushtirish
Hozirgi kunimizda favqulodda holatga duchor bo'lganlarga yordam berish eng maqtalgan ishlardan biriga aylanib qolgan. Ammo bunday ishlarga kim asos solganini bilib qo'yish foydadan xoli bo'lmaydi.
Hijriy 17 yil Islom tarixida «Ramoda», ya'ni «Ochlik yili» nomi ila mashhurdir. O'sha yili qattiq qahatchilik, ochlik hukm surgan. Ana shunda hazrati Umar roziyallohu anhu aholini halokatdan saqlab qolish uchun katta tadbirkorlik va fidokorlik ko'rsatganlar.
Ibn Sa'd Aslamdan quyidagilarni rivoyat qiladi:
«Yazid ibn Uxtu Namir, Misvar ibn Maxrama, Abdurrahmon ibn Abd Qoriy va Abdulloh ibn Utba ibn Mas'ud roziyallohu anhular har kecha Umar roziyallohu anhuning huzurlarida to'planib, qilgan ishlari haqida xabar berar edilar.
Ulardan har birlari Madinaning bir nohiyasiga qarar edi. A'robiylar Ra'sus-saniyya, Rotij, Banu Horisa, Banu Abdul Ashhal, Baqiy', Banu Qurayza, bir qismlari Banu Salama nohiyasiga tushgan edilar. Ular Madinaga to'lib ketishgan edi. Bir necha odamlar ovqat qilib bo'lganlaridan keyin Umarning «Bizning oldimizda kechki taom eganlarni hisoblab chiqinglar» deganini eshitdim. Hisoblashgan edi, etti ming kishi chiqdi.
«Bu erga kelmagan ahli ayol, bemor va bolalarni ham hisoblab chiqinglar», dedi u.
Hisoblashgan edi, qirq ming kishi chiqdi.
So'ng bir necha kecha o'tdi. Odamlar ko'paydi. U yana amr qildi. Hisoblashgan edi, uning huzurida kechki taom eganlar o'n mingta, boshqalar esa ellik mingta chiqdi.
Ko'p o'tmay, Alloh osmondan yomg'ir yog'dirdi. Shunda Umar haligilarning har bir nohiyasiga bir vakil tayin qilib, odamlarni cho'lga chiqarishini buyurdi. Ularga egulik va cho'lga olib ketish uchun yuk ham berishar edi. Umarning o'zi ham ularni tashiyotganini o'z ko'zim bilan ko'rdim.
Aslam aytadiki: «Ular orasida o'lim tarqalgan edi. Menimcha, uchdan ikkisi o'lib, bir qismi qoldi. Umarning qozonlari ustida odamlar tik turib, tong otguncha kar-kur pishirib chiqishardi. So'ng bemorlarga berar edilar. Asoid (un bilan yog') ham pishirib berishardi. Umarning buyrug'i bilan katta qozonlarga o't yoqilib, yog' qaynatilar, soviganidan keyin nonga bulab, sariyd qilinar va haligi yoqqa qo'shib eyilardi.
Arablar yog' esalar, isitmalari chiqar edi. Umar Ramoda zamonida na o'z bolalaridan birortasining uyida va na xotinlaridan birortasining uyida taom emadi. To Alloh odamlarga jon kirgizgunicha faqat ular bilan kechki taom er edi, xolos».
Ibn Sa'd Firos Daylamiydan rivoyat qiladi:
«Umar ibn Hattob roziyallohu anhu har kecha dasturxoni uchun Amr ibn Os roziyallohu anhu Misrdan yuborgan tuyalardan yigirmatasini so'yar edilar».
Shu bilan birga, Umar ibn Hattob roziyallohu anhu Allohdan el-yurt boshidan bu baloni ko'tarishini so'rab, sunnatga muvofiq ommaviy ibodatni ham tashkil qilganlar.
Buxoriy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Umar ibn Hattob roziyallohu anhu qahatchilik bo'lganda Abbos ibn Abdulmuttalib bilan istisqo[1] qildi:
«Allohim! Biz Senga Payg'ambarimizni vasila qilar edik, Sen bizni serob qilar eding. Endi esa Senga Payg'ambarimizning amakisini vasila qilamiz. Bizni serob qilgin», dedi. Yana: «Serob qilinurlar», dedi».
Hazrati Umar roziyallohu anhu odamlarni to'plab, o'zlari Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning choponlarini kiyib olib, kishilarni namozgohga boshlab chiqqanlar va hazrati Abbos roziyallohu anhuni vasila qilib, istisqo qilganlar.
Rivoyat qilinishicha, o'sha kuni Abbos roziyallohu anhu Alloh taologa tazarru qilib: «Allohim! Gunoh bo'lmasa, balo tushmas. Tavba bo'lmasa, bu ko'tarilmas. Mana, biz qo'llarimizni O'zingga ochib, gunohlarimizni e'tirof qilamiz. Boshlarimizni Senga egib, tavba qilamiz. Bizni najot yomg'iri ila serob qilgin», deganlar. Shunda yomg'ir quyib yoqqan. Yer to'yib, odamlarga jon kirgan.
Ko'pchilik ulamolarimizning ta'kidlashlaricha, o'sha yili Umar ibn Hattob roziyallohu anhu o'g'riga had jazosi berish hukmini ham vaqtincha to'xtatganlar.
Hazrati Umar roziyallohu anhuning huzurlariga Muzayna qabilasidan birovning tuyasini o'g'irlagan bir necha yigitni ushlab, olib kelishdi. Hazrati Umar ularga had jazosi berishni amr qildilar. Shunda ba'zilar bu yigitlar Ibn Hotib ibn Balta'a ismli kishining yigitlari ekanini, xo'jayinlari ularga ovqat bermaganidan tuya o'g'irlab, so'yib eyishga majbur bo'lganlarini aytishdi. Hazrati Umar hukmni darhol bekor qildilar. Ho'jayinni chaqirtirib kelib, koyidilar va uni o'g'irlangan tuyaning pulini ikki barobar to'lashga amr qildilar. Shundan keyin hozircha o'g'riga had jazosi bermay turish haqida farmon chiqardilar.
Ba'zi kishilar bu ishni shariatning hukmini vaqtincha bekor qilish deb ataydilar. Aslida esa bu ish shariatning hukmini o'z o'rnida ishlatishdir.
Islom jamiyati o'z a'zolarining ijtimoiy ta'minotlarini yaxshilab yo'lga qo'yadi. Avvalo, nochor kishilarning nafaqasini yaqin qarindoshlariga Allohning oldidagi diniy burch sifatida vojib qiladi. Ota farzandlariga, er xotiniga, aka ukalariga, farzand ota-onasiga va hokazo nafaqa berishi shart. Ya'niboy qarindoshlar nochorlariga nafaqa berishlari vojib. O'z ixtiyorlari bilan berishmasa, qozi hukm chiqarib, majbur qiladi.
Nochor insonning yaqin qarindoshi bo'lmasa, unga jamiyat yordam qo'lini cho'zadi, boy musulmonlar nafaqa bera dilar. Ish beruvchi ishchiga nafaqa beradi va hokazo, Agar bu choralar qo'llanmagan bo'lsa, o'g'rilik sodir etilsa, jamiyat unga had jazosi berish haqida hukm chiqarishga haql bo'la olmaydi.
Huddi shuning uchun ochlik yilida, jamiyat odamlarni ta'minlay olmay qolganida, shariat ruhini daqiq nuqtalarigacha tushungan xalifa Umar ibn Hattob roziyallohu anhu shariatning hukmiga binoan, vaqtincha o'g'riga had jazosi bermay turishni joriy qildilar.
Insonparvarlik yordamini tashkil qilish
Umar ibn Hattob roziyallohu anhu birinchi bo'lib bir yurtdan ikkinchi yurtga insonparvarlik yordamini uyushtirgan shaxsdirlar.
Ibn Abdulhakam Lays ibn Sa'ddan rivoyat qiladi:
«Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning xalifalik davrida Madinada odamlar boshiga qattiq ochlik tushdi. U kishi Misrdagi Amr ibn Osga maktub yozdilar:
«Allohning bandasi, mo'minlarning amiri Umardan Osiy ibn Osga. Salom! Ammo ba'd: Umrim ila qasamki, ey Amr! Sen va sening yoningdagilar to'q bo'lsa-yu, men va mening yonim-dagilar halok bo'lsa ham ishing yo'qmi?! Yordam! Yordam!»
Amr ibn Os unga maktub yozdi:
«Allohning bandasi, mo'minlarning amiri Umarga Amr ibn Osdan. Ammo ba'd: Labbayka! Yana labbayka! Sizga bir karvon yubordim. Uning boshi sizning huzuringizda, oxiri mening huzurimda. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh».
Amr katta karvon yubordi. Uning avvali Madinaga etib kelganida, oxrfi Misrda edi. Karvon nihoyatda uzun edi. U Umarga etib kelganida odamlarga juda kenglik yaratdilar, U kishi Madinadagi har bir uy axdiga bir tuyani ustidagi eguligi bilan berdilar.
Umar ibn Hattob roziyallohu anhu Abdurrahmon ibn Avf, Zubayr ibn Avvom va Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhumni odamlarga ularni taqsimlab berish uchun yubordilar. Ular har bir xonadon axdiga bir tuyani ustidagi eguligi bilan berdilar. Yegulikni iste'mol qilib, tuyani so'yadilar, uning go'shtini eb, yog'ini eritib oladilar, terisidan poyabzal qiladilar va egulik solingan matoni choyshab yoki boshqa narsaga aylantiradilar. Shu bilan Alloh odamlarga kenglik yaratdi».
Hijriy yil hisobiniig boshlanishi
Vaqt o'tishi bilan Islom jamiyati har tomonlama rivojlanib borardi. Chegaralar, viloyatlar, amirlar va boshqalarning soni tezlik bilan ortib bormoqda edi.
Devonlar tashkil qilindi, hamma tarafdan poytaxtga maktublar kela boshladi. Boshqa aloqalar ham rivojlanib bordi.
Bir kuni Umar ibn Hattob roziyallohu anhu Abu Muso Ash'ariy roziyallohu anhudan maktub oldilar. Unda «Sizdan maktublar keladi, (biroq) sanasi noma'lum bo'ladi. Sanani belgilasangiz, yaxshi bo'lardi» degan ma'no bor edi.
Bir oz vaqt o'ttach, Umar ibn Hattob roziyallohu anhu yana bir maktub oldilar. Unda «sha'bon oyida» degan ma'no bor edi. Qaysi sha'bon? O'tganimi, hozirgisimi yoki kelgusi sha'bon oyimi, bila olmay qiynaldilar.
Yana bir kuni Yamandan, Ya'lo ibn Umayyadan Umar ibn Hattob roziyallohu anhuga maktub keldi. Bu maktubda sana belgilangan edi. Bu ish hazrati Umar rozigllohu anhuga ma'qul keldi. Shundan so'ng u kishi kengash majlisini chaqirib, o'rtaga musulmonlarga xos tarix – yil hisobini qabul qilish masalasini qo'ydilar. Islom jamiyati o'zligini namoyon qilishi, birovga taqlid qilmay, o'ziga xos yil hisobiga ega bo'lishi kerak edi.
Birinchi masala «Tarixni qachondan boshlash kerak?» degan savolga javob topishdan iborat bo'ldi.
Bir kishi Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning vafot etgan yillarini birinchi yil deb hisoblashni taklif qildi.
Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning payg'ambar bo'lgan yillarini birinchi yil deb hisoblashni taklif etdi.
Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhu Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning hijrat qilgan yillarini birinchi yil deb hisoblashni taklif qildilar. U kishi: «Hijrat haq bilan botilning orasi ajralishiga sabab bo'lgan», dedilar.
Boshqa birlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tug'ilgan yillarini birinchi yil deb hisoblashni taklif qildi. Lekin ko'pchilik Aliy roziyallohu anhuning takliflarini yoqlab ovoz berdilar.
Ikkinchi masala yil hisobini qaysi oydan boshlash masalasi edi.
Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhu: «Rajab oyini birinchi oy qilib olaylik, u harom oylarning birinchisi», dedilar. Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu: «Ramazon oyini birinchi oy qilib olayLik, u ummatning sharafli oyi», dedilar. Aliy roziyallohu anhu: «Muharramni birinchi oy qilib olaylik, uning o'zi yilning birinchi oyi», dedilar.
Hammaga mana shu gap ma'qul bo'ldi. Shu tariqa Islom ummati hazrati Umar roziyallohu anhuning tashabbuslari va g'ayratlari bilan hijriy 17 yil 1 muharramdan boshlab o'zining yil hisobiga ega bo'ldi.
Albatta, bu katta ish edi. Dunyoga etakchilik qilishni da'vo qilayotgan ummat uchun ana shunga o'xshash shior bo'ladigan narsalarning zarurligi hech kimga sir emas.
Obodonchilik ishlarini yo'lga qo'yish
Islomning umumiy ruhidan va ta'limotlaridan kelib chiqib, musulmonlar er yuzini obod qilishga katta ahamiyat berar edilar. O'sha vaqtdagi obod bo'lmagan qishloq va xarobaga o'xshash joylarda yashash ham, bu borada o'zlaridan boshqalarda ko'rganlari ham musulmonlarni mutlaqo qoniqtirmas edi. Yuqorida keltirilgan ana shu boshqalarning me'morchiligi o'zida shirk va kufr madaniyatini aks ettirar edi. Shuning uchun ham musulmonlar o'zlarining aqiydalari, dunyoqarashlari va madaniyatlariga xos me'morchiliklari bo'lishi kerakligini anglab etdilar va bu haqiqatni amalga oshirishni boshlab yubordilar.
Kufa shahrini qurish
Musulmonlar Kisroning (Fors shohi) poytaxti Madoin shahrini fath qilganlaridan keyin uni o'zlariga markaz qilib olgan edilar. Umar ibn Hattob roziyallohu anhu u shaharda istiqomat qilayotgan musulmonlarning ranglari sarg'ayib, o'zlari zaiflashib borayotganlarini mulohaza qildilar. U kishi Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuga maktub yuborib: «Salmon Forsiy bilan Huzayfa ibn Yamonni er tanlashga yubor – ham quruqlik, ham dengizga yaqin, men bilan sizlarning orangizda suv ham, ko'prik ham yo'q erni topsinlar», deb amr qildilar.
Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu ikkovlarini o'sha vazifani bajarish uchun yubordilar. Ular ikki tomonga ketib, er tanlab kelib «Kufa», ya'ni «To'garak qumlik» degan joyda uchrashdilar. U erda namoz o'qib, «Alloh bu erni sabot manzili qilsin» deb duo qildilar. So'ng Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuning oldlariga borib, xabar berdilar.
Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu Qa'qo' va Abdulloh ibn Mu'tam roziyallohu anhumoga odam yuborib: «O'rinlaringizga boshqani qo'yib, o'zingiz hozir bo'linglar», deb amr qildilar. So'ng Madoindan chiqib, Kufaning erlariga bordilar. Ushanda hijriy o'n ettinchi yilning muharram oyi edi. Keyin Umardan qamishdan uy qilishga izn so'rashgan edi, u kishi rozi bo'ldilar. Ammo rejalashtirish paytida qamish uylar kuyib ketdi. Keyin g'ishtdan qurishga kelishildi.
Kufaning bosh me'mori Abu Hayyoj ibn Molik edi. U birinchi bo'lib masjidga asos soldi. Keyin shoh ko'chaning kengligini qirq ziro'[2], unga yaqinlarini o'ttiz, boshqalarini yigirma ziro'dan qildi. Top ko'chalarni etti ziro'dan qilib belgiladi. Odamlarga beriladigan qit'alarni – er maydonlarini oltmish ziro'dan qildi.
Kufa Furot daryosining g'arbiy qirg'og'iga qurildi. U bilan daryoning orasida yarim farsax[3] masofa qoldirildi. Shahar bitganidan keyin xohlaganlar unga ko'chib o'tishi, xohlamaganlar Madoinda qolishi taklif qilindi.
Basra shahrining qurilishi
Huddi o'sha yili Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning amrlari bilan Basra shahri ham qurildi. Uning o'rnida bir qishloq bor edi. Bu qishloq Dajla va Furot daryolari qo'shilgan joyda edi. Shaharning qurilishiga Utba ibn G'azvon rahbarlik qildi.
Shunday qilib Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning davrlarida ro'yi zaminning sayqallari bo'lgan islomiy shaharlar qurish ham boshlanib ketdi.
Kufa va Basra shaharlari bitganidan keyin Umar ibn Hattob roziyallohu anhu o'sha paytda Iroq nomi bilan atalgan Islom jamiyatining sharqiy bo'lagini ikkiga bo'ldilar.
Biriga Kufani markaz va Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuni voliy, ikkinchisiga Basrani markaz va Utba ibn G'azvonni voliy qilib tayinladilar.
Shunday qilib islomiy shahar qurish ishlariga ham asos solindi. Bunda ham Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning tadbirkorliklari o'z samarasini berdi. Dunyo me'morchilik san'ati sahifalarining zarvaraqlariga oltin harflar ila yoziladigan, zaminning sayqali bo'lmish musulmon shaharlar qurish tarixining birinchi qadamlari ana shunday boshlangan edi.
Umar ibn Hattob roziyallohu anhu faqatgina yangi islomiy shaharlar qurishga e'tibor berib qolmay, qadimgi shaharlarni ta'mirlashda ham jiddiy g'ayrat ko'rsatganlar.
Ibn Asokir raxdoatullohi alayh Usmon ibn Atodan rivoyat qiladi:
«Umar ibn Hattob roziyallohu anhu yurtlarni fath qilganidan keyin Basraning amiri Abu Muso roziyallohu anhuga maktub yozib, jamoat uchun alohida, qabilalar uchun alohida masjid tutishga amr qildilar. U juma kuni jamoatning masjidiga chiqib, jamoat bilan juma namozi o'qir edi. Hazrati Umar Kufaning amiri Sa'd ibn Abu Vaqqosga ham, Misrning amiri Amr ibn Osga ham xuddi shunday maktub yozdilar. Umar lashkarlarning amirlariga maktub yozib, qishloqlarda emas, shaharlarda turishga va har bir shaharda bittadan masjid qurishga amr qildilar. Axdi Kufa, axdi Basra va ahli Misrlarga o'xshab har bir qabila o'ziga bittadan jome' masjid qurib olmaslikni amr qildilar. Umarning davrida odamlar uning amrlarini mahkam tutdilar».
Shu bilan birga, Umar ibn Hattob roziyallohu anhu masjidlar faoliyatini ham ziyraklik bilan kuzatib turar edilar.
Imom Marvaziy va Ibn Abu Shayba Ibn Muoviya Kindiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:
«Shomda Umar roziyallohu anhuning oldlariga keldim. U kishi odamlar haqida so'rab: «Ehtimol, bir kishi qochgan tuyadek masjidga kirib, o'z qavmining majlisini yoki o'zi tanigan odamni ko'rsa, oldiga borib o'tirsa kerak?» dedi. «Yo'q! Majlislar turlicha bo'ladi. Yaxshilikni o'rganishadi, zikr qilishadi», dedim. «Modomiki shunday bo'lsangiz, yaxshilikda bardavom bo'lasizlar», dedi u kishi».
KYeYINGI MAVZULAR:
Masjidi Nabaviyning isloh qilinishi
Sho'ro (kengash) majlisi
Devonning tashkil qilinishi
Aholining holidan xabar olish
Halifaning shahid bo'lishi
Hazrati Umar roziyallohu anhuning ijtimoiy-madaniy sohada qilgan buyuk ishlari
[1] Istisqo – qurg'oqchilikda Alloh taolodan seroblik, yomg'ir so'rash. Bunda maxsus istisqo namozini o'qib so'rash ham, faqat duo qilib so'rash ham mumkin. Hanafiy mazhabi ikkinchi fikrni qabul qilgan.
[2] Bir ziro' - 46,2 sm.
[3] Bir farsax - 5,544 km.
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Oxiratni o‘ylab o‘tiribman
Yusuf ibn Asbot aytadi: «Masjidda edim. Sufyon Savriy menga: «Ey Yusuf, tahorat qilishga toza suv olib kelgin», dedilar. Suvni mendan o‘ng qo‘l bilan olib, chap qo‘llarini yuzlariga qo‘yib, o‘yga tolib qoldilar. Shu orada uxlab qolibman. Tursam, tong otib qolibdi. Sufyon Savriy rahmatullohi alayhga qarasam, qo‘llaridagi suv o‘sha holicha turibdi. Shunda u zotga: «Ey Abu Abdulloh, tong otdi», dedim. U zot: «Menga suvni olib kelganingdan beri oxiratni o‘ylab o‘tiribman», dedilar».
Shundan boshqa narsam yo‘q
Hajjojdan rivoyat qilinadi: «Sho‘ba eshagini minib ketayotgan edi, Sulaymon ibn Mug‘irani uchratib qoldi. U Sho‘baga (muhtojligidan) shikoyat qildi. Sho‘ba esa: «Allohga qasamki, shu eshakdan boshqa narsam yo‘q», dedi. Keyin eshakdan tushib, uni Sulaymonga berib yubordi».
Onaga ehtirom
Ashjaiy aytadi: «Bir kuni kechasi Mis’ar ibn Kidomning onasi suv so‘radi. Lekin Mis’ar idishda suv olib kelgunicha onasi uxlab qolibdi. U tonggacha idishni qo‘lida ko‘tarib turdi».
Ahmad Muhammad Tursun rahimahulloh