Ozarbayjonlik 3 yoshli Sobir Agaverdiyev Qur'on o'qib internetda ommalashmoqda. U bungacha ham kishilarni ajablantirgan. Ikki yoshida Ozarbayjon alifbosini o'rgangan.
"Bir yoshdan oshganda yotishdan oldin unga o'qib bergan bolalar she'rlarini yoddan o'qiy boshladi. Men u bilan o'qishni davom ettirdim va qiziqish uchun Qur'ondan bir parchani o'qishga qaror qildim. Sobir uni yarim soatdan keyin xotira bo'yicha qayta so'zlab berdi", - dedi Sobirning otasi Jobir Agaverdiyev.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, kichkina vunderkind Ozarbayjon shoirlari she'rlari, xorijiy so'zlarni o'rganadi va yuzgacha raqamlarni sanashni biladi.
Sobir geografiyani oson o'rganadi va xaritalar bilan ishlaydi. Tezda daryolar, tog'lar, temir yo'llar va gidroelektrostantsiyalarni topib beradi.
Ota-onalar bolaning har kuni yangi narsalarni o'rganish istagi borligi uchun hamma narsani qilishga harakat qilishadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati