Volga bulg'orlari Islomni qabul qilinganiga 1100 yil to'lishi arafasida “Barakat” islomiy kitoblar kontseptual chakana savdo do'konining ochilish marosimi Moskva jome masjidi hududida bo'lib o'tadi.
Islamnews.ru xabariga ko'ra, tadbir shu yil 1 aprel' kuni soat 13.00 da Moskva shahridagi Viepolzov ko'chasi, 7-uyda o'tkaziladi. Bu poytaxtdagi birinchi ixtisoslashgan musulmon adabiyoti do'konidir.
“Barakat” do'koni moskvalik va mehmonlarni zaruriy Islomiy adabiyotlar bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan. Uning javonlarida Rossiya va Osiyo mamlakatlarining 15 dan ortiq tillarida chop etilgan kitoblar joy olgan. Ayni shu nomdagi kompaniyaning boshqa loyihalari – suvenir do'konlar, halol mahsulotlar bozori hamda tarixiy masjiddagi kiyim-kechak do'konini tashkil etishdan iborat.
Yangi kitob do'koni javonlarida Qur'oni karim, Islom shariati, aqida, Islom tarixi, Payg'ambarlar siyratlari, arab tili darsliklari, bolalar adabiyoti va boshqa mavzularga oid kitoblar o'rin olgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Halqaro aloqalar bo'limi
Cavol: Kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda ba’zan avtobusdan yo‘lkirani bermasdan tushib ketardim. Bu ishning og‘ir gunoh ekanini anglab yetdim. Buni qanday to‘g‘rilasam bo‘ladi? Taxminiy hisoblab, sadaqa qilsam bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Siz bu ishingiz uchun avvalo istig‘for aytib, tavba qilasiz. To‘lamagan yo‘lkiralaringizni taxminiy hisoblaysiz hamda o‘zingiz foydalangan avtobuslar boshqarmasidan yo‘lkiralar to‘lanadigan hisob raqamlari bo‘lsa, qarzlaringizni shunga o‘tkazib qo‘yasiz va shu bilan zimmangizdagi yukdan qutilasiz, inshaalloh. Agar ularda bunday imkoniyat bo‘lmasa, sadaqa qilib yuborasiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.