Shu yilning 9-24 mart kunlari yurtimiz masjidlarida faoliyat yuritayotgan bir guruh imom noiblari kasb-mahoratlarini oshirish uchun tashkil etilgan 72 soatlik malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tomomladilar.
Shu munosabat bilan O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Malaka oshirish markazida bitiruv tadbiri bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohimjon Inomov qatnashdilar va imom noiblarining kelgusidagi faoliyatlaridagi muhim vazifalariga urg'u qatratdilar.
Tadbir davomida imom noiblariga ikki haftalik malaka oshirish kursini tomomlaganlik haqida sertifikat topshirildi. O'z navbatida tinglovchilar ham Malaka oshirish markazidagi sharoitlar, mazmunli dars va mashg'ulotlar uchun minnatdorlik bildirishdi.
Ikki hafta mobaynida tinglovchilarga Islom tarixi va manbashunoslik, qur'onshunoslik va hadisshunoslik, fiqh va kalom ilmi yo'nalishida umumiy tayyorgarlik, umumkasbiy tayyorgarlik, mutaxassislik bo'yicha tayyorgarlik, tanlov fanlari bo'yicha mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.
Darslarga sohaning etuk mutaxassislari jalb etilgani mashg'ulotlarning qiziqarli, samarali bo'lishini ta'minladi hamda tinglovchilar qisqa vaqt ichida ko'plab zaruriy ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Umuman har bir imom-xatib va imom noibning bu kabi o'quvlarda ishtirok etishi ularning bilim va ko'nikmasi, kasbiy salohiyatini yanada oshishiga xizmat qiladi.
Ushbu malaka oshirish kursida imom noiblari o'rgangan ilmlarini xalqimiz diniy-ma'rifiy savodxonligini oshirish yo'lida sarf etishadi, inshaalloh.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Shu yil 3-7 yanvar kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining 237 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.
O‘quv-mashg‘ulotlari maxsus reja va dars jadvali asosida bo‘lib o‘tdi. Darslar zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol uslublar yordamida o‘tildi. Unga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari, yurtimizdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan ma’ruzachilar taklif qilindi.
Malaka oshirish davomida pedagog-o‘qituvchilarning davlat va din munosabatlari, o‘quv jarayonida pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanishda bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, talabalar orasida mutaassiblik va radikallashuvning oldini olish, ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati