Baroat kechasini zikr, duo va turli ibodatlar bilan bedor o'tkazish mustahab amallardan sanaladi.
Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadigan hadisda “Nabiy sallallohu alayhi vasallam: “Sha'bon oyi yarmidagi kechada Alloh taolo qarab ko'rib, jamiki maxluqotlarini mag'firat qilur. Bundan mushrik va xusumatchi mustasnodir”, dedilar (Imom Ibn Hibbon “sahihi”da, shuningdek, Imom Tabaroniy va Imom Bayhaqiylar rivoyat qilishgan).
ShA_''BON OYINING FAZILATLARI HAQIDA BATAFSIL
Alloh taolo hammamizni O'zi rozi bo'ladigan amallarga muvaffaq aylasin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay'ati.