O'zbekiston madaniyat vazirining o'rinbosari K.Akilova va Eronning O'zbekistondagi elchisi Hamid Nayirobodiy va Tehron universiteti vakillari o'rtasida videoanjuman shaklida muloqot o'tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA vazirlik ma'lumotiga tayanib.
Onlayn-tadbirda 2021 yilda O'zbekistondagi madaniy meros ob'ektlarini qayta tiklash qilish va yangilash uchun Eron ustalarini jalb etish, ushbu yo'nalishlar bo'yicha tajriba almashish, Tehron universitetida madaniy meros bo'yicha mutaxassislar malakasini oshirish, Anglashuv memorandumi imzolash, ikki davlat madaniy merosini asrab avaylash borasida qo'shma fond tashkil etish kabi masalalar muhokama etildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati