31 mart kuni Qozog'istonning Turkiston shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) norasmiy sammiti bo'lib o'tadi, deya xabar berdi «Dunyo» «Kazinform»ga tayanib.
Sammit Qozog'istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan chaqirilmoqda. Unda TTDHKga a'zo barcha davlatlar rahbarlari hamda mazkur tashkilot kuzatuvchisi hisoblangan Vengriya bosh vaziri ishtirok etishini tasdiqlagan.
«Gazeta.uz» xabariga ko'ra, sammit yakunlari bo'yicha Turkistonning Turk dunyosining ma'naviy poytaxti deb e'lon qilishni ko'zda tutgan deklaratsiyaning imzolanishi kutilmoqda.
TTDHK bir qator turkiy tilli davlatlarni (Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya va O'zbekiston, kuzatuvchi mamlakat Vengriya) birlashtiradi. Tashkilot kotibiyati Istanbulda (Turkiya) joylashgan. O'zbekiston 2019 yil 14 sentyabrda kengash a'zosi bo'ldi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV