Farishtalarning vazifalari
Farishtalarga xilma-xil vazifalar tayin qilingan. Ulardan ayrimlarining nomlari va qanday vazifani ado etishlari Qur'oni karimda va hadisi shariflarda xabar berilgan:
إِنَّهُۥ لَقَوۡلُ رَسُولٖ كَرِيمٖ١٩ ذِي قُوَّةٍ عِندَ ذِي ٱلۡعَرۡشِ مَكِينٖ٢٠ مُّطَاعٖ ثَمَّ أَمِينٖ٢١
“Albatta, u (Qur'on) bir ulug' elchi (Jabroil Alloh huzuridan keltirgan vahiy) so'zidir. (Jabroil) quvvatli, Arshning sohibi (Alloh) nazdida martabali, u joyda (farishtalar tomonidan) itoat etiluvchi va ishonchli zotdir”[1].
Alloh taolo Jabroil alayhissalomni payg'ambarlarga vahiy olib tushishdek ulug' vazifaga tayin qilgan. Bu haqida Qur'oni karimda shunday xabar berilgan:
وَإِنَّهُۥ لَتَنزِيلُ رَبِّ ٱلۡعَٰلَمِينَ١٩٢ نَزَلَ بِهِ ٱلرُّوحُ ٱلۡأَمِينُ١٩٣ عَلَىٰ قَلۡبِكَ لِتَكُونَ مِنَ ٱلۡمُنذِرِينَ١٩٤
“Albatta, (bu Qur'on) olamlar Parvardigorining nozil qilgan (kitob)idir. Uni Ruhul-amin (Jabroil) olib kelib ogohlantiruvchi (payg'ambar)lardan bo'lishingiz uchun qalbingizga tushirdi”[2].
مَن كَانَ عَدُوّٗا لِّلَّهِ وَمَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَرُسُلِهِۦ وَجِبۡرِيلَ وَمِيكَىٰلَ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَدُوّٞ لِّلۡكَٰفِرِينَ٩٨
“Kim Allohga, Uning farishtalariga, payg'ambarlariga, Jabroil va Mikoilga dushman bo'lsa, (bilib qo'ysinki) Alloh ham (unday) kofirlarga dushmandir”[3].
Mikoil alayhissalomni Alloh taolo yomg'ir va nabototlarga vakil qilgan.
وَنُفِخَ فِي ٱلصُّورِ فَصَعِقَ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِي ٱلۡأَرۡضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُۖ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ أُخۡرَىٰ فَإِذَا هُمۡ قِيَامٞ يَنظُرُونَ٦٨
“Sur chalinishi bilan osmonlar va Yerdagi bor jonzot o'ladi, illo Alloh xohlagan zotlargina (tirik qolurlar). So'ngra u yana bir bor chalinganda, nogoh ular (barcha xaloyiq tirilib, qabrlaridan) turib, (Allohning amriga) qarab turgaylar”[4].
Sur, Alloh taoloning buyrug'iga ko'ra Isrofil alayhissalom puflaydigan, shoxga o'xshash narsadir.
۞قُلۡ يَتَوَفَّىٰكُم مَّلَكُ ٱلۡمَوۡتِ ٱلَّذِي وُكِّلَ بِكُمۡ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُمۡ تُرۡجَعُونَ١١
“Sen: “Sizlarga vakil qilingan o'lim farishtasi jonlaringizni oladi, so'ngra Robbingizga qaytarilasiz", deb ayt”[6].
Ularning ishlari haqida shunday xabar berilgan:
حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَكُمُ ٱلۡمَوۡتُ تَوَفَّتۡهُ رُسُلُنَا وَهُمۡ لَا يُفَرِّطُونَ٦١
“Qachonki birortangizga o'lim kelsa, elchilarimiz kamchilikka yo'l qo'ymagan holda uni vafot ettiradir”[7].
“Arshni ko'tarib turadigan va uning atrofidagi (farishta)lar (yakkayu yagona) Parvardigorlariga hamd bilan tasbeh ayturlar”[8].
عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبَّاسٍ أَنَّهُ سَمِعَ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ إِنَّ الْجَنَّةَ لَتُنَجَّدُ وَتُزَيَّنُ مِنَ الْحَوْلِ إِلَى الْحَوْلِ لِدُخُولِ شَهْرِ رَمَضَانَ فَإِذَا كَانَتْ أَوَّلُ لَيْلَةٍ مِنْ شَهْرِ رَمَضَانَ هَبَّتْ رِيحٌ مِنْ تَحْتِ الْعَرْشِ يُقَالُ لَهَا الْمُثِيرَةُ تُصَفِّقُ وَرَقَ أَشْجَارِ الْجِنَانِ وَحَلَقَ الْمَصَارِيعِ يُسْمَعُ لِذَلِكَ طَنِينٌ لَمْ يَسْمَعِ السَّامِعُونَ أَحْسَنَ مِنْهُ فَيَثِبْنَ الْحُورُ الْعِينُ حَتَّى يَشْرُفْنَ عَلَى شَرَفِ الْجَنَّةِ فَيُنادِينَ هَلْ مِنْ خَاطَبٍ إِلَى اللهِ فَيُزَوِّجَهُ ثُمَّ يَقُلْنَ الْحُورُ الْعِينُ يَا رَضْوَانَ الْجَنَّةِ مَا هَذِهِ اللَّيْلَةُ فَيُجِيبُهُنَّ بِالتَّلْبِيَةِ ثُمَّ يَقُولُ هَذِهِ أَوَّلُ لَيْلَةٍ مِنْ شَهْرِ رَمَضَانَ فُتِحَتْ أَبْوَابُ الْجَنَّةِ عَلَى الصَّائِمِينَ مِنْ أُمَّةِ مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، قَالَ وَيَقُولُ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ يَا رَضْوَانُ افْتَحْ أَبْوَابَ الْجِنَّانِ وَيَا مَالِكُ أَغْلِقْ أَبْوَابَ الْجَحِيمِ عَلَى الصَّائِمِينَ مِنْ أُمَّةِ مُحَمَّدٍ، وَيَا جِبْرِيلُ اهْبِطْ إِلَى الاَرْضِ فَاصْفِدْ مَرَدَةَ الشَّيَاطِينِ وَغُلَّهُمْ بالاَغْلاَلِ ثُمَّ اقْذِفْهُمْ فِي الْبِحَارِ حَتَّى لاَ يُفْسِدُوا عَلَى أُمَّةِ مُحَمَّدٍ حَبِيبِي صِيَامَهُمْ. رَوَى الْبَيْهَقِىُّ فِى شُعَبِ الإِيْمَانِ
Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilinadi, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Jannat har yili Ramazon oyi kirishida bezak berilib, ziynatlantiriladi. Qachon Ramazon oyining birinchi kechasi bo'lganda, Arshning tagidan shamol esadi. O'sha (shamol) “Musiyro” (hayajonga soluvchi) deb nomlanadi. U jannatlardagi daraxtlarining barglarini va eshik tabaqalarining halqalarini tebratib o'tadi. Undan bir ohang eshitiladiki, eshituvchilar undan go'zalrog'ini eshitmagan bo'ladilar. Bundan ohu ko'z hurlar o'rinlaridan turib ketadilar va jannatning eng yuqorisiga ko'tarilib: “Alloh taolodan unashtirishni so'rovchi bormi, uni juftlab qo'yadi”, – deya nido qiladilar. So'ngra ohu ko'z hurlar: “ Ey jannat Rizvoni, bu qanday kecha?”, – deydilar. U talbiya aytib ularga javob beradi. So'ngra: “Bu Ramazon oyining avvalgi kechasidir, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ummatlaridan bo'lgan ro'zadorlarga jannat eshiklari ochildi”, – deydi. Yana u zot dedilar: Alloh azza va jalla: “Ey Rizvon, jannat eshiklarini ochgin, ey Molik, do'zax eshiklarini bekitgin, ey Jabroil, erga tushib isyonkor shaytonlarni bog'la va ularni temir bo'yinbog'lar bilan zanjirlab tashla, so'ngra ularni dengizlarga uloqtirki, do'stim Muhammad ummatining ro'zalarini buzmasinlar”, – deydi”, – deyotganlarini eshitgan”. Bayhaqiy “Shu'abul iymon”da keltirgan.
وَٱلۡمَلَٰٓئِكَةُ يَدۡخُلُونَ عَلَيۡهِم مِّن كُلِّ بَابٖ٢٣ سَلَٰمٌ عَلَيۡكُم بِمَا صَبَرۡتُمۡۚ فَنِعۡمَ عُقۡبَى ٱلدَّارِ٢٤
“So'ngra ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib: “Sabr qilganingiz uchun sizlarga Salom bo'lsin! Bu oqibat diyori qanday ham yaxshi!” (derlar)[9].
لَا تُبۡقِي وَلَا تَذَرُ٢٨ لَوَّاحَةٞ لِّلۡبَشَرِ٢٩ عَلَيۡهَا تِسۡعَةَ عَشَرَ٣٠
“U (biror kofirni) qoldirmas ham, (o'z holiga) qo'ymas ham (balki kuydirib, azob berur). (U) terilarni qoraytirib kuydiruvchidir. Uning ustida o'n to'qqiz (farishta qo'riqchilik qilur)”[10].
Zaboniyalarning boshlig'i Molik deb ataladi. Do'zaxga tushganlarning azobga chiday olmasdan Molikka nido qilishlari Qur'oni karimda shunday tasvirlangan:
وَنَادَوۡاْ يَٰمَٰلِكُ لِيَقۡضِ عَلَيۡنَا رَبُّكَۖ قَالَ إِنَّكُم مَّٰكِثُونَ٧٧
“Ular (do'zax farishtasiga): “Ey Molik! Parvardigoring bizga O'z hukmini qilsin (jonimizni olsin!)”, – deb nido qilganlarida, u (farishta): “Sizlar (shu azobda mangu) qoluvchidirsiz”, – deydi”[11].
وَإِنَّ عَلَيۡكُمۡ لَحَٰفِظِينَ١٠ كِرَامٗا كَٰتِبِينَ١١ يَعۡلَمُونَ مَا تَفۡعَلُونَ١٢
“Holbuki, sizlarning ustingizda (barcha so'zingiz va ishingizni) yodlab turuvchi (farishtalar) bor. (Ular nomai a'molga) yozuvchi ulug' zotlardir. (Ular) siz qilayotgan ishlarni bilurlar”[12].
Har bir balog'atga etgan, aqli raso bo'lgan insonning ikkala tarafida ham farishta bo'ladi. O'ng tarafdagi farishta uning solih amallarini, chap tarafidagi farishta esa yomon ishlarini yozib boradi:
إِذۡ يَتَلَقَّى ٱلۡمُتَلَقِّيَانِ عَنِ ٱلۡيَمِينِ وَعَنِ ٱلشِّمَالِ قَعِيدٞ١٧
“Zotan, o'ng va chap (tomon)da o'tirgan ikki (yozib turuvchi farishta) qabul qilib (yozib) tururlar”[13].
لَهُۥ مُعَقِّبَٰتٞ مِّنۢ بَيۡنِ يَدَيۡهِ وَمِنۡ خَلۡفِهِۦ يَحۡفَظُونَهُۥ مِنۡ أَمۡرِ ٱللَّهِۗ
“Uning (insonning) oldida ham, ortida ham ta'qib etuvchi (farishtalar) bo'lib, ular Allohning amri bilan uni muhofaza qilib tururlar”[14].
عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِنَّ اللَّهَ وَكَّلَ بِالرَّحِمِ مَلَكًا يَقُولُ أَىْ رَبِّ نُطْفَةً أَىْ رَبِّ عَلَقَةً أَىْ رَبِّ مُضْغَةً فَإِذَا أَرَادَ اللَّهُ أَنْ يَقْضِىَ خَلْقَهَا قَالَ يَا رَبِّ أَذَكَرٌ أَمْ أُنْثَى أَشَقِىٌّ أَمْ سَعِيدٌ فَمَا الرِّزْقُ فَمَا الأَجَلُ فَيُكْتَبُ كَذَلِكَ فِى بَطْنِ أُمِّهِ. رَوَاهُ الْبَيْهَقِىُّ
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo bachadonga bir farishtani tayin qilib qo'ygan. U: “Ey Robbim, “nutfa”[15] holatda, ey Robbim, “alaqa”[16] holatda, ey Robbim, “muzg'a”[17] holatda”, – deydi. Qachon Alloh taolo uning yaratilishini iroda qilsa, u: “Ey Robbim, o'g'ilmi yo qizmi, badbaxtmi yo baxtlimi, rizqi nima, ajali nima”, – deydi. Bas, o'shanday qilib onasining qornida yoziladi”, – dedilar”. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
عَنْ عَائِشَةَ زَوْج النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهَا قَالَتْ لِرَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَا رَسُولَ اللَّهِ هَلْ أَتَى عَلَيْكَ يَوْمٌ كَانَ أَشَدَّ مِنْ يَوْمِ أُحُدٍ فَقَالَ لَقَدْ لَقِيتُ مِنْ قَوْمِكِ وَكَانَ أَشَدَّ مَا لَقِيتُ مِنْهُمْ يَوْمَ الْعَقَبَةِ إِذْ عَرَضْتُ نَفْسِي عَلَى ابْنِ عَبْدِ يَالِيلَ بْنِ عَبْدِ كُلاَلٍ فَلَمْ يُجِبْنِي إِلَى مَا أَرَدْتُ فَانْطَلَقْتُ وَأَنَا مَهْمُومٌ عَلَى وَجْهِي فَلَمْ أَسْتَفِقْ إِلَّا بِقَرْنِ الثَّعَالِبِ فَرَفَعْتُ رَأْسِي فَإِذَا أَنَا بِسَحَابَةٍ قَدْ أَظَلَّتْنِي فَنَظَرْتُ فَإِذَا فِيهَا جِبْرِيلُ فَنَادَانِي فَقَالَ إِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ قَدْ سَمِعَ قَوْلَ قَوْمِكَ لَكَ وَمَا رُدُّوا عَلَيْكَ وَقَدْ بَعَثَ إِلَيْكَ مَلَكَ الْجِبَالِ لِتَأْمُرَهُ بِمَا شِئْتَ فِيهِمْ قَالَ فَنَادَانِي مَلَكُ الْجِبَالِ وَسَلَّمَ عَلَيَّ ثُمَّ قَالَ يَا مُحَمَّدُ إِنَّ اللَّهَ قَدْ سَمِعَ قَوْلَ قَوْمِكَ لَكَ وَأَنَا مَلَكُ الْجِبَالِ وَقَدْ بَعَثَنِي رَبُّكَ إِلَيْكَ لِتَأْمُرَنِي بِأَمْرِكَ فَمَا شِئْتَ إِنْ شِئْتَ أَنْ أُطْبِقَ عَلَيْهِمْ الْأَخْشَبَيْنِ فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَلْ أَرْجُو أَنْ يُخْرِجَ اللَّهُ مِنْ أَصْلَابِهِمْ مَنْ يَعْبُدُ اللَّهَ وَحْدَهُ لاَ يُشْرِكُ بِهِ شَيْئًا. مُتَّفَقٌ عَلَيهِ
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Ey Allohning Rasuli, sizda Uhud kunidan ham shiddatliroq biror kun bo'lganmi, deb so'rabdi. U zot: “Men qavming[18] sababidan yo'liqqan edim, o'sha qiyinchilik kunida ular tufayli yo'liqqan narsam shiddatliroq bo'lgan edi. Men Ibn Abdu Yalil ibn Abdu Kulolga taklif qilgan edim (ya'ni undan yordam so'ragan edim), u men xohlagan narsaga javob bermadi. Men xafa bo'lgan holatda yo'limga tushdim. Qornis Sa'libgacha to'xtamasdan yurdim. Boshimni tepaga ko'tarib, menga soya solib turgan bulutni ko'rdim. Qarasam, unda Jabroil bor ekan. U menga nido qilib: “Alloh azza va jalla qavmingning senga aytgan so'zini va seni rad qilganlarini eshitdi. Ular to'g'risida xohlagan narsangni buyurishing uchun senga tog'lar farishtasini jo'natdi”, – dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Shunda menga tog'lar farishtasi nido qildi va salom berdi. So'ngra: “Ey Muhammad, Alloh qavmingning senga aytgan so'zini eshitdi. Men tog'lar farishtasiman, meni Robbing xohlagan buyrug'ingni menga buyurishing uchun senga yubordi, agar xohlasang ularning ustilariga ikki baland tog'ni ag'daraman”, – dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Balki Alloh ularning sulblaridan yolg'iz Allohga ibodat qiladigan, Unga hech narsani sherik qilmaydigan kimsalarni chiqarishini umid qilaman”, – dedilar”. Muttafaqun alayh.
عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِنَّ لِلَّهِ عَزَّ وَجَلَّ مَلاَئِكَةً سَيَّاحِينَ فِي الاَرْضِ يُبَلِّغُونَنِي مِنْ أُمَّتِي السَّلاَمَ. رَوَاهُ اَحْمَدُ
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh azza va jallaning erda kezib yuradigan farishtalari bor. Ular menga ummatimdan salom etkazadilar”, – dedilar”. Ahmad rivoyat qilgan.
عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ أَنَّ رَسُولَ الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَقُولُ دَعْوَةُ المَرْءِ المُسْلِمِ لأَخيهِ بِظَهْرِ الغَيْبِ مُسْتَجَابَةٌ عِنْدَ رَأْسِهِ مَلَكٌ مُوَكَّلٌ كُلَّمَا دَعَا لأَخِيهِ بِخَيْرٍ قَالَ المَلَكُ المُوَكَّلُ بِهِ آمِينَ وَلَكَ بِمِثْلٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ
Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining birodari haqqiga maxfiy qilgan duosi mustajobdir. Uning boshida vakil qilingan bir farishta bo'ladi, u birodari haqqiga xayrli duo qilgan paytda, vakil qilingan farishta: “Omiyn, senga ham shunday bo'lsin”, – deb turadi”, – degan edilar”. Muslim rivoyat qilgan.
عَن أَبِي هُرَيْرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ إِذَا خَرَجَتْ رُوحُ الْمُؤْمِنِ تَلَقَّاهَا مَلَكَانِ يُصْعِدَانِهَا قَالَ حَمَّادٌ فَذَكَرَ مِنْ طِيبِ رِيحِهَا وَذَكَرَ الْمِسْكَ قَالَ وَيَقُولُ أَهْلُ السَّمَاءِ رُوحٌ طَيِّبَةٌ جَاءَتْ مِنْ قِبَلِ الْأَرْضِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْكِ وَعَلَى جَسَدٍ كُنْتِ تَعْمُرِينَهُ فَيُنْطَلَقُ بِهِ إِلَى رَبِّهِ عَزَّ وَجَلَّ ثُمَّ يَقُولُ انْطَلِقُوا بِهِ إِلَى آخِرِ الْأَجَلِ قَالَ وَإِنَّ الْكَافِرَ إِذَا خَرَجَتْ رُوحُهُ قَالَ حَمَّادٌ وَذَكَرَ مِنْ نَتْنِهَا وَذَكَرَ لَعْنًا وَيَقُولُ أَهْلُ السَّمَاءِ رُوحٌ خَبِيثَةٌ جَاءَتْ مِنْ قِبَلِ الْأَرْضِ قَالَ فَيُقَالُ انْطَلِقُوا بِهِ إِلَى آخِرِ اللأَجَلِ قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ فَرَدَّ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَيْطَةً كَانَتْ عَلَيْهِ عَلَى أَنْفِهِ هَكَذَا. رَوَاهُ مُسْلِمُ
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachon mo'minning ruhi chiqsa, uni ikki farishta qabul qilib olib yuqoriga olib chiqadilar”. Hammod aytadi (ushbu hadis roviylaridan biri): (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam) uning hidining xushbo'yligini ayta turib mushkni zikr qilib dedilar: “Samo ahli aytadilar: Ey er tarafdan kelgan muattar ruh, senga va sen egallagan jasadga Allohning rahmati bo'lsin. Uni Robbisi azza va jallaga olib boradilar. So'ngra (Robbisi): “Uni (qiyomat kunigacha belgilangan) oxirgi makonga olib boringlar”, – deydi. Yana dedilar: “Qachon kofirning ruhi chiqsa, Hammod aytadi: (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam) uning hidining badbo'yligini ayta turib, la'natni zikr qilib dedilar: Samo ahli er tarafdan kelgan iflos ruh deb aytadilar. Uni oxirgi makonga (qiyomat kunigacha belgilangan sijjinga) olib boringlar, deyiladi”, – dedilar”. Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ustilaridagi choyshabni burnilariga bunday qilib yopdilar”. (Huddi kofir ruhining badbo'y hididan burunlarini to'sgan kabi). Muslim rivoyat qilgan.
عَن أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذَا قُبِرَ الْمَيِّتُ أَوْ قَالَ أَحَدُكُمْ أَتَاهُ مَلَكَانِ أَسْوَدَانِ أَزْرَقَانِ يُقَالُ لِأَحَدِهِمَا الْمُنْكَرُ وَالْآخَرُ النَّكِيرُ فَيَقُولَانِ مَا كُنْتَ تَقُولُ فِي هَذَا الرَّجُلِ فَيَقُولُ مَا كَانَ يَقُولُ هُوَ عَبْدُ اللَّهِ وَرَسُولُهُ أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَأَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ فَيَقُولاَنِ قَدْ كُنَّا نَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُولُ هَذَا ثُمَّ يُفْسَحُ لَهُ فِي قَبْرِهِ سَبْعُونَ ذِرَاعًا فِي سَبْعِينَ ثُمَّ يُنَوَّرُ لَهُ فِيهِ ثُمَّ يُقَالُ لَهُ نَمْ فَيَقُولُ أَرْجِعُ إِلَى أَهْلِي فَأُخْبِرُهُمْ فَيَقُولاَنِ نَمْ كَنَوْمَةِ الْعَرُوسِ الَّذِي لاَ يُوقِظُهُ إِلاَّ أَحَبُّ أَهْلِهِ إِلَيْهِ حَتَّى يَبْعَثَهُ اللَّهُ مِنْ مَضْجَعِهِ ذَلِكَ وَإِنْ كَانَ مُنَافِقًا قَالَ سَمِعْتُ النَّاسَ يَقُولُونَ فَقُلْتُ مِثْلَهُ لاَ أَدْرِي فَيَقُولاَنِ قَدْ كُنَّا نَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُولُ ذَلِكَ فَيُقَالُ لِلأَرْضِ الْتَئِمِي عَلَيْهِ فَتَلْتَئِمُ عَلَيْهِ فَتَخْتَلِفُ فِيهَا أَضْلاَعُهُ فَلاَ يَزَالُ فِيهَا مُعَذَّبًا حَتَّى يَبْعَثَهُ اللَّهُ مِنْ مَضْجَعِهِ ذَلِكَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيّ
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachon mayyit qabrga qo'yilsa, yo[19] sizlardan birlaringiz qabrga qo'yilsa, unga ikkita qora ko'k farishtalar keladilar. Ularning biri Munkar, ikkinchisi Nakir deyiladi. Ular: “Bu kishi haqida nima derding”, – deydilar. U oldin aytgan narsasini aytadi: “U Allohning bandasi va Rasulidir, guvohlik beramanki, Allohdan o'zga iloh yo'qdir, Muhammad Uning bandasi va Rasulidir”, – deydi. Ular: “Sening shunday deyishingni bilardik”, – deydilar. So'ngra uning qabri etmishga etmish ziro' qilib kengaytiriladi. So'ngra u er uning uchun charog'on qilinadi. So'ngra unga, “uxla” deyiladi. U: “Ahlimga qaytib ularga xabar beray”, – deydi. Ular: “Sen oilasining eng sevimli kishisi uyg'otadigan yangi uylangan kuyovning uyqusidek uxlagin”, – deydilar. U to Alloh taolo uni o'sha yotgan joyidan qayta tiriltirgunicha shunday yotadi. Agar munofiq bo'lsa: “Odamlarning aytayotganlarini eshitgan edim, men ham o'shanday deganman, bilmayman”, – deydi. Ular: “Biz sening shunday deyishingni bilardik”, – deydilar. O'sha payt erga: “Uning ustida birlashgin!” – deyiladi. Yer uning ustida birlashadi, o'shanda uning qovurg'alari aralashib ketadi. U to Alloh taolo uni o'sha yotgan joyidan qayta tiriltirgunicha doimo azoblanib turadi”, – dedilar”. Termiziy rivoyat qilgan.
Farishtalar vafot etadilarmi?
Isrofil alayhissalom surga puflagan paytda Alloh ularning vafot etmasliklarini xohlagan ba'zi farishtalardan tashqari qolgan barcha farishtalar vafot etadilar. Bunga quyidagi oyatda dalolat qiladi:
وَنُفِخَ فِي ٱلصُّورِ فَصَعِقَ مَن فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِي ٱلۡأَرۡضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُۖ ثُمَّ نُفِخَ فِيهِ أُخۡرَىٰ فَإِذَا هُمۡ قِيَامٞ يَنظُرُونَ٦٨
“Va surga puflandi. Osmonlaru erda kim bo'lsa qulab o'ldi. Magar Alloh xohlaganlargina qoldi. So'ngra unga yana bir bor puflandi. Bas, to'satdan ular turib intizor bo'lurlar”[20].
Imom Moturidiy rohmatullohi alayh ushbu: “Magar Alloh xohlaganlargina qoldi” oyatini, “ular Jabroil, Mikoil, Isrofil va Malakul mavtlardir, vallohu a'lam”, deya tafsir qilgan. Imom Bayhaqiy Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda mazkur farishtalarning ham birma-bir vafot etishlari xabar berilgan.
Har bir qilayotgan amallarimizni farishtalarning kuzatib yozib borayotganlarini doimo yodimizda saqlab, yaxshi amallarimizning adadlari va sifatlarini oshirib borish baxtiga Alloh taolo barchalarimizni muvaffaq qilsin.
KYeYINGI MAVZULAR:
HOTAMUL ANBIYo HAQIDA E_''TIQODIMIZ
HOTAMUL ANBIYoNING SIFATLARI
[1] Takvir surasi, 19, 21-oyatlar.
[2] Shuaro surasi, 192, 194-oyatlar.
[3] Baqara surasi, 98-oyat.
[4] Zumar surasi, 68-oyat.
[5] Abu Bakr Jobir Jazoriy. Aysarut-Tafosir likalamil Aliyil Kabir. – Bayrut: “Maktabatul ulum val hikam”, 2002. – B. 1189.
[6] Sajda surasi, 11-oyat.
[7] An'om surasi, 61-oyat.
[8] G'ofir surasi, 7-oyat.
[9] Ra'd surasi, 23, 24-oyatlar.
[10] Muddassir surasi, 28, 30-oyatlar.
[11] Zuxruf surasi, 77-oyat.
[12] Infitor surasi, 10, 12-oyatlar.
[13] Qof surasi, 17-oyat.
[14] Ra'd surasi, 11-oyat.
[15] Nutfa lug'atda “ozgina suv” ma'nosini anglatadi. Istilohda erkak kishidan ajralib chiqadigan urug' “nutfa” deyiladi. Bu urug' ozgina suvga o'xshagani uchun “nutfa” deb nomlangan.
[16] Alaqa lug'atda “qon shimadigan kichkina qora qurt” ya'ni, zuluk ma'nosini anglatadi. Istilohda bachadonga yopishib undagi qonni shimib turadigan homila “alaqa” deyiladi.
[17] Muzg'a lug'atda “kichkina bir bo'lak go'sht” ma'nosini anglatadi. Istilohda “alaqa”dan keyingi bosqichdagi homila “muzg'a” deyiladi. Muzg'aning kattaligi bir chaynam go'sht miqdorida bo'ladi.
[18] Ya'ni Quraysh mushriklari sababli Toifga chiqib, ulardan yordam so'rashga majbur bo'lganlar.
[19] Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu ikki gapdan qaysi birini aytganlarini roviy aniq bila olmagani sababli omonatdorlik bilan har ikkalasini ham aytib qo'ygan. Hadis ilmida bunday holatni “roviydan shak” deyiladi.
[20] Zumar surasi, 68-oyat.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Mamlakatimiz aholisining 64 foizini yoshlar tashkil etadi. Farzandlarimizning ilmli, axloqli bo‘lib kamolga yetishlariga uyda ota-onalar, o‘quv yurtlarida esa muallim va ustozlar astoydil jon kuydirishlari kerak. O‘g‘il-qizlarimizni ilm-ma’rifatga oshno qilishdan hech kim chetda turmasligi lozim. Jadidchi allomalarimizdan birlari: “Farzand tarbiyasiga loqayd qaragan millat inqirozga mahkumdir”, deb bejizga aytmagan.
Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga yetadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom bo‘ladi. Zotan, ota‑onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi. Amaliy shukr – berilgan ne’matni ne’mat beruvchi zotni rozi qiladigan tarzda tasarruf qilish bilan bo‘ladi. Binobarin, farzand ne’matiga amaliy shukr qilish o‘sha farzandni Alloh taologa itoat qiladigan banda qilib tarbiyalash bilan yuzaga chiqadi. Farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni qanchalar katta ekanini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflaridan bilib olamiz.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Har bir tug‘ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) ila tug‘iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi. Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug‘ishiga o‘xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?» dedilar.
So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu «Agar xohlasangiz: «(Bu) Alloh odamlarni yaratgan asl fitratdir. Allohning yaratganini o‘zgartirib bo‘lmas. Ushbu to‘g‘ri dindir», degan oyatni o‘qing», der edi» (To‘rtovlari rivoyat qilishgan).
Ushbu muborak hadisi sharifda Alloh taolo insonlarni yaratish paytida sof tabiat bilan yaratsa ham, keyinchalik insonlar, xususan, ota-ona tarbiyasi sababli bu soflikka futur yetishi, uning buzilishi haqida so‘z ketmoqda.
“Fitrat” sof tabiat, dinni to‘g‘ri qabul qilishga bo‘lgan qobiliyat deganidir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dunyoda tug‘iladigan har bir bola sof tabiat bilan, Alloh taoloning dinini qabul qilish qobiliyati bilan tug‘ilishi haqida xabar bermoqdalar.
Demak, Alloh taolo hech kimni avvaldan sen yahudiy bo‘lasan, sen nasroniy bo‘lasan, sen majusiy bo‘lasan, deb majbur qilmaydi. Odamlarning turli dinga mansub bo‘lishiga sabab bor:
«Bas, ota-onasi uni yahudiy, nasroniy yoki majusiy qiladi».
Ya’ni, ota-onalar bolalarini o‘z dinlarida tarbiyalashlari oqibatida bolalarning sof tabiati buzilib, yahudiy, nasroniy va majusiy bo‘lib qoladilar.
Shu joyda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ushbu ma’noni to‘liqroq tushuntirish maqsadida sahobai kiromlarga hissiy bir misol keltirmoqdalar.
«Bu xuddi hayvonning bus-butun hayvon tug‘ishiga o‘xshaydi. Siz unda quloq-burni kesilganini his qilganmisiz?».
Ya’ni har bir hayvon bolasi onasidan bus-butun tug‘iladi. Birortasining qulog‘i yoki burni kesilmagan bo‘ladi. Ammo, egalari belgi qo‘yish maqsadida va yana boshqa niyatda ularning quloqlarini, burunlarini kesadilar va hokazo. Shunga o‘xshab, inson ham onadan sof tabiat bilan tug‘iladi, u yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo‘lib tug‘ilmaydi. Ota-onasining tarbiyasi tufayli yahudiy, nasroniy yoki majusiy bo‘ladi.
Alloh taolo bu dunyodagi narsalarni sababiyat qonuni ila bir-biriga bog‘lab qo‘ygan. Och inson taom yemasa, qorni to‘ymaydi. Ota-ona qo‘shilmasa, bola tug‘ilmaydi. Xuddi shuningdek, tarbiya bo‘lmasa, inson tarbiya ko‘rgan bo‘lib voyaga yetmaydi. Shuning uchun ham Islomda bola tarbiyasiga alohida e’tibor beriladi.
Tarbiya haqida Imom G‘azzoliyning «Ihyou ulumud-din» kitobida bunday deyiladi: “Bola ota-ona qo‘lida bir omonatdir. Qalbi turli naqsh va rasmlardan pok, nima naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa, moyil bo‘laveradi. Agar yaxshilikka undalsa va o‘rgatilsa, uning ustida o‘saveradi, dunyo va oxiratda saodatli bo‘ladi, ota-onasi hamda odob, ta’lim-tarbiya berganlar barchasi savobiga sherik bo‘lishadi. Agar yomonlikka undalsa va hayvon kabi bo‘sh qo‘yilsa, yomonlikka uchraydi, halok bo‘ladi va unga qarab turgan kishi zimmasiga gunohkorlik tushadi”.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Avlodlaringizni, birinchidan: “Allohni sevadigan qilib tarbiyalanglar...” Chunki Alloh taolo uni yo‘qdan bor etib, ota-onani uning dunyoga kelishiga sababchi qildi. Va ularning qalblariga farzand mehru muhabbatini soldi. Agar Alloh taolo farzand muhabbatini qalbga solmaganida, uni bag‘riga bosmasdi, rahm-shafqat qilmasdi, ko‘chaga tashlab ketgan bo‘lardi. Shuning uchun farzand Alloh taoloni sevib, unga shukrlar qilishi lozim.
Ikkinchidan: “Allohning Rasulini sevadigan qilib tarbiyalanglar”. Chunki Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni xalq orasidan tanlab olib, xalqqa Payg‘ambar qilib yuborgan. Qur’oni karimning Anbiyo surasi 107-oyatida ul zotni “Biz sizni (butun) olamlarga rahmat qilib yuborganmiz”, deyilgan. Payg‘ambarimiz insonlarga ota-onasidan ham mehribonroq bo‘lgan, dunyodagi barcha yaxshiliklarni o‘rgatgan zot, butun dunyo ahlining ustozi sanaladi.
Uchinchidan: “Allohning Kitobini sevadigan qilib tarbiyalanglar...”. Chunki bu Kitob insoniyatni hidoyatga chorlaydi.
Bu uchta talab inson farzandiga o‘rgatilishi lozim bo‘lgan qoidalardan sanaladi.
Hazrati Payg‘ambarimiz sollalloxu alayxi vasallam aytdilar: “Ota-ona o‘z bolasiga go‘zal odobdan ko‘ra afzal narsa bera olmaydi”.
Albatta, farzand ilmli va odobli bo‘lsa ota–ona hurmatini va haq-huquqlarini yaxshi ado qiladi. Oilada yaxshi tarbiya topgan farzand yaxshi va yomonni farqlay oladi. Qaysi oilada, qaysi mahallada yoshlar tarbiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilar ekan, o‘sha oila, o‘sha mahalla, o‘sha yurt gullab yashnaydi. Bu esa jamiyatning ravnaq topishiga olib keladi.
Davomi bor...
Muhammad Quddus ABDULMANNON,
Xo‘jaobod tumani “Yetti chinor” jome masjidi imom noibi.