Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

“Oskar” tanloviga ilk musulmon aktyor nomzodi qo'yildi

20.03.2021   2679   1 min.
“Oskar” tanloviga ilk musulmon aktyor nomzodi qo'yildi

Tarixda birinchi marta musulmon aktyor Akademiya mukofotiga nomzod qilib ko'rsatilgan. Rizvon Ahmad “Eng yaxshi aktyor” nomitsiyasiga da'vogarlik qilmoqda. U "Metall ovozi" fil'mida bosh rolni ijro etgan. Chedvik Bouzman, Entoni Hopkins, Gari Oldman va Stiven Yon bu nominatsiyada u bilan kurash olib borishadi.

Rizvon Ahmad Buyuk Britaniyada tug'ilib o'sgan. Uning ota-bobolari Pokiston Hindistondan ajralganidan keyin Angliyaga ko'chib o'tishdi.

Islam.ru ma'lumotlarnia ko'ra, aktyor ko'pincha o'zining musulmon kelib chiqishini ta'kidlaydi va ko'pincha islom dunyosining dolzarb masalalari – qochqinlar, islomofobiya va zamonaviy kinodagi musulmonlar obrazi haqida o'z fikrlarini bildiradi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ushbu oyatga quloq tuting!

04.08.2025   230   1 min.
Ushbu oyatga quloq tuting!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Siz hech qachon yutqazmaydigan, kasodga uchramaydigan uchta tijoriy kelishuv haqida eshitganmisiz? Unda ushbu oyatga quloq tuting:

"Albatta, Allohning Kitobini tilovat qiladiganlar, 
- namozni to‘kis ado etib, 
- Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora nafaqa qiladiganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo‘lurlar"
(Fotir surasi, 29-oyat).

Izoh: "..hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo‘lurlar". Bu ushbu oyatning asosiy xulosasidir. Dunyodagi tijoratda foyda ham, zarar ham bo‘lishi mumkin. Lekin yuqorida sanab o‘tilgan uch amalni – Qur’on tilovati, namoz va infoqni – bajargan insonlar Alloh bilan bo‘lgan "tijorat"dan hech qachon yutqazmaydilar. Bu tijoratning foydasi bu dunyoda ham, u dunyoda ham bo‘ladi. Bu dunyoda qalb xotirjamligi, baraka, hayotda ma’no topish kabilar, u dunyoda esa Allohning roziligi, jannat va abadiy saodatdir. Bu tijorat – haqiqiy va abadiy muvaffaqiyatdir.

Doktor Ahmad Iso Ma’soraviy

Maqolalar