Sayt test holatida ishlamoqda!
10 May, 2025   |   12 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:37
Quyosh
05:10
Peshin
12:24
Asr
17:22
Shom
19:33
Xufton
21:00
Bismillah
10 May, 2025, 12 Zulqa`da, 1446

Davriy nashrlarda: Muqaddas kitoblarda ham o'xshashi yo'q bir sura

16.03.2021   1950   7 min.
Davriy nashrlarda: Muqaddas kitoblarda ham o'xshashi yo'q bir sura

“Hamd olamlarning Rabbi – Allohgakim, (U) Mehribon, Rahmli va jazo (va mukofot) kunining (qiyomat kunining) egasidir. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina yordam so'raymiz. Bizni shunday to'g'ri yo'lga yo'llaginki, u Sen in'om etgan zotlarning yo'li (hidoyat yo'li) bo'lsin, g'azabga uchragan va adashganlarning emas!” (Fotiha ­surasi).

Hadisda bunday deyiladi: «Alloh Tavrotda ham, Injilda ham Fotihaga o'xshash surani nozil qilmagan. U etti takrorlanuvchi (oyatlardan ­iborat)dir. (Alloh:) “U Men bilan bandam o'rtasida ikkiga taqsimlangan. Bandam uchun so'ragani (beriladi)”». Demak, Fotiha surasini o'qigandan keyin ixlos bilan duo qilinsa, tilaklar ijobat bo'ladi. .

Ibn Abbos roziyallohu anhumo rivoyat qiladi: “Nabiy alayhissalom Jabroil alayhissalom bilan birga edilar. Shu payt tepadan ovoz eshitildi. Jabroil alayhissalom osmonga qarab: “Bu – osmondan ochilgan eshik. U hech qachon ochilmagandi”, dedi. So'ng Payg'ambarimiz alayhissalom huzurlariga bir farishta tushib: “Ikki nur bilan xursand bo'ling. Bu ikkisi sizdan oldingi hech bir payg'ambarga berilmagan. Ular Fotiha surasi bilan Baqaraning oxirgi oyatlaridir.
Fotiha surasining bir nechta nomlari bo'lib, ulardan mashhurlari quyidagilar: “Fotiha”, ya'ni ochuvchi. Nozil bo'lish jihatidan emas, balki tartib bo'yicha Qur'onni ochuvchi dir. Ibn Jarir Tabariy rahimahulloh: “Fotihatul Kitab” (Kitobning ochuvchisi), sababi Mushaf uni o'qish bilan boshlanadi, shuningdek, namozlar(ni boshlash)da o'qiladi”, degan.

“Kitoblar onasi”. Fotiha Qur'onning mazmunini, Islom dini asoslarini o'zida jamlaydi. Unda Alloh taologa sano, Rububiyatining isboti, buyruq va qaytariqlariga bo'ysunish, hidoyat va imonda sobit turish, o'tgan ummatlar qissalari, saodatga erishganlarning hamda badbaxtlarning xa barlari bor. Hasan Basriy rahimahulloh aytadi: “Alloh taolo avvalgi kitoblar ilmini Qur'onda jamladi. Qur'on ilmini Mufassalda, Mufassal ilmini Fotihada jamladi. Kim Fotiha surasi tafsirini o'rgansa, nozil etilgan barcha (samoviy) kitoblar mazmunidan xabardor bo'ladi”.

“Sab'ul masoniy”, ya'ni etti takrorlanuvchi. Namozda takror, qayta­qayta o'qiladi. Sahobalar: “Darhaqiqat, Biz sizga etti takrorlanuvchi ni ato etdik…”­ (Hijr­ sura­si,­ 87-) oyatini Fotiha surasi nazarda tutilmoqda, deb tafsir qilishgan. Imom Ahmad rahimahulloh rivoyat qiladi: «Ubay ibn Ka'b Nabiy alayhissalomga “Ummul Qur'on”ni o'qib berdi. Nabiy alayhissalom: “Jonim izmida bo'lgan Zotga qasam, Tavrotda ham, Injilda ham, Zaburda ham, hatto Qur'oni karimda ham ushbu (Fotiha)ga o'xshash sura nozil bo'lmagan. U Sab'ul masoniy va menga berilgan buyuk Qur'ondir”, deb marhamat qildilar»
Ushbu sura “Allohga hamd” bilan boshlanadi. Hamd ulug'lash, qadrlash borasida go'zal maqtovdir. Imom Qurtubiy rahimahulloh: “Hamd” arablar kalomida: “Komil maqtov”, ma'nosidadir. Hamd aytish tanbehning ziddidir. Shukrdan ko'ra umumiyroq. Imom Tabariy rahimahulloh: “Hamd bilan shukr bir ma'noda. Masalan: “Allohga shukr qilib hamd aytdim”, deb fikr bildiradi. Lekin Imom Qurtubiy rahimahulloh: “Hamd yaxshilik ko'rsatmagan taqdirda ham maqtalganni maqtashdir. Shukr esa yaxshiligi tekkandan keyin maqtaluvchini maqtashdir. Mana shunga ko'ra hamd shukrdan ko'ra umumiyroq”, deydi.

“Olamlar Rabbi”. “Rabb” lafzi lug'atda “tarbiyachi” ma'nosida. Ya'ni, o'zga bir shaxsning ishlarini to'g'rilash va boshqarishdir.

“Olamlar” ya'ni, “olam” so'zining ko'pligi. Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «“Olamlar Rabbi” ya'ni, insonlar, jinlar va farishtalar Rabbisi», deb tafsir qilgan. Faroi va Abu Ubayda rahimahumulloh: «Olam oqillardan iborat. Ular to'rt ummatdir: “Insonlar, jinlar, farishtalar va shaytonlar. Hayvonlar g'ayri oqildirlar. ”Olamlar” deb ko'plikda aytilishiga sabab xossatan oqillarni jamlagani uchundir», deb fikr bildirishadi. Ba'zi ulamolar: “Maxluqlarning har bir turi bir olam: inson, jin, farishta, qushlar, nabotot va jamodot olamlari. “Olamlar Rabbi” mana shu barcha turdagi olamlarni jamlaydi”, deyishadi.

“(U) Mehribon, Rahmli”. Alloh taoloning rahmat sifatidan ajralib chiqqan ikki sifatidir. Har biri muayyan ma'noga dalolat qiladi. “Rahmon”, ya'ni “mehribon” – rahmati buyuk, deganidir. Rahmat turlarini barchasini o'zida jamlovchi ushbu ism haqida aksar ulamolar: “Rahmon” Alloh azza va jallaga xos ism, Parvardigordan boshqani ushbu ism bilan nomlash mumkin emas”, degan fikrdalar. Alloh taoloning ushbu so'zi kabi: “Alloh, deb chorlangiz yoki Rahmon deb chorlangiz” (Is­ro­surasi,­110-oyat).

Rahim” rahmati doimiyligi ma'nosidadir. Imom Hattobiy aytadi: «“Rahmon” maxluqotlarining rizqlaridan tortib manfaatlarini ham qamrovchi Rahmat egasi”, ma'nosida. Bu sifat mo'min va kofirga ham umumiy. Ammo “Rahim” faqat mo'minlarga xos. Parvardigorning ushbu oyati kabi: “U mo'minlarga mehribondir” (Ahzob­ surasi,­ 43-oyat). Musaylama kazzob o'zini “Yamomaning Rahmoni”, deb nomlashga jur'at etdi. Shu zahotiyoq quloqlari ostida “kazzob” sifati yangradi. Alloh taolo Musaylamani faqat mana shu vasf bilan taniladigan etib qo'ydi.

“Jazo (va mukofot) kunining (qiyomat kunining) egasidir”. Jazo va hisob kuni. Ya'ni, Alloh taolo jazo kunini xuddi podshoh mulkini ta­sarruf etganday boshqaradi. Arab tilidagi “diyn” lafzi “jazo” ma'nosida, “jazo” lafzi esa: ham jazo, mukofot ma'nosida keladi.

“Sengagina ibodat qilamiz”. Horlanamiz, qo'rqamiz, bo'ysunamiz. Sababi, bandalikning ma'nosi: xorlik va yordam so'rab murojaat etishdir. Shunda oyatning ma'nosi: “Yo Alloh, Sengagina xorlanamiz, bo'ysunamiz, ibodatga faqat Seni loyiq bilamiz. Boisi, Sen barcha ulug'lik va hurmatga munosibsan. Aslo Sendan o'zgaga ibodat qilmasmiz”.

“Va Sendangina yordam so'raymiz”. Sendan madad, quvvatlash va tavfiq so'raymiz. Yordam so'rashda faqat Seni xoslaymiz. Sengina yordam, fazl va ehson manbaidirsan.

Ushbu oyatdagi murojaat birlikda emas, aksincha ko'plikda kelmoqda. Bu bandaning Alloh taolo qarshisida yolg'iz turishga qosirlik qilishini e'tirof etishidir. Go'yoki u: “Huzuringda yolg'iz o'zim turib murojaat etishga loyiq emasman. Gunohlarim va qusurlarimdan xijolatdaman. Balki men boshqa musulmonlar safiga qo'shilaman. Duoimni ularniki bilan birga qabul et. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so'raymiz”, demoqda.

“Bizni yo'llaginki”. Haqqa etkazuvchi to'g'ri yo'lga dalolat qil, muvaffaq ayla, U tomon boshla. O'zingga yaqinlashtiradigan hidoyat yo'lingni ko'rsat. “Shunday to'g'ri yo'lga”, mo''tadil yo'lingga.

 

Davomi bor….

“Hidoyat” jurnalining 2020 yil 12-sonidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Navoiy imomlarining sayyor seminari Uchquduqda o‘tkazildi

08.05.2025   4215   1 min.
Navoiy imomlarining sayyor seminari Uchquduqda o‘tkazildi

 

O'zbekiston yangiliklari