Sayt test holatida ishlamoqda!
14 May, 2025   |   16 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:05
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:37
Xufton
21:05
Bismillah
14 May, 2025, 16 Zulqa`da, 1446

Tojikiston va Afg'onistonning taniqli ulamolari xalqaro anjumanda qatnashish uchun yurtimizga keldi

14.03.2021   2898   3 min.
Tojikiston va Afg'onistonning taniqli ulamolari xalqaro anjumanda qatnashish uchun yurtimizga keldi

Bugun, 14 mart kuni O'zbekiston muslmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofur Ahmedov, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov, Diniy idora ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov va boshqa mutasaddilar Samarqandga tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi delegatsiyasini “Jartepa” chegara maskanida kutib oldilar.

Shuningdek, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon qori Ishmatbekov Samarqand viloyatida bo'lib o'tadigan anjumanga Afg'oniston Haj va Vaqf ishlari vaziri boshchiligidagi ulamolarni Surxondaryo viloyatida kutib oldi.

Bugun mehmonlar Samarqand viloyatidagi muborak qadamjolarni ziyorat qiladilar.

Eslatib o'tamiz, ertaga 15 mart kuni bo'lib o'tadigan xalqaro anjumanda O'zbekiston, Afg'oniston va Tojikistondagi diniy soha rahbarlari, etuk ulamolar, mutaxassis va mutasaddi vakillar ishtirok etadi.

Safar jarayonlari va anjuman haqidagi ma'lumotlarni saytimizda kuzatib boring.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi  va

Din ishlari bo'yicha qo'mita matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston muzeylari Islom sivilizatsiyasi markaziga bir yarim mingdan ortiq eksponatlarni taqdim etdi

13.05.2025   4965   1 min.
O‘zbekiston muzeylari Islom sivilizatsiyasi markaziga bir yarim mingdan ortiq eksponatlarni taqdim etdi

 

Ularning 80 foizi asl eksponatlardir!

Bu haqda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kengaytirilgan Ilmiy kengashning uchrashuvida to‘xtalib o‘tildi.  Markaz katta ilmiy xodimi Alisher Egamov ilmiy ekspeditsiya yakunlari haqida gapirib berdi.

Islom sivilizatsiya markazi Axborot xizmati

VIDEO