Ertaga, 15 mart kuni Samarqand viloyatida “Imom Buxoriy merosining o'ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati” mavzusida xalqaro konferentsiya o'tkaziladi. Unda O'zbekiston, Afg'oniston va Tojikistondagi diniy soha rahbarlari, etuk ulamolar, mutaxassis va mutasaddi vakillar ishtirok etadi.
Nufuzli xalqaro anjuman quyidagi mavzularga bag'ishlanadi:
1. Imom Buxoriy merosining o'ziga xos xususiyatlari, afzalliklari;
2. Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati va millatlararo totuvlikni ta'minlashdagi o'rni;
3. Markaziy Osiyo davlatlarida millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik, yaxshi qo'shnichilik va hamjihatlik, diniy-milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda O'zbekistonda so'nggi yillarda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ijobiy yangilanishlar va o'zgarishlarni targ'ib qilish.
Halqaro anjumanda o'z ona tilida chiqish qilgan har bir ma'ruzachining nutqi tarjimonlar tomonidan tegishli tillarga tarjima qilinadi.
Ushbu xalqaro tadbir tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati