Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

Musulmonlar bilan mashhur bo'lgan AQShdagi Michigan shtati

13.03.2021   1686   3 min.
Musulmonlar bilan mashhur bo'lgan AQShdagi Michigan shtati

2015 yilda Michigan shtatidagi oltita shahardan to'rttasi musulmonlardan iborat bo'lgan va Amerika tarixida ilk marotaba shahar kengashining ko'pchilik a'zolari musulmon bo'lgan.

Musulmon aholisi bilan mashhur bo'lgan Michigan hududi 2021 yilga kelib AQShning oltinchi yirik shtatiga aylandi (birinchisi Illinoys shtati).

Michigan shtatidagi Hamtramk - Shimoliy Amerikada va AQShda musulmonlar yashaydigan birinchi shahar hisoblanadi. 2010 yildagi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, shahar aholisi 22423 kishini tashkil etgan. Hamtramk Michigan shtatining eng gavjum shaharlaridan biridir.

Hamtramk yigirmanchi asrda Polsha-Amerika hayoti va madaniyatining markazi sifatida tanilgan edi, ammo so'nggi 30 yil ichida shaharga, ayniqsa Yaman va Bangladeshdan yangi muhojirlar kirib keldi. Natijada shahar tuzilishi tubdan o'zgarib ketdi.

1970 yilda aholining 90 foizi polshaliklar edi, ammo bugunga kelib Michigan shtatining boy hududlarida immigratsiya sabab aholining atigi 11 foizini polyaklar tashkil etadi xolos.

Bugungi kunda Hamtramk shahri ko'plab muammolardan aziyat chekmoqda. Shaharda bir nechta avtomobil' ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan zavodlarning yopilishi bir necha yuzlab aholining ishsiz qolishiga olib keldi. Iqtisodiy vaziyat aholining taxminan 49,1% statistik mezonlarga ko'ra, kambag'al deb tasniflangan. Oqibatda bu Hamtramkni Michiganning eng qashshoq shahriga aylantirdi.

Freep ma'lumotlar bazasida yozilishicha, hozirda polyaklardan keyin bosniyalik musulmon muhojirlar shaharda eng ko'p evropalik immigrantlarni tashkil qiladi. 2015 yilda Hamtramk shahar kengashining oltitasidan to'rttasi musulmon bo'lgan va Amerika tarixida birinchi marta shahar kengashlarining ko'pchiligi musulmon bo'lgan. 

Keyingi migratsiya to'lqinlariga albanlar, makedoniyaliklar va ukrainlar kirgan. 2001 yilga kelib Bangladesh, Bosniya va Iroqdan ko'plab xaldey nasroniylari shaharga ko'chib kelishdi. 2011 yilga kelib, Hamtramk aholisining taxminan beshdan bir qismini osiyolik tashkil etardi. (Janubi-g'arbiy osiyoliklar bundan mustasno). 2003 yildan beri Hamtramk shahrida 30 dan ortiq tillarda so'zlashuv jarayoni amalda va aholi to'rtta dinga amal qilib kelmoqda. Islom, nasroniylik, hinduizm va buddizm.

2000 yillarda shaharda rasmiy ravishda faoliyat olib yuritayotgan masjidda azon chaqirilishi uchun shahar kengashidan ruxsat so'ralgan. Biroq musulmonlar va diniy faollar masjidni qo'llab-quvvatlasa-da, ba'zi dinga qarshi faollar bu da'vatga qarshi chiqishdi. 2004 yilda shahar kengashi bir ovozdan masjidlarda azonni ommaviy ravishda efirga uzatish huquqini berdi va AQShning kam sonli shaharlaridagi masjidda azon sadosi yangradi. Ayni paytda shaharda 4 ta masjid mavjud.

Hurshid Ma'ruf tayyorladi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda

23.07.2025   2068   1 min.
Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda

Shu kunlarda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Diniy idoralari huzuridagi Fatvo kengashining navbatdagi seminari Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
 

Tadbir Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati tashabbusi va Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilish olti kunlik maxsus seminar shaklida o‘tkazilmoqda. 


Mazkur yig‘ilishda yangi oyni kuzatish, namoz vaqtlari, taqvim tuzish, ozuqa mahsulotlariga qo‘shiladigan jelatin moddasining hukmi, safar masofasi, zakot nisobini aniqlashga oid masalalar bo‘yicha har bir yurt vakili o‘z tajribalarini bayon qilib, fikr-mulohaza almashmoqda. Shuningdek, tadbir qatnashchilari Turkiya diyonat ishlari boshqarmasi ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishmoqda. 


Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad Turkiy davlatlar o‘rtasida diniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, fatvolar chiqarishda o‘zaro yakdillik va birxillikni ta’minlashdir.   


Ushbu xalqaro seminarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari G‘ulomiddin domla Xolboyev, Hikmatulloh domla Toshtemirov, Abdulatif domla Tursunov qatnashmoqda.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda Anqarada Turkiy davlatlar ulamolari o‘zaro tajriba almashmoqda