Turkiyaning Konya viloyatida yashaydigan uch farzandning onasi Johida Shan 42 yoshida qoriyalik baxtiga musharraf bo'ldi.
U boshlang'ich maktabni tamomlagach, ancha yilgacha ta'limni davom ettira olmagan. Turmush o'rtog'ining va farzandlarining qo'llab-quvvatlashi bilan avvaliga o'rta maktab va litseyni sirtdan tamomladi, keyin esa ijtimoiy fanlar va ilohiyot kasb-hunar oliy maktablarida o'qidi. Qirq yoshida esa Qur'oni karimni yodlashga qaror qilib, uylari yaqinidagi Qur'on kursiga qatnay boshladi.
«Alloh 42 yoshda qoriyalikni nasib qildi. Juda ham xohlagandim. Qariyb 2 yil davom etdi. Uy ishlari va boshqa ishlar bilan qiynalib qolgan paytlarim bo'ldi, turmush o'rtog'im va bolalarim har doim qo'llab-quvvatlashdi. Juda ham xursandman», – deydi Johida Shan.
azon.uz
O‘tgan solihlardan qoida va meros bo‘lgan so‘z bor:
من رام العلم جملة ذهب عنه جملة
."Kimki ilmning hammasini birdaniga o‘rganishni istasa, ilmning hammasidan quruq qoladi"
Oz vaqtda ilmning hammasini o‘rganib olaman, deya xomtama bo‘lgan talaba, ilmning hammasidan bebahra qoladi. Hech narsaga erishmaydi.
Qur’oni karim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 23 yil davomida nozil bo‘lgan...
Imom Burhoniddin Marg‘inoniy rahimahulloh "Hidoya" asarini 13 yil mobaynida ro‘zador holda yozganlar...
Imom Buxoriy rahimahulloh "Sahihul Buxoriy"ni 16 yilda, tahorat olgan holda va ikki rakat nafl namoz o‘qib, yozganlar...
Ilm kitoblari harfma-harf va kalima-kalima izohlab o‘rganiladi. Igna bilan quduq qazishga sabr-toqat, oliy himmat, intizom va uzoq vaqt zarur. Shoshqaloqlik va puxtalik bir-biriga zid – hech qachon jamlanmaydi.
Muhtaram tolibi ilm! Ilmning boshi sabrdir: kitobga sabr qilasiz, ustozga sabr qilasiz, yashayotgan shahringizga sabr qilasiz, hamdarslaringizga sabr qilasiz va hokazo.
Ilm olish lazzatiga erishgach, sabr maqomidan rozilik va muhabbat maqomiga o‘tib olgach hayotingiz mazmuni kitob va ustozlar suhbatiga aylanadi.