Malayziya Bosh vaziri Muhiddin Yasin Madinadagi Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning tarjimai holi va Islom tsivilizatsiyasi xalqaro muzeyiga tashrif buyurdi. Muzey Butunjahon musulmonlar ligasi tomonidan boshqariladi va Islomning adolat, tinchlik, rahm-shafqat, bag'rikenglik va mo''tadillik haqidagi g'oyalarini taqdim etishni maqsad qilgan.
Yasin muzeyning turli bo'limlarida bo'lib, Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari tasvirlangan eksponatlarga alohida qiziqish ko'rsatdi.
Bu erga keluvchilar arab tilidan tashqari ingliz, ispan, urdu, frantsuz, turk va indonez tillarida ham ma'lumot olishi mumkin. Ko'rgazmada o'nlab rasm va interfaol displeylar mavjud. Shuningdek, bu erdagi 4DX kinoteatrda Muhammad alayhissalomning hayotlariga bag'ishlangan fil'mlar namoyish etiladi.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, ko'rgazmadagi yigirma besh pavil'ondan birida ayollarning Islomdagi o'rni, uning tarqalishida ayollarning o'rni o'ynagani haqida hikoya qilinadi
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati