Bu haqda Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov shayx Zayd bin Sulton Al-Nahayyon (BAA) xayriya va gumanitar jamg'armasi bosh direktori Hamad Salem Kardus Al-Amerini qabul qilganda aytib o'tdi, deya xabar beradi Qalampir.uz.
Uning so'zlariga ko'ra, diniy ta'lim va o'qitish sifatini akademik darajada oshirish ushbu tahdidning oldini olishga yordam beradi.
Japarov hozirda diniy ta'lim Qirg'iziston uchun ham dolzarb muammo ekanligini ta'kidlagan. Uning echimi kompleks chora-tadbirlarni qabul qilishni talab qiladi. Davlat rahbari Tokmok shahrida Islom akademiyasini qurish loyihasini qo'llab-quvvatlaganligi uchun fondga minnatdorlik bildirdi.
Sadir Japarov ushbu loyiha Qirg'iziston va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun turtki bo'lishiga ishonadi va samarali hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdorligini ta'kidladi.
Hamad Salem Kardus Al-Ameri Islom akademiyasining qurilishi haqida ma'lumot berdi, buning uchun Tokmakda 2 gektar er maydoni ajratilgan.
Tokmokda akademiyaning kelajakdagi binosi poydevori ostiga kapsula qo'yish marosimi bo'lib o'tgan. U erda 200 kishi tahsil olishi kutilmoqda, ulardan 150 nafari magistratura va doktoranturada tahsil oladi. Yana 50 ta joy tayyorgarlik kurslari va malaka oshirish kurslariga ajratilgan.
Oliy ta'lim muassasasi diniy fanlarni chuqur o'rganishni o'z ichiga olgan dunyoviy ta'limdan iborat magistratura va doktorantura dasturlari uchun aralash ta'lim beradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
#xabar #muftiy #juma
Bugun, 18 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahridagi "Yakkasaroy" jome masjidida ado qildilar.
Muftiy hazratlari jamoat namozidan oldin yig‘ilganlarga “O‘zganing haqqidan hazar qilaylik!” mavzusida manfaatli suhbat qilib berdilar.
Mav’izada bugungi kunda birovning molini noto‘g‘ri yo‘l bilan yeyish va o‘zganing xaqqiga xiyonat qilishdek og‘ir gunohlar, jumladan, qarzini qaytarmaslik, tarozidan urish, mualliflik huquqini poymol qilish, poraxo‘rlik, qimorbozlik, firibgarlik kabi illatlardan hazar qilish lozimligini qat’iy ta’kidladilar.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qur’oni karimdagi: “Ey, imon keltirganlar! Mol-mulklaringizni o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemangiz!...” (Niso surasi, 29) oyatini sharhlash asnosida Alloh taolo insoniyatni Yer yuzida halol rizq talab qilishga amr etgani, uning aksi bo‘lmish haromdan hazar qilishga buyurgani hamda halol va harom narsalarni ochiq bayon qilganini aytib o‘tdilar.
Suhbat yakunida Haq taolodan elu yurtimiz tinchlik-farovonligi va halol-pok molu davlat topish, nohaq-botil yo‘llar orqali keladigan mollardan asrashini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati