Istanbuldagi O'zbekiston Bosh konsulligi Davlat turizm qo'mitasi vakillari bilan birga Yevropada doimiy istiqomat qiluvchi etnik turklar orasidan jurnalistlar, sayyohlik kompaniyalari rahbarlari mamlakatimizga sarmoya kiritish niyatida bo'lgan tadbirkorlar ishtirokida onlayn davra suhbati o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo"axborot agentligi.
Tadbir davomida O'zbekistonda xavfsiz ziyorat turizmi uchun shart-sharoitlar, shuningdek, mamlakatning COVID-19 pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashdagi yutuqlari taqdimoti bo'lib o'tdi.
Qayd etilishicha, hozirda har kuni Istanbuldan Toshkentga Turk va O'zbekiston havo yo'llarining ikkita muntazam qatnovi yo'lga qo'yilgan. Mart oyining oxiridan esa Istanbulni Samarqand, Urganch va Farg'ona bilan bog'laydigan boshqa havo qatnovlari faoliyat boshlaydi. Shuningdek, yo'lovchilarning kamida yarmi O'zbekistonda muqaddas joylarga ziyorat qiladigan sayyohlar ekani alohida ta'kidlandi.
Uchrashuvda O'zbekistonga sayyohlarni jalb etish masalalari alohida muhokama qilindi.
1997 yildan buyon turizm sohasida faoliyat olib borayotgan «Kuwait Star», «Miran Group» «OldTusba» sayyohlik kompaniyalari vakili Suat Karachorlu xalqaro hamjamiyat O'zbekiston rahbariyati tomonidan turizm sohasini rivojlantirishda qaratilayotgan e'tiborni yuqori baholashini, hozirda 86 mamlakatning xorijiy fuqarolari erkin kelishi mumkinligini ta'kidladi. U milliy, diniy va boshqa bayramlarda festivallarni tashkil etish orqali turizmni rivojlantirishni tavsiya qildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV