Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida 51 nafar musulmonning dahshatli qirg'ini dunyoni larzaga solganiga ikki yil bo'ldi. Bu hodisani xotirlab Yangi Zelandiyada ikki imom 13 martdan 3 aprelga qadar davom etadigan "Musulmon bilan tanishish" tadbirlarini o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Ular islom ta'limotlari haqida jamoatchilikka gapirib berish va mustahkam do'stlik rishtalarini qurish uchun mamlakat bo'ylab bir guruh yoshlarga boshchilik qilishadi. "Ikki yil avvalgi dahshatli voqealarni xotirlab, fojia, hayotdan ko'z yumish, butun xalqni birlashtirish va kamsitish va terrorga qarshi kurashni eslaymiz", - deydi imomlardan biri Mustenser Qamar.
Tur davomida guruhdagi odamlar ko'ylaklariga "Men musulmonman, mendan istalgan narsani so'rang", "Musulmon bilan tanishing" yozuvlari bilan chiqib, ijobiy bahs-munozaralar bilan shug'ullanishga umid qilmoqda.
Ular jamoatchilik vakillariga bir piyola qahva va shirinlik ulashib, ochiq munozaralarda ishtirok etish va do'stlik munosabatlarini yo'lga qo'yishni tashkil etishadi.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra guruh turli ommaviy kutubxonalarga kitoblar hadya etadi va Islom haqida ko'proq o'rganishni xohlovchilarga bepul adabiyotlarni taklif etadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV