Dubaydagi xususiy taksi xizmati haydovchisi Muhammad Urfon Muhammad Rafiq yo'lovchiga mashinada unutib qoldirgan 900 ming dirham (246 ming AQSh dollari) pulni qaytarib berdi. U topilmani yaqin Bur Dubai Police Station politsiya uchastkasiga topshirdi.
Militsiya bo'limi boshlig'i Abdulloh Hadim Surur haydovchini halolligi uchun maqtadi, shuningdek, huquq-tartibot idoralariga bergan yordami va hamkorligi uchun unga tashakkurnoma xatini topshirdi.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, har yili taksichilar o'z avtomobillarida katta miqdorda naqd pul, yuzlab elektron qurilmalar, mobil' telefonlar va zargarlik buyumlarini topishadi.
Agentlikning qayd etishicha, taksichilar halollik va hamkorlikka tayyor ekanliklarini ko'rsatishgan, natijada deyarli barcha narsalar (99,9%) yo'qolgani haqida arz qilgan shaxslarga qaytarilgan, deya xabar bermoqda Khaleej Times.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Muhyiddin ibn Arabiy aytadilar: “Kimning qanday hojati bo‘lsa, shom namozining farz va sunnatini o‘qib bo‘lganidan keyin o‘rnidan turmasdan Fotiha surasini 40 marta o‘qisin. Shundan keyin, Allohdan hojatini so‘rasin, albatta so‘ragan narsasini beradi. Biz buni tajriba qilib ko‘rdik va foydasini topdik. Fotiha surasini o‘qib bo‘lganidan so‘ng ushbu duoni o‘qiydi: “Allohim! Sening ilmingni o‘zi Sendan so‘ramaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan O‘zing so‘rovimga kifoya qil. Sening karamingni o‘zi Senga so‘zlamaslikka kifoya. Fotiha surasining haqqi hurmatidan so‘zimga kifoya qil va qalbimdagi tilagimni hosil qil”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV