Qozon shahrida Volga Bulg'oriyasi Islom qabul qilinganining 1100 yilligini nishonlash uchun katta jome masjid qurilishga joy tanlanmoqda. Unga bo'lgan ehtiyoj anchadan beri bor edi. Ya'ni musulmonlar bayramida mavjud masjidlar barcha mo'minlarni sig'dirolmay qolgan edi.
Tatariston hukumati rejasiga ko'ra, masjid Qozon maqomini Rossiyada islomning eng muhim markazi sifatida tasdiqlashi kerak. U bayramlarni nishonlash vaqtida namozda ishtirok etishni istagan hammani kutib olish uchun etarli darajada katta bo'lishi kerak. Hali tasdiqlangan loyiha, tasdiqlangan qurilish muddatlari yo'q.
«Tatarstanda!» muxbirlari uning joylashuvi uchun taklif etilgan "Kirlay" parki, Kazanka daryosining bo'yi va Admiralteyskaya sloboda variantlarni o'rganib chiqdi va masjid Qozonning muayyan burchagiga qanday mos kelishini ko'rsatishdi.
Respublika hukumati masjidni homiylar hisobiga qurilishi rejalashtirilayotgani, unga byudjet mablag'lari sarflanmasligini bir necha bor ta'kidlagan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Shu yilning 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, kitob chop etish, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati